Mavsumiy marosimlar folklori O’zbek folklori va eng qadimgi yozma manbalar



Download 104,67 Kb.
bet4/11
Sana01.07.2022
Hajmi104,67 Kb.
#726641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’ZBEK FOLKLOR MUSIQASI. OZBEK XALQ QOSHIQLARI.

Oilaviy marosimlar
O’zbek farzandi uchun oila oldidagi mas’uliyati, mahalla qarshisidagi burchi muqaddasdir. Bu tununchalar rivoj topib, Vatanga muhabbat tuyg’usi bilan uyg’unlashadi. Shuning uchun qadim zamonlardan buyon shakllanib kelgan oilaga munosabat o’zbeklarda mazmunan teranligi bilan ajralib turadi. Ota-ona, aka-uka, opa-singil, tog’a-jiyan, amaki va amakivachcha tushunchalari hamisha o’zbek uchun e’tiborli bo’lgan. Hatto o’zbekning otasi olamdan ko’z yumsa, u otasining do’stlarini e’zozlagan. Binobarin, oilaviy marosimlarga bizning alohida e’tibor bilan qarashimiz tabiiydir. Oilaviy marosimlarimiz shu qadar boy va rang-barangki, uning har bir a’zosi balog’atga yetgunga qadaroq marosimlar ta’sirida bir-biriga bog’liq va mas’ul bo’lib qoladi. Oilaviy marosimlar to’ylardan, aza- ma’rakalardan va so’zning mo’jizali quvvatiga asoslangan odatlardan tashkil topadi. O’zbeklarda beshik, xatna (sunnat) va nikoh to’ylari o’tkaziladi. Beshik to’ylarida yangi tug’ilgan go’dakni turli ins- jinslardan muhofaza qilish, ko’rinmas yovuzliklarni aldash va shu yo’l bilan chaqaloqni ulardan asrash, farzandning dunyoga kelganiga shukronalar bildirish maqsadi amalga oshiriladi. Yurtimiz viloyatlaridagi beshik to’yi ularning o’tkazilishidagi farqlardan qat’i nazar, mohiyat jihatidan umumiylikka ega. Xususan, to’yning go’dak chillasi chiqqanidan keyin boshlanishi, beshikni go’dakning onasi tomon olib kelishi, beshikni turli bezaklar bilan yasatilishi ko’p viloyatlarda bir xil saqlangan. O’rtada turli tomoshalar uyushtiriladi. Bolani beshikka yotqizishdan oldin uni odatdagidan boshqacha, turli holatda yotqizishadi va shu tarzda yotishining ma’qul ekani atrof xotinlaridan so’raladi. Ayollar bir ovozdan “Yo’q, Yo’q!” deb javob qaytaradilar. Oxiri chaqaloq beshikda qanday yotishi lozim bo’lsa, shunday yotqiziladi va bu udum nihoyasiga etadi. Go’dak quyidagi qo’shiq jo’rligida belanadi: 
-Qoch-qoch, babasi,
Keldi eshikning egasi,
Ota-onang gapirishsa,
Qichqirishsa yana qo’rqma!
Beshik to’yida ham juda qadimgi dunyoqarash belgilari saqlanib qolgan. Jumladan, yosh go’dakning sog’ qolishini ta’minlash uchun shartli yovuz kuchlarni aldash usulidan foydalanishlar fikrimiz dalilidir.
Xatna to’ylari, asosan, yurtimizda islom dinining shakllanishi bilan bog’liq. Uni o’tkazishda bolaning ota-onasi tomonidan hamma qatnashadi. To’y bir necha qismdan iborat bo’ladi. Xususan, mahalladagi qariyalar ishtirokida xudoyi qilish, bola xatna bo’ladigan xonani jihozlash, qarindosh- urug’lar uchun bazm tashkil etish va ko’pincha yurtga osh berish kabilar shular jumlasidandir.
Nikoh to’ydlari turli vaziyatlarda o’ziga xos an’analar bilan o’tkaziladi. Toshkent, Farg’ona, Buxoro va boshqa viloyatlarninng o’z odatlari va rasm-rusumlari bor. Ammo hamma hududlarda sovchi, fotiha to’yi, yor-yor aytish, kelin salomlar kabi an’analar saqlangan. Kelinning kuyovnikiga kelishi, to’y kechalarini o’tkazish odatlarida bir qator farqlar bor. Xullas, to’ylar insonning hayotidagi muhim o’zgarishlar bilan bog’liq. Ularni turli o’yin-kulgilar, shodiyonalar, bazmlar birlashtirib turadi. Inson to’y bilan tug’iladi va aza marosimi bilan hayotdan ko’z yumadi. Shuning uchun xalqimizda odamning qo’shiq bilan hayotga kelishi, qo’shiq bilan hayotdan ketishi qayta-qayta ta’kidlanadi.
Motam marosimi ham juda qadim tarixga ega. Mahmud Koshg’ariyning “Devon-u lug’otit turk” asarida saqlanib qolgan. Alp Er Tunga (Artunga) haqidagi marsiya fikrimizga dalildir. Motam marosimida juda ko’p kichik-kichik yig’inlar o’tkaziladi. Uch, etti, yigirma, qirq kunliklar, qor yog’di, gul, shir oshi, qovoq kabi movliyatlar shular jumlasidandir. Avvvalo, hayotdan ko’z yumgan kishining ijobiy xislatlari, qarindoshlik aloqalari esga olinib yig’i beriladi:
Baland tog’lar past bo’ldimi, voy otam?
O’lganingiz rost bo’ldimi, voy otam?
Shamol kelmay o’chdi chirog’im, voy otam,
Kuz kelmay xazon bo’ldi bog’im, voy otam.
Shu tarzda ota, ona, bola, umuman jigar nomlari tilga olinadi. Bunday qo’shiq turlari marsiya deyiladi. Marsiyalarda yig’i aytuvchi shaxs boshiga tushgan kulfat, yaqin kishidan judo bo’lish qismati, o’sha ruhiy kechinmalarning ta’sirchanligi vositasida aks etadi. Ayrim hududlarda, ba’zan esa oilalarda marsiyalarni alohida ta’sirchan va mahorat bilan kuylaydigan ayollar aytadilar. Ular motam marosimlarining markazida harakat qiluvchi bosh shaxslarga aylanadilar. Xalq orasida ko’pincha marsiyani “aytib yig’lash” deb ham atashadi. Odatda, motam marosimi hayotdan ko’z yumgan shaxs vafotiga yillik ma’rakalar o’tkazish bilan yakunlanadi.
Xullas, o’zbek xalqi mavsumiy va oilaviy marosimlarni ko’plab o’tkazgan. Xalq qadriyatlariga munosabat yomonlashgan zamonlar ta’sirida bu marosimlarning ko’pchiligi yo’qolib ketdi. Mustaqillik sharofati bilan ularni qaytadan tiklashga alohida e’tibor berilmoqda. Xalq marosimlari shakl va mazmunidan qat’i nazar bugungi kunni o’tmish bilan bog’lab turuvchi ma’naviy zanjir hisoblanadi. Marosimlarning mo’jizali ta’siriga ishonish ham halq vakillarining halolligi, tabiatan pokizaligi bilan uzviy bog’liqdir. Marosim folklori xalq qadriyatlarining go’zal namunalari sifatida milliy dunyoqarash va mafkurani shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.

Download 104,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish