Tayanch so`z va tushunchalar: muammo, janr, lug`z, chiston, ta’rix, abjad, hall, yechim, intiqod, tahlil, tarkib, tabdil.
Topshiriqlar:
“Xamsa’’ ilmiy- tanqidiy dostonini kim 1947 yilda arab yozuvidan qisqartirib kiril yozuvida nashrga tayyorlagan? * Sadriddin Ayniy
Tuz ko’rinur mehr chu turg’on suda
Egri bo’lur ishtarak urgon suda.
«Hayrat ul abror» dostonidagi ushbu baytning bir necha xil ekanligini hammamiz bilamiz . Yuqoridagi baytdagi ,, Ishtarak” so’zi boshqa ilmiy- tanqidiy matnlarda qanday ko’rinishlarda uchraydi? *Ushturak, Ishtidod,Ishtaraki
«Hayrat ul abror»ning ilmiy tanqidiy matnidagi ushbu baytda:
Somkim adl qildi, vird, qani?
Mazhari zulm — Yazdijird qani? Shu ilmiy tanqidiy matnda ,,Vird’’ so’zi yana boshqa bir ilmiy tanqidiy matnda ,,Vird’’ so’zi o’rnida “Vard’’ so’zi qo’llanilgan.
Bu so’zlarning ma’nosi nima?
*Bu so’zlar arab tilida shakldosh so’zlar hisoblanadi. Vird-takrorlash so’zi, Vard- atoqli ot
4. «Hayrat ul abror» dostonidagi sher va durroj hikoyatida sher haqida yoziladiki:
Chun boʻlur erdi bolalab zavqnok,
Moʻr bolasin qilur erdi halok. Shu baytning tabdili dostonning nasriy 1974 yilgi nashrida qay tarzda ifodalangan edi?
* «Sher har yili bolalab xursand boʻlar va bolalari bilan oʻynashib, chumolilarning bolalarini tutib oʻldirar edi».
5. 1949-yil ,,Mezon ul avzon’’ ilmiy tanqidiy matnini kim nashrga tayyorladi? *Izzat Sultonov
6. Izzat Sultonov ,,Mezon ul avzon’’ ilmiy tanqidiy matnini nashrga tayyorlashda nimani asos qilib olgan?
*Asarning XVIII-XIX asrlarda ko’chirilgan 4 qo’lyozma nusxasini.
7. ”Mezon ul avzon’’ asari A. Jomiyning qaysi asari bilan qiyoslab o’rganilgan va kim tomonidan?
* ,,Risolayi aruz’’ asari Izzat Sultonov tomonidan.
8. H. Sulaymonov ,, Hazoyin ul maoniy’’ ilmiy tanqidiy matnini qay tarzda tayyorladi?
*A.Navoiy qo’lyozma devonlaridan 225 ga yaqin nusxasini o’rganish asosida.
9. 1959-1960 yillarda ,, Xazoyin ul maoniy’’ ilmiy tanqidiy matni kim tomonidan tayyorlandi-yu, lekin ba’zi sabablarga ko’ra nashr etilmay qoldi. * Hamid Sulaymonov.
10. Adabiyotshunos N. Mallayev ,, Xazoyin ul maoniy’’ devoni haqida qanday fikr bildirgan? *,, O’zbek adabiyoti tarixi’’ darsligiga bu noyob ,, Xazoyin ul maoniy’’ devoni xronologiyasi nisbiyligi albatta kiritiladi.
TEST
“Hayrat ul abror”, “Xazoyi ul maoniy””Mezonul avzon”ning ilmiy tanqidiy matnlari.
1.”Hayrat ul abror” dostonning hajmi qancha? a) 63 bob, 20 hikoyat,20 maqolat b) 61 bob,21 hikoyat,21 maqolat c) 63 bob,22 hokoyat, 20 maqolat
2.”Xamsa” dostonining qaysi birida “basmala bobi” mavjud? a) Sab`ai sayyor b) Hayrat ul abror c) Saddi Iskandariy
3.”Xazoyin ul maoniy” 1550-yillardagi qo`lyozmasi kim tomonidan nashr etilgan? a) P.Shamsiyev. b) H.Sulaymonov c) M.Xamidova
4. “Xazoyin ul maoniy”ni nechta qo`lyozmsini ajratib tadqiq etgan? (H.Sulaymonov) a) 20 b) 30 c) 40
5.”Xazoyin ul maoniy”ning taqqoslash usuli kim tomonidan amalga oshirilgan? a) H.Sulaymonov b) M.Xamidova c) P.Shamsiyev
6. “Mezonul avzon” tanqidiy matnini kim nashrga tayyorlagan? a) I.Sulton b) P.Shamsiyev c) M. Hamidova
7. I.Sulton “Mezonul avzon”asarining qaysi nusxasini asos qilgan? a) XX b) XVIII-XIX c) XVII
8.”Mezonul avzon” ga qaysi asar qiyoslanib olingan? a) Risolayi aruz b) Aruz nazariyasi c) Muxtasar
9. “Mezonul avzon”da nechta zihofot bor? a) 11 ta b) 12 ta c) 10 ta
10.”Mezonul avzon”nechanchi yil nashrga tayyorlangan? a) 1940-yil b)1949-yil c) 1951-yil
11. H. Sulaymonov “Xazoyin ul maoniy”ning nechta chet el nusxasini o`rgangan? a) 220 b) 225 c)227
12.”Hayrat ul abror”da qaysi harfni “nahang balig`ining umurtqa suyagi”ga o`xshatgan? a) sin b) shin c) ayn
13. “Xazoyin ul maoniy ” da H. Sulaymonov ishini yuqori baholagan kim? a) S. G`aniyeva b) P.Shamsiyev c) M.Xamidova
14.”Hayrat ul abror ” dostoni yozilishiga turtki bo`lgan asar? a) Tuhfat ul-ahror b) Maxzan ul asror c) tuhfat ul afkor
15. “Hayrat ul abror”ning nechanchi bobi N.ganjaviy va X.Dehlaviyga bag`ishlangan? a) 13 b) 14 c) 12
16.”Nuri Muhammadiya” g`oyasi qaysi dostonda? a) Hayrat ul abror b) Saddi Iskandariy c) Farhod va Shirin
17. “Rad etilganlar”va “qabul qilinganlar” masalasi qaysi dostonda? a) Farhod va shirin b) Hayrat ul abror c) Sab`ai Sayyor
18. H Sulaymonov “Xazoyin ul maoniy ”asarining nechta qo`lyozma nusxasini o`rgangan? a) 20 b) 21 c) 22
19. “Xamsa”da nechta janr bor? a) 17 b)16 c) 18
20.A. Navoiy “Mezon ul avzon”da “fa”ni ning nomlanishini qanday ataydi? a) foilun b) batar c) maxbuz.
Do'stlaringiz bilan baham: |