ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy vositalarning
yoshi
, birinchi o‘rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir
ko‘rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo‘yicha
guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5
yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25
yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatatsiya muddati qanchalik
yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari shunchalik past bo‘ladi,
mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va talofatlar ko‘payadi hamda
aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida
foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko‘p xarajatlar sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |