Internet saytlari
1.http://kutubxona.uz
2.http://literature.uz
3.http://ziyonet.uz
4.http://alisher navoiy.uz
Glossariy
«Armug‘oni Xislat» – Mulla Sayyid Haybatulloh Xo‘ja Xislat tomonidan tuzilgan bu bayozda Miskin Toshkandiy, Akmalxon, Zokiriy, Pirimqori Andijoniy, Saryomiy kabi 30 ga yaqin shoirning asarlari berilgan. Kitobga Sirojiddin Maxdum Sidqiy Xondayliqiy kotiblik qilgan. Majmua Toshkentdagi G‘.Orifjonov matbaasida hijriy 1329 (melodiy 1911) yilda chop qilingan.
«Gulshani ash’or» – XX asr boshlarida tuzilgan bayozlardan biri. Mazkur bayozda O‘rta Osiyo territoriyasida yashab o‘zbek va fors-tojik tillarida ijod etgan Firdavsiy, Atoiy, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Kamiy, Saryomiy, Xislat, Oxundiy, Xiloliy kabi 50 dan ortiq shoir haqida ma’lumot beriladi.
Adabiy hodisaning fundamental tadqiqi – o‘zaro bog‘liq uchta jihatdan, ijodkor konsepsiyasi, manba yo‘nalishi va matn aniqligi kabi masalalarni kompleks o‘rganishdan iborat.
Adekvat tarjima – asl nusxani to‘liq aks ettiruvchi, unga muvofiq va u bilan tenglashadigan mukammal tarjima.
Aqliy tafsir – bunday tafsirlarda donishmandlar va faylasuflarning so‘zlariga e’tibor qaratilgan, ularning shubhalariga raddiyalar berilgan.
Aruz(ar. عروض– chodir qurish uchun chodirning markaziga tikiladigan yog‘och) qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslangan she’r vaznlari haqidagi ilm.
Arxeografiya – yozma manbalarni qidirib topish, ilk tavsifga olish, ilmiy muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Kutubxona, turli fondlardagi qo‘lyozmalarning turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik qiyosiy tahlili manba matnini tuzishda muhim hisoblanadi. Bunday ishlar natijalari matn ustida ishlashning ravon borishini ta’minlaydi.
Asl matnni tiklash – ma’lum vaqt mobaynida subyektiv (muallif, kotib, nashrga tayyorlovchi, muharrir) va obyektiv (ijtimoiy) omillar ta’sirida o‘zgarishga uchragan matndagi o‘zgarishlarni aniqlab, ularni tarixiy, ilmiy dalillar bilan asoslash.
Ateteza – muallifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan muayyan asarni ilmiy asosda noo‘rin mualliflikdan himoya qilish. Bu holatda bahsga sabab muallifning mavjud asarlari qiyosan o‘rganilib, ularning hududiy, davriy, g‘oyaviy, uslubiy jihatlari tekstologik tadqiqi qilinib, xulosa chiqariladi.
Atributsiya – matnning ichki va tashqi xususiyatlariga asoslanib matn muallifini aniqlash. Atributsiya holatida matnshunos matnning, masalan, g‘azallarda maqta’dagi taxallus, matn tuzilishini o‘rganish, sanalarini, matnning yaratilish joyini aniqlash kabi tekstologik usullardan foydalanib, muallif nomi va tarjimai holini tiklash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |