235
Qisqacha xulosalar
Sanoat iqtisodiyotining eng muhim muammolaridan biri bu tarmoq
korxonalarida tayyorlanadigan mahsulot bahosini belgilashdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho sanoat tarmoqlari va korxonalarning
moliyaviy ahvoliga yetarli (sezilarli) ta’sir etuvchi eng muhim sintetik
ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Mahsulot bahosi juda ko‘p omillarga bog‘liq: mahsulotga bo‘lgan talab, ishlab
chiqaruvchining taklifi, davlatning narx siyosati, xarajatlar, raqobat va h.k.lar.
Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishda, mahsulot hajmini ko‘paytirishda va
uning sifatini oshirishda, iste’molchilar ehtiyojini qondirishda baho bilan
rag‘batlantirishning roli beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: