Mavqei alohida o‘rin egallaydi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

Asosiy  vositalar
 
korxona  ishlab  chiqarish  vositalarining  bir  qismi  bo‘lib, 
ishlab  chiqarish  jarayonida  uzoq  vaqt  ishtirok  etada  va  o‘zining  natural-moddiy 
holatini  yo‘qotmaydi  hamda  o‘z  qiymatini  tayyorlanayotgan  mahsulotlarga  qismlab 
o‘tkazib  beradi.
  Asosiy  vositalar  qiymatini  tayyorlanayotgan  mahsulotga  o‘tkazish 
jarayoni  amortzitsiya  deb,  ushbu  jarayonda  to‘plangan  mablag‘lar  esa 
amortizatsiya 
ajratmalari
 deb ataladi. 
O‘zbekiston  respublikasi  buxgalteriya  hisobining  milliy  standartiga  (5-son 
BHMS  “Asosiy  vositalar”)  ko‘ra  asosiy  vositalar  tarkibiga  quyidagi  mezonlarga 
javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
 
a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati; 
b)  bir  birlik  (to‘plam)  uchun  qiymati  O‘zbekiston  Respublikasi  (xarid  paytida) 
belgilangan  eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdorining  ellik  baravaridan  ortiq  bo‘lgan 
buyumlar. 
Korxona  rahbari  hisobot  yilida  buyumlarni  asosiy  vositalar  tarkibida 
hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli. 
Xizmat  muddati  va  qiymatidan  qat’i  nazar,  quyidagilar  asosiy  vositalar 


 
 
139 
tarkibiga kiritilmaydi: 
a)  maxsus  asboblar  va  moslamalar  (muayyan  buyumlarni  turkumlab  va 
yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash 
uchun mo‘ljallangan, maqsadli yo‘naltirilgan asboblar va moslamalar); 
b) maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar; 
v) ko‘rpa-to‘shak anjomlari; 
g) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar 
va boshqalar); 
d) oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar; 
e)  tiklanishi  bo‘yicha  xarajatlar  qurilish-montaj  ishlari  tannarxiga 
kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar; 
j)  kamida  bir  yillik  foydalanish  muddatiga  ega  bo‘lgan  almashtiriladigan 
uskunalar; 
z)  ov  qurollari  (trallar,  to‘rlar,  qarmoqlar,  matraplar,  merejalar  va 
boshqalar). 
Asosiy  vositalar  tarkibida  qonun  hujjatlariga  muvofiq  korxona  mulkiga 
o‘tkazilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi. 
Iqtisodiy  maqsadlariga  ko‘ra,  asosiy  vositalar  ishlab  chiqarish  va  noishlab 
chiqarish  fondlariga  taqsimlanadi.  Ishlab  chiqarish  asosiy  vositalari  o‘z 
mohiyatiga  ko‘ra,  korxonaning  ishlab  chiqarish  potensialini  tashkil  qilib, 
ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: 

 
ishlab chiqarish binolari va inshoatlari; 

 
uzatish qurilmalari; 

 
quvvat mashinalari va uskunalari; 

 
ishchi mashinalar va uskunalar; 

 
transport vositalari; 

 
o‘lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari; 

 
foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab 
qo‘yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari. 
Asosiy  vositalar  ishlab  chiqarishda  band  bo‘lgan  barcha  mutaxassis  va 
xodimlar  soni  bilan  birgalikda,  sanoat  korxonasining  ishlab  chiqarish  apparati 
deb ataladi. 
Noishlab  chiqarish  asosiy  vositalari 
korxona  asosiy  vositalarining  ishlab 
chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo‘lib, shu sababli o‘z qiymatini 
tayyor  mahsulotga  o‘tkazmaydi.
  Bular  qatoriga  asosan  korxona  balansida 
turuvchi turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog‘chasi 
va  yaslilar,  sport-sog‘lomlashtirish  va  boshqa  ob’ektlar  kiritiladi.  Madaniy-
maishiy  va  sog‘lomlashtirish  yo‘nalishidagi  noishlab  chiqarish  asosiy  vositalari 
ishlab  chiqarish  asosiy  vositalari  bilan  foydalanish  muddati,  natural  shaklning 
saqlanishi,  o‘z  qiymatini  sekin-asta  yo‘qotishi  kabi  ko‘p  jihatlari  bilan 
o‘xshashdir. 
Mehnat  predmetiga  o‘tkazuvchi  ta’siriga  ko‘ra,  asosiy  ishlab  chiqarish 
fondlari  aktiv  va  passiv  turlarga  bo‘linadi.  Asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining 
passiv  turiga  bino  va  inshoatlar,  aktiv  turiga  esa  quvvat  mashina  va  uskunalari, 


 
 
140 
ishchi  mashina  va  uskunalar,  transport  vositalari,  texnologik  liniyalar,  ya’ni 
biron-bir turdagi mahsulot yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi. 
Sanoat  korxonasining  aktiv  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlari  eng 
harakatchan va ahamiyatli hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti davomida ko‘plab 
korxonalarda aktiv ishlab chiqarish fondlarining salmog‘i ortadi, ularning tarkibi 
va  ko‘rinishi  o‘zgaradi,  asosiy  vositalar  guruh  va  turlarining  ma’naviy  eskirish 
tufayli almashinish sur’ati tezlashadi.  
Ishlab  chiqarish  miqyosining  o‘sishi  va  boshqa  ijobiy  o‘zgarishlar 
sharoitlarida,  ba’zan  korxonaning  asosiy  vositalari,  jumladan,  ishchi  mashinalar 
va  uskunalar,  ishlab  chiqarish  binolari,  qurilmalar  va  hokazolar  yetmay  qoladi. 
Bunday  hollar  ro‘y  berganda  korxona  shartnoma  asosida  o‘ziga  kerakli  bo‘lgan 
asosiy  vositalarni  yollaydi  va  ular  ijaraga  olingan  hisoblanadi.  Ijaraga  beruvchi 
va  ijaraga  oluvchi  o‘rtasida  yuzaga  keluvchi  mulk  munosabatlari 
lizing
  deb 
ataladi (ingl. Lease - ijara). 
Asosiy  vositalarning  umumiy  hajmida  alohida  guruhlarining  qiymat 
bo‘yicha  o‘zaro  nisbati 
asosiy  vositalarning  turlar  bo‘yicha  tuzilmasini 
aks 
ettiradi  hamda  amaliyotda  foizlarda  o‘lchanadi.  Korxona  asosiy  ishlab  chiqarish 
fondlari  tuzilmasining,  birinchi  o‘rinda  uning  aktiv  qismini  -  mashina  va  asbob-
uskunalarni  ko‘paytirishga  yo‘naltirilgan  takomillashtirishdan  manfaatdor 
bo‘lishi  lozim.  Ularning  ulushi  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi va aksincha. 
Sanoat  korxonasi  asosiy  vositalarining  turlar  bo‘yicha  tuzilmasi,  ko‘p 
jihatdan  kapital  qo‘yilmalarning  texnologik  tuzilmasi  orqali,  jumladan,  ularning 
yangi  qurilish  va  qayta  ta’mirlash,  amaldagi  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  va 
qayta  qurollantirish  bilan  avvaldan  belgilab  qo‘yilgan  bo‘ladi.  Asosiy 
vositalarning  turlar  bo‘yicha  tuzilmasiga  ishlab  chiqarishni  ixtisoslashtirish  va 
konsentratsiya qilish darajasi ham katta ta’sir o‘tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab 
chiqarishni  fondlar  bilan  ta’minlashda  va  fan-texnika  taraqqiyoti  yutuqlaridan 
keng foydalanishda kichik va o‘rta korxonalarga qaraganda ko‘proq imkoniyatga 
ega. 
Biroq 
kichik 
korxonalar 
harakatchanroq, 
ularning 
boshqaruvi 
moslashuvchanroq  bo‘lib,  natijada  ishlab  chiqarishni  texnik  jihatdan  qayta 
qurollantirish osonroq kechadi. 
Korxona iqtisodiyotiga 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish