Tayanch tushunchalar: Navoiy, devon, qo`lyozma, ilmiy-tanqidiy matn, nusxa, “G`aroyib us sig`ar”, “Navodir ush-shabob”, “Badoye ul -vasat”, “Favoyid ul- kibar”, navoiyshunoslik.
5-seminar mashg`ulot. XVI-XIX asr matnshunosligining o`ziga xos jihatlari
XVI–XIX asrlar o‘zbek matnshunosligi tarixini kuzatar ekanmiz, kotiblarning ko‘chirilayotgan asarning ishonchli, qadimiy nusxasini tanlashga yoki manbaning yig‘ma matnini yaratishga intilganliklarini ko‘ramiz. Bu davrda yaratilgan yuzlab qo‘lyozmalarda aks etgan xatoliklar, muallif matnini buzish hollari, saktaliklar havaskor yoki xattotlik kasbini egallash yo‘lidagi ilk mashqlar natijasida ham ro‘y berganligini nazardan qochirmasligimiz kerak.
Interfaol metod.
Mashg`ulot zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Insert texnikasi” metodi asosida o`tkaziladi. Mazkur metod talabalarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilmlarni o`zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida qo`llaniladi, shuningdek, bu metod talabalar uchun xotira mashqi vazifasini ham o`taydi.
Vazifa. Mavzu bilan atroflicha tanishib chiqqach, o`z shaxsiy qarashlaringizni maxsus belgilar orqali ifodalang. Fikrlaringizni yozma bayon etish uchun quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
“V” – tanish ma'lumot.
“?” – mazkur ma'lumotni tushunmadim, izoh kerak.
“Q” – bu ma'lumot men uchun yangilik.
“– ” bu fikr yoki mazkur ma'lumotga qarshiman?
Tayanch so`z va iboralar: “Xamsa” ilmiy-tanqidiy matni, lug`atlar, fihrist, saroy kutubxonalari, matn ko`chirish.
6-seminar mashg`ulot. Lug`atlar va ulardagi asosiy qisqartmalar
Turkiy xalqlar jahon kahkashonida shunisi bilan ham har qancha faxrlansa arziydiki, bizda mingyillik lug‘atchilik tarixi mavjud. Mahmud Koshg‘ariy XI asrdayoq turkiy so‘zlar boyligini arab tilida izohlab, o‘sha davrgacha xalqimiz yaratgan lisoniy boyligimizni bizga buyuk meros sifatida qoldirib ketgan. Bundan tashqari, lug‘at bo‘yicha yana to‘qqiz milliy manba mavjud. Bular Mahmud Zamaxshariyning "Asos ul-balog‘a" va "Muqaddimat ul-adab" (XII asr), "At-tuhfat uz-zakiyati f-il-lug‘at it-turkiya" (XIII asr), Tole Imon Hiraviyning "Badoe' ul-lug‘at" (XV asr), noma'lum muallifning "Abushqa" (XVI asr), Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" (XVII asr), Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab ul-lug‘ot" (XVIII asr), Mirzo Mahdiyxonning "Sangloh" (XVIII asr), Sulaymon Buxoriyning "Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy" (XIX asr) asarlari.
Interfaol metod. B/B/B/ texnologiyasi asosida mavzu yuzasidan egallagan bilimlaringizni aks ettiring. Uch ustunli jadval yordamida o`z fikr-mulohazalaringizni aks ettiring.
Ushbu texnologiya talabalarga mavzu bo`yicha izlanish, ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beradi.
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
.........
|
........
|
.......
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |