“Matntilshunosligi”fanining o'rganish ob’yekti matn hodisasi
Imlih, ugapdan ko‘rayirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat
tu.ihsiili, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan nutqko‘rinishidir.
Ayrimmutaxassislar bittagina gap hamminimal matntushunchasiga
U'iif'kelishi mumkin degan fikmi ilgari surishgan. Tilshunos
11Iiirniyozov «matn bir so‘z bilan, bir necha so‘z bilan, bir necha gap
bilan, birnecha abzas bilan va bir necha bob bilan ifodalanishi ham
mumkin»1ligini aytadi. Lekin olim shuni hamta’kidlaydiki, «matn
Iinj»vistikasi muammolarini bir so‘zli, birikma yoki biror sodda gap
hilanifodalangan matnlar asosida o‘rganish maqsadga muvofiq emas.
ko‘chirilishiga oid masalalar tavsifini mukammal holatda berib
boMmaydi».
TILSHUNOSLIKDA MATN MUAMMOSINING O‘RGANILISHI
Insonlarning kishilik jamiyati sifatidagi alohida-alohida qavmlar tarzida birlashishi va birlikda ne-ne mushkulotlarni bartaraf etib, tamaddun deyiladigan taraqqiyot yo‘llarida muntazam odim otmog‘ida ular o‘rtasidagi kommunikatsiya, muloqotning o‘rni, shubhasizki, benihoya muhim. Kommunikativ faoliyatdan tamoman xoli bo‘lgan, a’zolari o‘zaro muloqot imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘lgan kishilik jamiyatini tasavvur ham etib bo‘lmaydi.
MATN TA’RIFI MASALASI
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaxassislar o‘rtasida yagona fikr yo‘q, aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki xil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaxlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini aniqlashda barcha matnlar uchun xos bo‘lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo‘lishini alohida qayd etadi.1 Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida rus tilshunosligida ilk o‘laroq batafsil o‘rganganlardan biri I.R.Galperin “matnning ontologik va funksional belgilarini namoyon etadigan etakchi jihatlar”dan biri sifatida “yozma hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir.
O‘zbek tilshunosligidagi bu yo‘nalishdagi ishlarga e’tibor qilinsa, ularda ham yuqoridagiga o‘xshash mulohazalar yo‘q emas. Masalan, M.Hakimovning nomzodlik dissertasiyasida mana bunday fikrlarni o‘qish mumkin: “...Nutq – bu so‘zlovchining nutqiy jarayoni bilan aloqador bo‘lgan hodisa sifatida ifoda etilsa, matn (tekst) ham ana shu nutqiy hodisaning yozilgan (“bosma harf orqali aks etgan”) parchasidir... “Nutq” o‘zining yozma shaklida “matn” atamasiga teng keladi... Har qanday nutqning yozma shakli matn tushunchasi mohiyatini ifoda etadi... Tekst – og‘zaki nutq, kontekstga nisbatan stabillashgan, ma’lum qoida, qonuniyatlar va adabiy til me’yorlari asosida shakllangan yozma nutq... Matn bir vaqtning o‘zida emas, balki bir necha asr avvalgi va keyingi shaxslar o‘rtasidagi aloqa munosabatini yuzaga chiqaruvchi vositadir.” 2
Do'stlaringiz bilan baham: |