Mavuning dolzarbligi



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana11.02.2020
Hajmi1,08 Mb.
#39438
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kechki olma navlari xosilini saklash va kajta ishlash texnalogiyasi


 

 



 

 



 

 



 

 



 

KIRISH 



 

Mavuning  dolzarbligi.  O‘zbekiston  Respublikasining  qulay  tuproq‐iqlim 

sharoiti  mevadan  yuqori  hosil  olishga  imkon  beradi.  Biroq  keyingi  yillarda 

meva hosildorligini o‘rtacha ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi kuzatilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi “Oziq‐ovqat 

tovarlari  ishlab  chiqarish  hajmini  kengaytirish  va  ichki  bozorni  to‘yintirish 

bo‘yicha  qo‘shimcha  choralar  to‘g‘risida”gi  qarori,  “Jahon  moliyaviy‐iqtisodiy 

inqirozi,  uni  O‘zbekiston  sharoitida  bartaraf  etishning  yo‘llari  va  choralari” 

asarida  chop  etilgan  tavsiyalarga  hamda  “O‘zbekistonda  Oziq‐ovqat  dasturini 

amalga oshirishning muhim zahiralari” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning 

ochilish  marosimidagi  ma’ruzasidagi  tavsiyalarga  muvofiq  respublikamizda 

2020  yilgacha  ijtimoiy‐iqtisodiy  va  ishlab  chiqarish  faoliyati  doiralarini 

takomillashtirish,  ishlab  chiqarish  hajmini  yanada  oshirish  va  qishloq  xo‘jaligi 

ekinlari  assortimentini  kengaytirish,  buning  asosida  aholining  oziq‐ovqat 

tovarlariga  bo‘lgan  talabini  to‘liq  qondirish  va  qishloq  aholisining  daromadini 

oshirishga erishish dasturi belgilab olindi. 

2013‐2014  yillarda  sabzavot  yetishtirish  dollor  hisobida  7,7  barobar,  meva 

yetishtirish  5,1  karra,  poliz  mahsulotlari  7,8  marta,  uzum  8,7  barobar  o‘sdi. 

Bizning  hisob‐kitoblarimiz  bo‘yicha  2020  yilda  meva  va  sabzavot,  uzum  va 

poliz  mahsulotlari  yetishtirishni  2014  yilga  nisbatan  kamida  2,3  marta 

ko‘paytirish mo‘ljallangan. 

O‘zbekiston  bog‘dorchiligi  mamlakatimizning  ko‘pgina  yirik  shaharlari 

aholisini  ho‘l  va  quruq  meva  bilan  ta’minlashda  ham  katta  ahamiyatga  ega. 

Chunki  Respublikamizning  geografik  zonasi  shirin‐shakar  meva  yetishtirish 

uchun juda mosdir. 

O‘zbekiston  bog‘bonlari  har  yili  dunyoning  Moskva,  Leningrad  kabi  yirik 

shaharlari, Ural, Sibir, Uzoq Sharq aholisini may oyidan boshlab oktabr‐noyabr 

oylarigacha  yangi  meva  bilan  ta’minlash  imkoniyatiga  ega.  Kuritilgan  o‘rik, 

gilos,  olcha,  olxo‘ri,  olma  mahsulotlarini  ham  uzoq  saqlash  mumkii. 

Mevalardan  xilma‐xil  sharbat  olinadi  va  yengil  ichimliklar  tayyorlanadi. 

Tibbiyot  ilmiy  muassasalarida  olib  borilgan  ilmiy  ishlar  va  kuzatishlar 

natijasiga  qaraganda  bir  odam  yil  davomida  95‐100  kg  meva,  shundan  15  kg 

uzum  va  10  kg  rezavor  meva  iste’mol  qilishi  kerak.  Meva  va  rezavor  meva 

mahsulotlari  ancha  ko‘paydi.  So‘nggi  yillardagi  ma’lumotlarga  qaraganda 

O‘zbekistonda  yetishtiriladigan  meva,  uzum  va  rezavor  meva  mahsulotlari 

aholi  jon  boshiga  61  kg  ga  to‘gri  keladi.  Lekin  bu  aholi  talabini  qondirmaydi. 


 

Shuni  hisobga  olib  keyingi  yillarda  bog‘‐rog‘lar  maydonini  kengaytirish  va 



hosildorligini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. 

Shunday  qilinganda  ko‘p  mintaqalarda  yuqori  sifatli  va  arzon  mahsulot 

ishlab chiqarish masalasi hal qilinadi. 

Mavzuning  maqsad  va  vazifalari.  Qashqadaryo  viloyati  sharoitida 

yetishtirilgan  olmaning  hosilini  saqlash  va  undan  tayyor  mahsulot  tayyorlash 

texnologiyasini o‘rganishdan iborat.  


 

1. UMUMIY QISM. 

 

1.1. Olmani kelib chiqish tarixi 

 

Olma  mevalar  ichida  yetakchi  o‘rin  egallaydi.  Olmani  aholi  yil  davomida 



sevib iste’mol qiladi. Oziqovqat sanoatida olmadan shirinliklar, har xil qandolat 

maxsulotlari  tayyorlashda  ishlatiladi.  Pishib  yetilgan  mevasidan  sirop 

tayyorlanadi,  ko‘chat  yetishtirish  uchun  urug‘  tayyorlanadi.  Olma  daraxtlari 

respublikamizning  hamma  zonalarida  ham  yaxshi  o‘sadi  va  mo‘l  hosil  berish 

xususiyatiga  ega.  Dengiz  sathidan  200‐250  metrdan  1100‐1200  metr  va  undan 

ham  baland  joylarda  olmaning  ko‘p  yovvoyi  formalari,  madaniy  olmaning 

ertagi,  o‘rtagi  va  kech  pishadigan  navlari  tarqalgan.  Ular  har  xil  obhavo  va 

tuproq  sharoitiga  ham  moslashib,  ko‘p  yil  yashaydi.  Olmaning  eng  yaxshi 

biologik va xo‘jalik xususiyatlaridan biri daraxtining boshqa meva turlariga va 

xillariga nisbatan sovuqqa, sho‘rga chidamliligidir.  

Olma  daraxtlari  O‘zbekistonda  xilma  xil  bo‘lib,  ular  Qoraqalpog‘istonning 

sho‘rxok va yer osti suvi yuza joylashgan yerlarida bir joyda 50—60 yil yashab 

mo‘l hosil bersa, Tyanshanning 1100—1200 metr balandlikdagi yon bag‘irlarida 

o‘sib  shirinshakar  mevasi  rangbarang  bo‘lib  yetilmokda.  O‘rmonzorlarda 

o‘sadigan  kuchli  o‘suvchi  daraxtlardan  terib  olinadigan  mevalardan 

tayyorlanayotgan  urug‘  madaniy  olma  navlarini  yetishtirishda  ko‘plab 

ishlatiladi.  Yovvoyi  va  madaniy  mevalardan  tayyorlangan  urug‘  o‘sib  chiqish 

xususiyatlarini bir necha yil yo‘qotmaydi. Ko‘chat yetishtirishda va yangi olma 

navlarini  yaratishda  urug‘larni  uzoq  saqlash  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Olma 

daraxtlarining  uzoq  umr  ko‘rishi  va  baquvvat  bo‘lib  o‘sishi,  hosilga  kirishi, 

mevalarining yirik yoki mayda bo‘lishi u qanday payvandtagda o‘stirilishiga va 

tuproq,  iqlim  sharoitiga  hamda  parvarish  qilish  usullariga  bog‘liq.  Masalan, 

olmaning yovvoyi Sivers nihollariga Rozmarin, Renet Simirenko, Kandil sinap, 

Zolotoya  Grayma  kabi  navlar  payvand  qilib  o‘stirilsa,  ular  doimiy  boqqa 

ekilganida  madaniy  olma  daraxtlari  kuchli  bo‘lib  o‘sadi,  5—6  yildan  boshlab 

hosilga  kira  boshlaydi,  8‐10  yili  to‘liq  hosilga  kiradi,  daraxtlarining  balandligi 

15‐20  metrga  yetadi.  O‘zbekistonning  turli  zonalaridagi  obhavo  va  tuproq 

sharoitiga qarab, fevral oyining oxiri — martning boshlarida olma daraxtlarida 

shira harakati boshlanadi. Mahalliy, Sibir va Xitoy olma daraxtlari barvaqt o‘sa 

boshlab, oktabrnoyabr oylarida o‘sishdan to‘xtaydi. Ko‘pgina olma navlari kuz 

issiq  kelib,  uzoq  cho‘zilganda  kech  kuzgacha  [noyabrgacha]  o‘sishda  davom 

etadi. Mahalliy olmalar o‘sishdan erta to‘xtaydi. Yevropadan keltirilgan navlar 



 

o‘sishni uzoq davom ettiradi. O‘zbekiston sharoitida olma daraxtlarining o‘sishi 



200—220 kun davom etadi. 

Olma  aprel  oyida  gullaydi  va  bu  jarayon  9—16  kun  davom  etadi.  Erta 

gullash  23—25  martdan,  eng  kech  gullash  esa  25—27  apreldan  boshlanadi. 

Tog‘li  rayonlarda  meva  daraxtlari  tekislikdagilarga  nisbatan  7—15  kun  kech 

gullaydi.  Sanoat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  hamma  olma  navlari  serhosil 

hisoblanadi. Olma urug‘dan, qalamchadan va kurtak payvand qilish yo‘li bilan 

ko‘paytiriladi. 

Past bo‘yli olma turlari parxish qilish, qalamchali hamda ildizlari ekilganda 

ko‘karish  (ildiz  otib)  xususiyatiga  ega.  Butoqlar  va  shoxlarning  hammasi 

daraxtning shoxshabbasini tashkil etadi. Ular o‘suv va hosil shoxlaridan iborat. 

Hosil shoxlari gul kurtak chiqaradi va keyin ulardan meva paydo bo‘ladi. Ba’zi 

olma  daraxtining  bir  yillik  novdalari  ham  gul  kurtak  chiqaradi,  bu  hol 

ko‘pincha  tez  hosilga  kiradigan  va  har  yili  hosil  beradigan  navlarda  uchraydi. 

Olmaning  hosil  shoxlari  uch  xil  bo‘ladi.  Halqali  shox  (kolchatka)  eng  qisqa 

bo‘lib, uzunligi 3 — 5 sm ga yetadi. Ikkinchisi nayza shox (kopyetso) deyiladi, 

uning bo‘yi 5—15 sm bo‘ladi. Uchinchisi chiviqsimon shox (prutik) bo‘lib, bo‘yi 

15—25 sm keladi. Hosil shoxining uchida meva kurtaklari bo‘ladi. Ulardan 4—

10 ta gul chiqadi. Olma daraxtining asosan oddiy va murakkab halqali shoxlari 

meva  tugadi.  Ba’zan  chiviqsimon  shoxlar  ham  meva  tugishi  mumkin.  Bular 

daraxtning  navi  va  o‘sish  sharoitiga  qarab,  515  yil  hosil  berishi  mumkin.  8 

yildan  keyin  xalqali  shoxlarning  hosili  kamayadi.  Hosil  shoxlari  quriy 

boshlagandan  keyin  shoxshabbaning  orasi  sezilarli  darajada  siyraklashadi  va 

yuqori tomonidan yangilari hosil bo‘ladi. 

Ko‘chat  yetishtirishda  va  yangi  olma  navlarini  yaratishda  urug‘larni  uzoq 

saqlash  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Olma  daraxtlarining  uzoq  umr  ko‘rishi  va 

baquvvat bo‘lib o‘sishi, hosilga kirishi, mevalarining yirik yoki mayda bo‘lishi u 

qanday payvandtagda o‘stirilishiga va tuproq iqlim sharoitiga hamda parvarish 

qilish  usullariga  bog‘liq..  Masalan,  olmaning  yovvoyi  Siversa  nihollariga 

Rozmarin,  Renet  Simirenko,  Kandil  sinap,  Zolotoye  Grayma  kabi  navlar 

payvand qilib o‘stirilsa, ular doimiy bok.k.a ekilganida madaniy olma daraxtlari 

kuchli bo‘lib o‘sadi, 5—6 yildan boshlab hosilga kira boshlaydi,  8—10‐yili to‘liq 

hosilga kiradi, daraxtlarining balandligi 15—20 metrga yetadi. 



 

 

 

 

 

 

1.2. Olmani biologik xususiyatlari. 

 

O‘zbekistonning  turli  mintaqalarida  ob‐havo  va  tuproq  sharoitlariga  qarab 



fevral  oyining  oxiri,  martning  boshlarida  olma  daraxtining  shira  harakati 

boshlanadi. 

Mahalliy Sibir va Xitoy olma daraxti o‘sish davrini barvaqt boshlab, oktabr‐

noyabr  oylarida  o‘sishdan  to‘xtaydi.  Ko‘pgina  olma  navlari  kuz  issiq  kelib 

cho‘zilganda, o‘sishni kech kuzgacha davom ettiradi. 

Mahalliy  nav  olmalari  o‘sishdan  erta  to‘xtaydi.  Yearopadan  keltirilgan 

navlar  o‘sishni  uzoq  davom  ettiradi.  O‘zbekiston  sharoitid  olma  daraxtining 

o‘sishi 200‐220 kun davom etadi. 

Olma daraxtlari aprel oyida gullaydi, bu jarayon 9‐16 kun davom etadi. Erta 

gullash  23‐25‐martdan,  eng  kech  gullash  25‐25  apreldan  boshlanadi.  Tog‘li 

rayonlarda mevali daraxtlar tekislikdagilariga nisbatan 7‐15 kun kech gullaydi. 

Sanoat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  barcha  olma  navlari  serhosil  hisoblanadi. 

Olma daraxtlari Toshkent viloyatining tekisliklarida joylashtirilgan rayonlarida 

qishni  sovuqlarida  ko‘proq  zarar  ko‘radi.  Olma  daraxtlarining  sovuqdan 

zararlanishi  farg‘ona  vodiysida  kamroq,  Samarqand,  Buxoro,  Surxondaryo  va 

Xorazm oblostlarida esa undan ham kam. 

Ayniqsa  kuz  iliq  kelib  cho‘zilgan  yillari  o‘suv  davri  oktyar‐noyabr 

oylarigacha  davom  etadi.  Daraxtlar  qishga  yaxshi  tayyorgarlik  ko‘ra  olmaydi, 

natijada qishning sovuqlaridan ko‘proq zararlanadi. 

Keyingi  52  yil  ichida  Toshkent  oblostida  olma  daraxtlari  sovuqdan  8  marta 

zararlanadi.  Kuzatish  natijalari  Baykal,  Renet  Semerinno,  Renet  Orleanskiy, 

Zolotoye  Groyma,  Renet  Shampanskiy,  Parmen  Zimniy  zolotoy  navlarining 

sovuqqa  chidamsiz  ekanligi  ko‘rsatiladi.  Beliy  nomer,  Persinovoy  letneye, 

Razmarin,  Kondil  siian,  Moituaner  Borovinasi,  Toshkent  reneti  navlariesa 

sovuqdan kam zararlanadi. 

Duan  unchalik  katta  bo‘lmagan  daraxt  bo‘lib,  bo‘yi  4‐6  metr  keladi  ildiz 

bachki  novdalar  bermaydi,  lekin  ildiz  bo‘g‘izidan  novdachalar  o‘sib  chiqadi. 

Novda va shonchillarning qoramtir va tim qora rangda bo‘lib, bu dog‘lar bilan 

qoplangan.  Ekilagndan  keyin  3‐4  yildan  boshlab  hosilga  kiradi.  Sovuqqa 

paradizaga  nisbatan  ancha  chidamli.  O‘sishdan  ancha  erta  to‘xtab,  kuzgi 

sovuqlar  boshlanguncha  sovuqqa  bardosh  bera  oladigan  bo‘lib  qoladi  (1‐

jadval). 

 

 

 



10 

 

1‐jadval 



Olma  navlarining O‘zbekiston sharoitida hosilga kirishi 

(Akademik R. R: Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik 

ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ma’lumoti) 

Kuchli payvandtaglarda 

o‘stirilgan olma  turlari va 

navlari 


Ko‘chat o‘tqazilgandan 

keyin hosilga kirishi 

(yil) 

To‘liq hosil berish 



boshlashi (yil) 

Olma ertapishar navlalar 

6— 7 

9—10 


Kuzgi va qishki navlar 

7— 8 


10—12 

Rozmarin 

9—10 

12 — 14 


Kandil sinap 

10—12 


15—16 

Mantuaner 

10—12 

15—16 


Sari sinap 

10‐12 


15—16 

 

Paradizitna  sust  o‘sadi,  uzoq  yashamaydi.  Ildiz  atrofi  zonasidan  ildiz 



bachkilari o‘sib chiqadi. Novda va shoxlari ingichka och yashil va och qizg‘ish 

qo‘ng‘ir rangda. Dusenga nisbatan barvaqt hosilga kiradi, mevasi yirik va shirin 

bo‘ladi. 

I.  V.  Michurin  o‘zining  butun  hayoti  davomida  mevali  daraxt  va  rezavor 

mevalarni  300  ta  yangi  navlarni  yaratadi.  U  odam  o‘simliklarning  yangi 

navlarini  tabiatdan  ham  yaxshiroq  yarata  bilish  va  yaratish  kerakligini, 

shuningdek biz tabiatdan inom‐exson kutib tura olmasligimizni, ana shu inom‐

ehsonni  tabiatdan  olish  bizning  vazifamiz  ekanligini  ta’kidlab  o‘tgan  edi. 

Michurinning  shogirdlari  o‘simlikni  yangi  tur  va  navlarini  yetishtirishdan  o‘z 

ustozlarining ta’limotlarini yanada rivojlantirmoqdalar. 

O‘zbekistonda yetishtirilgan meva navlarini butun dunyoga mashhur bo‘lib, 

bu  navlarni  ko‘pchilik  mamlakatlarda  yetishtirish  sohasida  ilmiy  ishlar  olib 

borilmoqda. 

 

 

 

 


11 

 

1.3. Kechki olma navlarini yetishtirish. 

 

Olma meva bog‘larining hosildorligi uzoq yashashi va samaradorligi ma’lum 



darajada  unga ishlov berishning qanchalik to‘g‘ri tashkil yetilishiga bog‘liqdir. 

Bog‘  tashkil  etishda  yo‘l  qo‘yilgan  xatolar  o‘simlikning  kelgusi  yillarda  ko‘zga 

tashlanib  turadi.  Bu  kamchiliklarni  tuzatish  yildan‐yilga  qiyinlashadi  yoki  uni 

umuman  tuzatib  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  bog‘  qat’iy  ishlab  chiqilgan  rejaga 

binoan barpo etiladi va undagi vazifalar, tuproq iqlim sharoiti, o‘simliklarning 

biologik  xususiyatlari  hamda  tashkiliy  xo‘jalik  va  iqtisodiy  masalalar  hisobga 

olingan  holda  tuziladi.  Shuningdek,  ko‘chatlarni  o‘tkazishdan  oldin  navlarni 

tanlash va joylashtirishga, tuproqni tayyorlashga va o‘tkazish texnikasiga katta 

e’tibor beriladi. 

Hosilga  kirgan  bog‘larni  parvarishlash,  bog‘larda  tuproqni  ishlash  rejimi 

deganda  bog‘  qator  oralaridan  foydalanish,  yerni  ishlash,  sug‘orish,  o‘g‘itlash 

va boshqalarga tushuniladi. 

Bog‘  qator  oralarini  shudgor  qilish  butun  o‘suv  davri  davomida  tuproqda 

nam  to‘plash  va  uni  bir  meyorda  saqlash  imkonini  beradi.  Qora  shudgor 

tuproqdagi shudgor qilish butun o‘suv davomida tuproqqa nam to‘plash va uni 

bir meyorda saqlash imkonini beradi. Qora shudgor tuproqdagi havo va issiqlik 

rejimini yaxshilaydi, undagi biologik jarayonlarni normal kechirishga va issiqlik 

rejimini  oziq  moddalar,  ayniqsa  nitratlarning  to‘planishiga  yordam  beradi, 

yerni begona o‘tlardan tozalaydi. 

Sug‘orish  o‘tkazishdan  oldin  egatlar  olinadi,  sug‘oriladi  keyin  yer  yetilishi 

bilan  egatlar  yumshatib  qo‘yiladi.  Bu  bilan  tuproqdagi  kapilyarlar  buziladi  va 

yer betidagi nam bug‘lanish ancha kamayadi. Tuproqning namligi va sug‘orish 

mevalarni  miqdoriga  va  sifatiga  ta’sir  etadi.  Kam  meyorda,  shuningdek 

kechiktirib  sug‘orish,  ayniqsa  mo‘l  hosil  beradigan  yillari  hosilning  to‘kilib 

ketishiga sabab bo‘ladi. 

R.R.Shreder nomidagi ITI bog‘larida vegitativ davridagi sug‘orishlar soniga 

qarab  hosilning  qanchasi  to‘kilganini  qayd  etilgan:  3‐4  marta  sug‘orilganda 

to‘kilgan  mevalar  miqdori  39,4  foiz;  1‐2  martada‐48,4  foiz,  sug‘orilganda  esa 

51,4 foiz bo‘lgan [A.A.Ribakov, S.A.Astrouxova, 1981]. 

Ko‘proq  sug‘orilganda  mevalar  yirikroq  bo‘ladi.  Sug‘orishlar  meva  rangini 

yaxshilaydi. Kam sug‘orish olma va nokni sug‘orish ko‘p bo‘lganiga qaraganda 

saqlanish  muddatini  ikki  haftagacha  qisqartiradi  va  ular  tarkibidagi  qand  va 

kislotalar 

miqdorini 

qamaytirib, 

sifatini 

pasayishiga 

sabab 


bo‘ladi. 

O‘zbekisltonda  bog‘larni    sug‘orishda  quydagi  usullari:  pol  olib  sug‘orish, 



12 

 

jildiratib  sug‘orish,  egatlarda  sug‘orish,  halqasimon  ariqchalar  olib  sug‘orish 



qullanadi. 

Agar  bularga  yaxob  suvi  berilsa,  o‘suv  davridagi  sug‘orishlar  soni 

kamaytiriladi.  Hosil  beruvchi  bog‘lar  o‘suv  davridagi  to‘rt  marta,  janibda  olti 

marta, shag‘altoshli yerlarda esa o‘n ikki, o‘n uch martagacha sug‘orilishi kerak. 

Sizot suvlari yaqin bo‘lgan o‘tloq tuproqda sug‘orish miqdori kamaytiriladi, 

ba’zan  esa  bir‐ikki  sug‘orishning  o‘zi  kifoya  qiladi.  Hosilga  kirgan  bog‘lar 

uchun sug‘orish meyori 800‐8000 m3/ga chegarasida o‘zgarib turadi. 

Shag‘al  toshli,  sizot  suvlari  yaqin  joylashgan  yerlarda  bu  meyor  gektariga 

300‐500  m3/gacha  kamaytiriladi.  Yakob  berish  miqdori  gektariga  1200‐1500‐

2000m3. 


Mevalardan  mo‘l  hosil  olish  uchun  bog‘larda  yuqori  agrotexnika 

kompleksini  qo‘llash  yo‘li  bilan  bajarilishi  mumkin,  bunda  o‘g‘itlash  muhim 

ahamiyaga  egadir.  O‘g‘itladan  oqilona  foydalanilsa,  ular  o‘simliklarning  yer 

ustki qisimlari va ildiz tizimining rivojlanishiga yaxshi ta’sir etadiyu 

O‘g‘itlangan yerdagi olma daraxtlarining novdasi nazoratga nisbatan 80 foiz 

ko‘p o‘sgan, hosili esa 25 foiz oshgan, ayrim hollarda ildizla regerinatsiyasi ikki‐

uch marta yaxshilanadi. 

Daraxtlarni  o‘g‘itlash  mevalar  sifatiga  ham  ta’sir  etadi,  ularning  massasi 

o‘rtacha 15 foizgacha yetadi, mevalarni rangi yaxshilanadi. Hamma sharoit teng 

bo‘lganda,  olma  va  nok  daraxtlari  mineral  o‘g‘itlarni  jumladan  azot  va  foforli 

o‘g‘it  turlarini  ko‘proq  talab  qiladi.  Meva  daraxtlarining  yozgi  navlari  faqat 

asosiy o‘g‘itlarga talabchan bo‘ladi. Daraxtlar qancha qalin va qancha hosil ko‘p 

bo‘lsa,  maydon  birligi  hisobiga  shuncha  ko‘p  o‘g‘it  beriladi.  Miniral  o‘g‘itlar 

bilan  birga  organik  o‘g‘itlar  ham  ishlatiladi,  chunki  ular  tuproqning  fizik 

xususiyatlarini yaxshilaydi. Hosil beruvchi bog‘larni o‘g‘itlashda har gektaridan 

15  tonna  hosil  olish  mo‘ljallanganda  120kilogramm  azot,  60kilogramm  fosfor, 

15‐30 kilogramm kaliy va uch yilda bir marta 20‐40 tonna go‘ng solish tavsiya 

etiladi.  Go‘ng  ishlatilmaganda  mineral  o‘g‘itlar  dozasi  30‐40  foizga  oshiriladi. 

O‘g‘itni nok uchun ham taxminan olma uchun qabul qilingan miqdorda berish 

mumkin. Shag‘al toshli yerlarda o‘g‘it dozasini 50 foiz ko‘paytirilib, azotni esa 

bahorda iyunda va iyulda beriladi. 

Butash  meva  o‘simliklari  hayotida  ularning  o‘sishini  va  meva  berishini 

kuchaytirish  uchun,  zararni  va  noqulay  hosildorlarning  oldini  olishi  mumkin. 

Meva o‘simliklarida asosan, bir yillik novdalar kesiladi. Novdalarning har yilgi 

uzunligi  daraxt  holatining  ko‘rsatkichi  hisoblanadi.  Daraxtning  asosiy  hosil 

shohlari  xar  yili  qancha  uzaysa,  daraxt  shuncha  uzoq  yashaydi  va  mo‘l  hosil 

beradi.  Bu  eski  va  meva  berib  bo‘lgan  novdvlar  o‘rnini  bosadigan  yosh 


13 

 

navdalargina  hosil  bergan  navdalar  shakillanishi  bilan  bog‘liqdir.  Ayniqsa 



o‘sishni  beshinchi  va  oltinchi  davrlaridagi,ya’ni  o‘sish  pasayib  va  hosil  berishi 

kamaygan daraxtlarni butash zarur. 

Meva  daraxtlarini  butash  ikkiga:  shox  va  butalarni  qisqartirish  va  shox‐

shabbani  siyraklashtirishga  bo‘linadi.  Ko‘p  yillik  shoxlarni  kesish  daraxtni 

yoshartirish  deb  ataladi.  Meva  daraxtlari  kuz‐qishda,  qish‐bahorda  va  navda 

hamda shoxlarning uchki qisimlariga oziq moddalar yetib bormasdan butaladi. 

Butash  dastlabki  ikki  muddatda  daraxtning  tinim  davrida,  barg  chiqarmagan 

davrida  o‘tkaziladi.  Yozgi  butash  ikki  davrga  bo‘linadi:  tinim  davrida 

o‘tkaziladigan  butashga  o‘xshash  odatdagi  butash  va  yangi  navdalarning 

uchlarini  chilpib  tashlash,  ya’ni  pikirovka  qilish.  Hozirda  respublikamizda  va 

chet  ellarda  daraxtni  tinim  davrida  butash  qabul  qilingan.  Bundan  tashqari 

daraxtning  bargsiz  holatda  butashni  o‘tkazish  oson  bo‘ladi,  shu  bilan  birga 

butovchilar ham bu davrda boshqa ishlar bilan unchalik band bo‘lmaydi. 

 

1.4. Kechki olma navlari tavsifi. 

 

Renet Simerenko. Ushbu olma navi O‘zbekistonda qishki sharoitda saqlash 

va  yangiligida  iste’mol  qilish  uchun  yetishtiriladi.  Tashqi  va  ichki  bozorlarda 

tanilgan bo‘lib mashhurdir. 

Renet  Simerenko  navining  daraxti  o‘rta  bo‘yli,  keng  shox‐barglarga  va 

pastga osilib turgan shoxlar bilan ajralib turadi. To‘liq mevaga kirgan daraxt 6‐7 

metr  balandlikda  10‐19  metr  kenglikda  o‘sadi.  Yuqori  hosil  bergan  daraxt 

ko‘pincha shoxlari sinib ketadi, shuning uchun bunday olma bog‘lariga albatta 

ko‘proq tirgovichlar qo‘yilishi kerak. 

Skelet  shoxlar  asosiy  shoxlardan  to‘g‘ri  to‘rt  burchak  holda  o‘sadi,  yangi 

novdalar ingichka bo‘lib yashil rangda bo‘ladi. 

Barglari yirik, tuxumsimon shaklda, yashil rangda, o‘rtacha tuksimon. 

Gullari o‘rtacha kattalikda, oq‐alvon rangda.  

Mevalari  o‘rtachadan  kattaroq,  yoshi  o‘tgan  daraxtlarda  suv  tanqis  paytida 

mayda bo‘ladi. Mevalarni katta kichikligi 50‐58 mm, balandlikda diametri 65‐70 

mm, o‘rtacha massasi 120 gramm keladi. 

Mevaning  po‘st  qismi  zichroq,  yog‘li,  och  tusli,  yashil  o‘t  rangda,  ayrim 

vaqtda quyosh tushgan tomoni mevalar alvon nuqtalar bilan qoplanadi. Urug‘ 

kamerasi to‘g‘ri joylashgan bo‘lib, urug‘donga yaqin turadi. 

Mevaning  et  qismi  oq  rangda  terimdan  so‘ng  pishib  yetilish  vaqtida  suvli 

sariq rangda bo‘ladi va donador mayinga aylanadi. 



14 

 

Pishib  o‘tib  ketgan  mevalarning  et  qismi  unsimon  bo‘lib  qoladi.  Martning 



ikkinchi  yarmida  vegetatsiya  boshlanib,  noyabrning  ikkinchi  yarmida  tamom 

bo‘ladi.  Vegetatsiyaning  umumiy  davri  240‐250  kun  hisoblanadi.  Renet 

Simerenko navining gullash davomiyligi 8‐12 kun hisoblanadi. 

Bu  navga  eng  yaxshi  changlovchi  navlar  Beliy  naliv,  Zolotoye  Grayma, 

Boyken, Renet Simerenko (Orleanskiy). 

Olma  daraxti  agar  payvand  qilingan  bo‘lsa  35  yil  umr  ko‘radi.  Renet 

Simerenko navi yer suvning yaxshi sharoitida har bir daraxt 145 kg hosil beradi. 

Tog‘ oldi mintaqalarining janubiy yon bag‘rilarida olma daraxti yaxshi hosil 

beradi,  lekin  shimoliy  yon  bag‘rilarida  Renet  Simerenko  navi  sovuq  ta’siriga 

uchraydi. 

O‘rtacha olma mevasini 5‐15 sentabrda terib olish tavsiya etiladi. 

Ushbu  nav  kechki  navlar  ichida  hosil  sifati  bo‘yicha  birinchi  o‘rinda  turadi 

va tovar sifatli mevalar bo‘yicha 57‐60% ni tashkil qiladi. 

Taxminiy  kimyoviy  tarkibi  bo‘yicha  Renet  Simerenko  navida  81,5%  suv, 

12,7%  shakar,  0,6%  kislota  miqdori  va  erimaydigan  quruq  modda  22,7%  ni 

tashkil qiladi. 

Renet  Simerenko  olma  navini  asosiy  fazilatlaridan  biri  uning  tezpisharligi, 

hosildorligi, uzoq muddat saqlanishligi va yaxshi ta’mi. 

Ushbu  navning  kamchiliklaridan  biri‐sovuqqa    chidamsizligi,  har  yili    hosil 

bermasligi. 



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish