13-BOB. SANOATDA TANNARX, FOYDA VA ISHLAB CHIQARISH
RENTABELLIGI
13.1. Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini kamaytirishning
ilmiy asoslari
Iqtisodiyot nazariyasida qiymat va tannarx masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, qiymat tushunchasi borasida bir qator munozarali fikrlar mavjud. Ayrim
iqtisodchi olimlar tovarning qiymatini uning natijaliligi bilan bog‘lasalar, ayrimlari
tovar qiymati - tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va unda
moddiylashgan ijtimoiy mehnati, deb hisoblaydilar. Boshqalari esa, tovarning
qiymatini ushbu tovarga bo‘lgan talab va taklif, ya’ni tovarning noyobligi belgilaydi,
deyiladi.
Umuman olganda, tovarning qiymati uning boshqa tovarga ayirboshlana olish
darajasini aniqlash uchun zarurdir. Narx (baho) va qiymat tushunchalari orasida
deyarli farq yo‘q. Faqatgina narx (baho) - bu, tovar qiymatining
puldagi ifodasidir
halos.
Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan ham keng
foydalaniladi. Qiymat va ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut ishlab chiqarish
sub’ektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi - mahsulotni ishlab chiqarish, ya’ni ishlab
chiqarish texnologiyasi bilan boqlik bo‘lgan xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri - mhsulot ishlab chiqarish
tannarxini pasaytirishdir. Bu vazifaning bajarilishi natijasida ishlab chiqarishni
rivojlantirishga va aholining turmush darajasini oshirishga imkoniyat yaratiladi.
Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha resurslardan bekamu-ko‘st foydalanish
bu ko‘rsatkichlarning rolini oshirishni taqozo etadi. Shu sababli «tannarx»
atamasining mohiyati, ahamiyati, mazmuni va shakllarini yaxshi bilish hamda uni
pasaytirish masalasiga katta e’tibor berish kerak.
Biron-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda xom ashyo va
materiallar, mehnat va ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa yuklama
xarajatlar sarflanadi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xa-
rajatlarning puldagi ifodasi mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi.
Mahsulot
ishlab
chiqarish
tannarxi
ko‘rsatkichi
ishlab
chiqarishni
rivojlantirishda va uni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab chiqarish rentabelligini
oshirish, ya’ni foydani ko‘paytirishning, mavjud resurslar bilan ishlab chiqarish
hajmini o‘stirishning muhim omili hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi
ko‘rsatkichi ishlab chiqarish sifat ko‘rsatkichlari orasida alohida o‘rin tutadi.
Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, texnika va materiallardan
foydalanish, moddiy-texnika ta’minotini takomillashtirish, mahsulot sifatini
yaxshilash borasidagi hamma o‘zgarishlar xarajatlar darajasida aks etadi. Shu sababli
ham biz mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining sifat ko‘rsatkichlari
tizimida muhim o‘rin egallaydi, deya olamiz. Binobarin, shuning uchun ham
mahsulot ishlab chiqarish tannarxini xosil qiluvchi xarajatlarni ularning iqtisodiy
mazmuniga ko‘ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi.
206
Do'stlaringiz bilan baham: |