Mavqei alohida o‘rin egallaydi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

SF = STF-DS-BS
.
 
Bu yerda: 
SF — 
sof foyda; 
DS — 
daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq; 
BD — 
boshqa soliqlar va to‘lovlar. 
Har  bir  korxona  yashashi  va  ravnaq  topishi  uchun  foyda  olishi  kerak.  Korxona 
foydani  o‘z  rivojini  ta’minlovchi  birinchi  muhim  omil  deb  biladi.  Foydani 
maksimallashtirish  bilan  shug‘ullanmaydigan  korxonaning  yashab  ketish  imkoniyati 
kam  bo‘ladi.  Makroiqtisodiyot  sohasida  uzoq  muddatga  foydani  maksimallashtirish 
masalasiga  katta  e’tibor  berilishi  shunday  iboratki,  shu  asosda  firma  faoliyati 
oldindan bashorat qilinadi, 
Mulk  egasini  o‘zi  boshqaradigan,  unchalik  katta  bo‘lmagan  korxonada,  ularni 
yuritish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  hamma  qarorlarda  foydani  ko‘paytirish  asosiy  o‘rin 
tutadi. Juda katta va yirik korxonalarda rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni 
qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida 
saqlay olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda 
ma’lum  darajada  erkinliklar  bo‘lib,  ular  foydani  maksimallashtirish  bilan  yetarli 
shug‘ullanmasliklari,  mulk  egasi  bo‘lmaganliklari  uchun  uzoq  muddatli  manfaat 
o‘rniga qisqa manfaatni afzal ko‘rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko‘pincha foydani 
maksimallashtirish  o‘rniga  daromadni  ko‘paytirish  yoki  aksiyadorlarni  qiziqtirish 
uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori 
lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib 
ketsa  ham  hozirgi  kunning  o‘zida  oshirishga  harakat  qiladilar.  Shu  tufayli  bunday 
rahbarlar  o‘z  lavozimlaridan  chetlashtirilishi  va  korxonani  boshqa  rahbarlarga 
topshirish zaruriyati yuzaga keladi. 
Yuqorida  keltirilgan  foyda  turlaridan  tashqari,  uning  yana  bir  qancha  turlari 
mavjud: 
 - haqiqiy foyda; 
 - o‘rtacha foyda; 
 - monopol foyda yoki iqtisodiy renta; 
 - maksimal foyda. 
Haqiqiy  foyda  —  bu,  haqiqatda  hisobot  ma’lumotlari,  ya’ni  hakiqiy  xarajatlar 
asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil 
etishda asosiy manbadir. 
Urtacha foyda deganda, boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitalga bir 
xil  foyda  olish  yoki  bir  xil  rentabellikka  ega  bo‘lish  tushuniladi.  O‘rtacha  foyda 
korxona (firma)ning faoliyat ko‘rsatayotgan sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. 
Bunday  foydaning  yuzaga  kelishi  bozorning  uzoq  muddatli  barqarorlikka 
erishganidan dalolat beradi. O‘rtacha foydani ko‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar. 
Monopol  foyda  yoki  iqtisodiy  renta  —  bu,  cheklangan  ishlab  chiqarish 
omillaridan  foydalanish  natijasida  sodir  bo‘lgan  foyda  hisoblanadi.  Masalan,  ikkita 
korxona bir xil yerga ega bo‘lib, yerni olish bilan bog‘liq xarajatlar bir xil bo‘lishgan 
sharoitida  birinchi  yer  transport  tarmog‘iga  yaqin  bo‘lganligi  uchun  mahsulotni 
tashishga  10  mln.  so‘m  kam  sarf  qilinishi  mumkin,  ana  shu  10  mln.  so‘m  uning 


 
 
215 
qo‘shimcha  foydasi  hisoblanadi.  Iqtisodiy  renta  ishlab  chiqarish  omillari 
cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini 
bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi o‘rtasidagi farkdan iborat bo‘ladi. 
Maksimal  foyda  —  bu,  bir  birlik  qo‘shimcha  mahsulotni  sotishdan  olingan 
daromadni shu bir birlik qo‘shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab-
barobar  kelishi  natijasida  olingan  foyda.  Shu  holda  rentabellikning  eng  yuqori 
darajasiga  erishilgan  bo‘ladi.  Shunga  ko‘ra,  foydani  maksimallashtirish  degani,  eng 
yuqori rentabellikni ta’minlash, deganidir. 
Rentabellik  sanoat  va  uning  tarmoqlarining  moliyaviy  faoliyatini  ifodalovchi 
muhim  ko‘rsatkichlardan  biri  hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish  rivojlanishining 
samaradorligi  va  intensivligini  baholashda  amaliyotda  rentabellik  ko‘rsatkichlari 
tizimi  keng  qo‘llanib,  unga  ko‘ra  foydaning  miqdori  belgilangan  hisoblanadi. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  rentabellik  daromadlilik,  foydalilikni  anglatadi.  Biroq 
rentabellikni  faqat  daromadlilik  deb  qabul  qilish  uning  iqtisodiy  mazmunini  keng 
ochib  bermaydi.  Ular  o‘rtasida  tenglikning  yo‘qligidan  daromad  miqdori  va 
rentabellik darajasi turli nisbatlarda, ko‘pincha turli yo‘nalishlarda o‘lchanishi dalolat 
beradi. 
Istalgan  muddat  uchun  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarni  hisoblash  ko‘plab  turli  xil 
omillar ta’siri ostida amalga oshiriladi. 
Rentabellik  va  foyda  ko‘rsatkichlarini  tahlil  qilishda  ularga  ta’sir  ko‘rsatishi 
mumkin  bo‘lgan  barcha  omillarni  bilish,  bu  omillarning  samaradorlikning 
umumlashtiruvchi  ko‘rsatkichlariga  ta’sirini  hisoblash  uslubiyatini  egallash  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  omillarni  boshqarish  orqali  korxonada  daromadni  oshirish 
zahiralarini  izlab  topish  va  rentabellikning  talab  qilinuvchi  darajasiga  erishish 
mexanizmini yaratish mumkin. 
Rentabellik  va  foydaga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillarni  turli  xil  belgilariga  ko‘ra 
tasniflash  mumkin.  Masalan,  bu  omillar  ichki  va  tashqi  bo‘lishi  mumkin.  Ichki 
omillarga  korxona  faoliyatiga  bog‘liq  bo‘lgan  hamda  korxona  faoliyatining  turli 
yo‘nalishlarini  tavsiflovchi  omillar  mansub  bo‘ladi.  Tashqi  omillarga  korxona 
faoliyatiga  bog‘liq  bo‘lmagan,  biroq  ishlab  chiqarish  rentabelligi  va  daromadning 
o‘sish  sur’atiga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan  omillar  kiradi.  Tahlil 
jarayonida  ichki  va  tashqi  omillarni  aniqlash  samaradorlik  ko‘rsatkichlarini  tashqi 
ta’sirlardan  “tozalash”  imkonini  beradi  hamda  korxona  yutuqlarini  ob’ektiv 
baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘z  navbatida  ichki  omillar  ham  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish 
omillariga bo‘linadi. Noishlab chiqarish omillari asosan mehnat va sotish sharoitlari, 
korxonaning tijorat, tabiatni saqlash va shu kabi faoliyat turlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Ishlab  chiqarish  omillari  esa  foydaning  shakllanishida  ishtirok  etuvchi  ishlab 
chiqarish  jarayonining  asosiy  elementlari  -  mehnat  predmetlari  va  vositalari  hamda 
mehnatning o‘zi - mavjudligi va ulardan foydalanishni aks ettiradi. 
Xo‘jalik  faoliyatini  amalga  oshirish  jarayonida  mahsulot  ishlab  chiqarish, 
sotish va foyda olish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarda bu omillar o‘zaro aloqada va 
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. 
Rentabellikning  mohiyatini  faqat  foyda  shakllanishini  tahlil  qilish  asosida 
ochib  berish  mumkin.  Korxona  mahsulotni  sotish  natijasida  o‘z  xarajatlarini 


 
 
216 
qoplashdan tashqari foyda ham olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi. 
Rentabellik  ko‘rsatkichlari  korxona  faoliyati  qanchalik  foyda  keltirishini 
ko‘rsatadi.  Bu  ko‘rsatkichlar  moliyaviy  hisobotning  ichki  va  tashqi 
foydalanuvchilarda 
qiziqish 
uyg‘otib,  korxona  resurslaridan  foydalanish 
samaradorligi hamda uning investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatini aniqlaydi. Xususiy 
yoki  qarzga  olinuvchi  kapitalning  rentabelligi  korxonaga  mablag‘lar  kiritishning 
rentabelligini  tavsiflovchi  asosiy  ko‘rsatkichlardir.  Bu  ko‘rsatkichlarning  iqtisodiy 
turlanishi (interpretatsiyasi) yaqqol ko‘zga tashlanadi: sarflangan har bir so‘m qarzga 
olingan  (xususiy)  kapitalga  necha  so‘m  foyda  to‘g‘ri  keladi  (hisob-kitoblarda 
korxonaning balans yoki sof foydasidan foydalanish mumkin). 
Rentabellikni  zamon  va  makon  qoidalariga  ko‘ra  tahlil  qilishda  asosli 
xulosalarga kelish uchun zarur bo‘ladigan uchta xususiyatni inobatga olish zarur.  
Birinchi  xususiyat  korxona  faoliyatining  vaqt  jihati  bilan  bog‘liq.  Masalan, 
mahsulotni sotish rentabelligi koeffitsiyenti hisobot davridagi faoliyat natijalari orqali 
aniqlanadi;  uzoq  muddatli  investitsiyalarning  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  va 
rejalashtirilayotgan  samarasi  inkor  qilinmaydi.  Agar  korxona  katta  miqdordagi 
investitsiyalar  talab  qiluvchi  yangi  texnologiyalar  va  yangi  mahsulot  turlarini  ishlab 
chiqarishga  o‘tadigan  bo‘lsa,  u  holda  rentabellik  ko‘rsatkichlari  vaqtinchalik 
pasayishi mumkin. 
Ikkinchi 
xususiyat 
tavakkalchilik 
muammosi 
bilan 
bog‘liq  bo‘lib, 
tavakkalchilik  darajasi  yuqori  bo‘lgan  loyihalar  ba’zida  katta  foyda  keltirishi  ham 
mumkin. 
Uchinchi  xususiyat  baholash  muammosi  bilan  bog‘liq.  Masalan,  xususiy 
kapitalning rentabellik ko‘rsatkichi sur’ati va  maxraji turli xil xarid qobiliyatiga ega 
bo‘lgan  pul  birligida  keltiriladi.  Ko‘rsatkichning  sur’ati,  ya’ni  foyda  o‘zgaruvchan 
(dinamik)  bo‘lib,  faoliyat  natijalarini  hamda  tovar  va  xizmatlarning  asosan  o‘tgan 
yilda  yuzaga  kelgan  bahosini  aks  ettiradi.  Ko‘rsatkichning  maxraji,  ya’ni  xususiy 
kapital  bir  qator  yillar  davomida  shakllanadi.  U  joriy  bahodan  ancha  farq  qilishi 
mumkin  bo‘lgan,  hisobga  olish  bahosida  aks  ettiriladi.  Demak,  xususiy  kapital 
rentabellik  koeffitsiyentining  katta  bo‘lishi,  doim  ham  korxonaga  kiritilayotgan 
kapital  qaytimiga  mos  kelavermaydi;  moliyaviy  qarorlarni  qabul  qilishda  bu 
ko‘rsatkichni  e’tiborga  olishdan  tashqari,  korxonaning  bozordagi  bahosini  (bozor 
kapitalizatsiyasi) ham inobatga olish zarur. 
Sanoat  korxonalari  faoliyatining  samaradorligini  tavsiflovchi  rentabellikning 
asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha: 
1. Aktivlar rentabelligi. (

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish