Manbaning mazmuniga qarab tahlil etish
Har bir asaming mazmuni muallifning o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalaridan kelib chiqib yoritilgan bo'ladi. Manbadagi asarning mazmunini yoritish juda muhim va mas'uliyatli ish bo'lib, kitob bilan to'la tanishib chiqishni taqozo etadi. Pedagog-mutaxassis yozma manbalardagi asaming boy mazmunini talabalarga ixcham va lo'nda tarzda bayon etishi zarur. Bunda yozma manbalar to'g'risidagi mavjud tavsif — kataloglar hamda ensiklopedik ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.
Umumiy tarixga oid asarlarning aksariyatida voqealar bayoni o ‘z xususiyatiga ko'ra ikki xil bo'lishi mumkin:
a) Boshqa tarixchilar tomonidan bayon etilgan voqealar zikrini muallif ixcham holda yoki aynan keltiradi. Asaming bu qismi kompilyatsiya, ya’ni o'zlashtirma deb ataladi. Kompilyatsiya so‘zi inglizcha compile -tuzmoq ma’nosini anglatadi.
b) Muallifning shaxsan o‘zi ma’lumot yig‘ib voqealami bayon etgan qismi original, yangi qismi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |