Harakat – maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ichki unvon – asosiy matnning turli rangdagi to‘q siyohlar bilan jadvalga olinishi. Matnlar turli shakllarda – sidirg‘a, ikki ustun, to‘rt ustun, zina, romb, qiya holda joylashtirilishi mumkin. Bezak vazifasini o‘tovchi bu shakllar ko‘proq she’riy matnlarda qo‘llangan.
Ilmiy apparat – matn tarkibini detallashtirib, har bir qismni ilmiy ko‘rsatkichlar orqali izohlash. Ilmiy apparatning konstruksiyasi va uning ichki tarkibi jarayonning ilmiy ko‘lami haqida bir butun tasavvur uyg‘otadi, balki tadqiqotning yakuniy ko‘rgazmali maketi vazifasini o‘taydi.
Ilmiy-ommabop (akademik) matn – yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish.
Ilmiy-tanqidiy matn – matn tarixining muallif matniga yaqin variantini ilmiy tekstologik dalillar asosida asliyat yozuvida taqdim qilish. Ko‘p nusxaga ega manba matni ustida ishlash, uning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash butun “injiqlik”lari bilan o‘ta nozik va mas’uliyatli, to‘xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi “zahmat”lari bilan mashaqqatli, ammo samarali mehnatdir.
Inkor etish. Inson unga og‘riq beruvchi voqelikka e’tiborsizlik bilan, o‘zini xuddi muammo mavjud emasdek tutadi.
Interiorizatsiya - tashqi real ishdan ichki ideal ishga o‘tish jarayoni.
Interpolyatsiya – hoshiyadagi bitiklarning asosiy matnga qo‘shib yuborilishi. Matnshunos asosiy matnning o‘ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o‘rganish orqali interpolyatsiyani aniqlash mumkin. Shuningdek, qo‘lyozma matnining ilgari o‘chib ketishi, yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo‘lgan o‘rinlarini va ayni shu nusxadan ko‘chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo‘laklarini qiyoslash orqali interpolyatsiyani ajratib olish mumkin.
Ishtiqoq – so‘z yasalishi haqidagi ilm (derivatsiya). Ishtiqoq uch xil bo‘ladi. Kichik ishtiqoq – harflarning ketma-ketlik tartibini o‘zgartirmasdan bir so‘zdan boshqa har xil so‘zlar yasash usuli: قراءة ≡ قارئ , مقروء , قراء , قرآن . Katta ishtiqoq – harflarning ketma-ketlik tartibini o‘zgartirish orqali boshqa so‘zlar yasash: جبذ ꞊ جذب . Eng katta ishtiqoq – talaffuzda bir-biriga yaqin bo‘lgan harflarning birini ikkinchisiga almashtirish orqali so‘zlar yasash: نعق – qarg‘a qag‘illadi; نهق – eshak hangradi.
Ko‘chirish – hissiyot obyektini xavfsizrog‘iga almashtirish. Aslida hissiyotlarning paydo bo‘lishiga umuman boshqa odam sabab bo‘lsada, inson muhabbat, nafrat, raqobatchilik haqida mulohaza yuritadi.
Kolofon – kotibning qo‘lyozma so‘nggida keltiradigan ma’lumotnomasi. Unda kotib nomi, qo‘lyozmaning ko‘chirish sanasi va kotib mulohazalari beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |