Matnshunoslik



Download 211,73 Kb.
bet14/42
Sana25.03.2022
Hajmi211,73 Kb.
#509383
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
2022. UMK. Matnshunoslik (2)

Asosiy adabiyotlar

1.SH.Sirojiddinov, S.Umarova. O‘zbek matnshunosligi qirralari. –T.: “Akademnashr”. 2015. 122 b.


2.Zufarov T. Xat ta’limi. –T.: Meriyus, 2010..


Qo‘shimcha adabiyotlar



        1. Alisher Navoiy. Hayrat-ul-abror. Ilmiy tanqidiy matn. (Tuzuvchi: Porso Shamsiyev), –T.: Fan, 1970.

        2. Zohidov R. Sabotul ojizin – ilmiy-adabiy manba. –T.:Muharrir, 2012.

        3. Ismoilov M. Hujjatshunoslik va Markaziy Osiyo diplomatikasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Akademnashr, 2010.

        4. Ishoqov F. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari. T.: “Fan”, 1976.

        5. Yo‘ldoshev Ibrohim. O‘zbek kitobatchilik terminologiyasi. – T.: Fan, 2004.


3-MAVZU. TEMURIYLAR DAVRI MATNSHUNOSLIGI (XV ASR). XVI- XIX ASRLAR O‘ZBEK MATNSHUNOSLIGI.
Reja:

  1. Temuriylar davridagi adabiy hayot.

  2. Boysung‘ur Mirzo – ilm-adab ahlining homiysi.

  3. Alisher Navoiy manshunoslik tarixida o‘ziga xos o‘rni.

  4. “Xazoyin ul-maoniy” asarining o‘ziga xos xususiyati.

  5. XVI–XIX asrlar o‘zbek matnshunosligining o‘ziga xos xususiyati.

  6. Matn ko‘chirishning yangi bosqichi

  7. XIX asrda Movaraunnahrda adabiy hayot.

  8. XIX asrda tipo-litografik korxonalarning paydo bo‘lishi

Glossari: temuriylar, litografiya, tipo-litografiya, toshbosma, qo’lyozma, nasta’liq, nusxa, mixbosma.
Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat bilan birga qo‘lyozma nusxalarga bo‘lgan munosabatlar jiddiy ravishda kuchaydi. Temuriyzodalarning sa’y-harakatlari matnshunoslik an’analarining sezilarli rivojlanishiga olib keldi. Alisher Navoiy kotiblardan muallif matnlarini buzmaslik, o‘zicha o‘zgartirmaslik, uning originalligini saqlash, g‘oyaviy va badiiy mazmuniga futur etkazmaslik, bilimdonlik bilan ko‘chirishni talab qilgan. Navoiy asarlarini ko‘chirish an’anasi xattot va kotiblarni davrning sinchkov matnshunoslariga aylantirgani ularning nusxa ko‘chirish jarayonida bitta qo‘lyozma bilan cheklanmasdan, bir necha qo‘lyozmani qiyosiy tekshirib ko‘rganliklari, insho san’atiga doir qo‘llanmalarda, xatlar to‘plamlarida matnlarni tuzishda ishlatiladigan qonun-qoidalar, xattotlarga ko‘rsatmalar va turli namunalarni keltirganliklari bilan tasdiqlanadi.
Temuriylar davri o‘zbek matnshunosligi rivojida muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. O‘zbek matnshunosligi shu davrdan e’tiboran o‘zining 2-bosqichiga o‘tdi deyish mumkin. Bu davrda ilm-fan, madaniyat bilan birga qo‘lyozma nusxalarga bo‘lgan munosabatlar keskin kuchaydi. Shohrux zamonida Hirot shahri davlatning siyosiy markaziga aylandi. Shohruxning o‘g‘li va ayni vaqtda vaziri Boysung‘ur mirzo nihoyatda noziktab’, adabiyot va san’at muxlisi, hunar ahlining jonkuyar homiysi edi. “Mirzo Ulug‘bek astronomiya va handasada o‘z davrida yagona bo‘lgani kabi, Boysung‘ur mirzo she’r va xatda o‘z davrining eng mashhur kishisi edi”67.
Boysung‘ur mirzo Hirotda ulkan kutubxona ta’sis etdi. Kutubxonada 40 nafar etuk hunar egalari to‘plandi. Bular xushnavis xattotlar, kitob tuzish uchun qog‘oz tayyorlovchilar, muqovasoz, ya’ni sahifalarni to‘plab kitob holiga keltiruvchilar, kitob ko‘chirilib muqovalangach, sahifalarga surat chizuvchilar, oltin hal yurgizuvchilar, nodir kitoblarga charm yoki boshqa bir qimmatbaho matodan jild yasovchilar, to‘zigan kitoblarni qayta tiklovchilar, sahifalar hoshiyasi va yozuv oralariga oltin yoki kumush rang purkab bezatuvchilar kabilar edi. Boysung‘ur mirzoning o‘zi ham mohir xattot bo‘lgan. Uning olti xil yozuvni mukammal bilgani, ayniqsa, suls yozuviga mohirligi haqida ma’lumotlar bor. Temuriylargacha ishlab chiqilgan barcha matn shakllari, asosan, diniy adabiyotga tatbiq etilgan bo‘lsa, Boysung‘ur mirzo ularning barchasini badiiy adabiyotga tatbiq etdi. Xarakterli jihatlardan biri uning kutubxonasida kitob ko‘chirish bilan birga, qo‘lyozma nusxaning yig‘ma matnini tiklash ishlari ham olib borilgan. Jumladan, Boysung‘ur mirzo buyrug‘i bilan Firdavsiy “Shohnoma”sining turli qo‘lyozma nusxalari to‘planib, birinchi bor to‘liq va mukammal nusxada ko‘chirildi. Mazkur qo‘lyozma 1425–1430 yillari Ja’far Tabriziy tomonidan ko‘chirilib, musavvirlar uni 20 ta surat bilan bezadilar. Boysung‘ur mirzo “Shohnoma”ning bu nusxasiga muqaddima yozadi va u adabiyot tarixida “Boysung‘ur muqaddimasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Mazkur “Shohnoma” va o‘sha davrda ko‘chirilgan “Kalila va Dimna”ning nodir nusxasi (unda 35 surat bor, 1460 yili ko‘chirilgan) ayni zamonda Tehrondagi Guliston saroyi muzeyida saqlanmoqda68.
Boysung‘ur “Shohnoma”ning yig‘ma matnini tuzishda eng ishonchli, ko‘pchilik e’tirofida bo‘lgan nusxalarni tanlagan. Yig‘ma matn shakli asosan qiyosiy-solishtirma, tarixiy, mantiqiy-mazmuniy tahlil etish asosida tuzilgan. 1991 yili asarning ilmiy-tanqidiy matnini qayta amalga oshirgan M.N.Osmanov shunday yozadi: “Shohnoma” yaratilgandan so‘ng o‘tgan to‘rt asr davomida muallif matni juda ko‘p o‘zgarishlarga uchragan, poema nusxalari orasida o‘zaro farqlar kelib chiqa boshlagan edi. Shuning uchun XV asrda temuriylardan Mirzo Boysung‘ur olimlarga asarning yagona tahrir matnini ishlashni buyurdi. “Boysung‘ur tahriri” nomi bilan yuritiladigan ushbu nusxa – “Shohnoma” matni rekonstruksiyasining ishlanishida birinchi tajriba edi. Boysung‘ur tahriri zamonaviy ilmiy nashrga tayyorlash talablariga javob bermasligi tabiiy, chunki XV asrda Sharqda, faqat Sharqda emas, balki G‘arbda ham asosiy matn tuzish metodikasi ishlab chiqilmagan edi. Firdavsiy instituti (Eron) ilmiy xodimlarining tadqiqiy tahlillaridan ma’lum bo‘ladiki, Boysung‘ur tahririda muallif matniga sayqal berilgan baytlar ko‘p miqdorni egallaydi. Aynan “Shohnoma”ning “Boysung‘ur matni” XX asr o‘rtalarigacha asosiy nusxa vazifasini bajargan”69. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Boysung‘ur matnshunoslari faqat matnlarni birlashtirish bilan qanoatlanmasdan, matnni tiklash ishlarini amalga oshirganlarki, bu matnshunoslik prinsiplari shu davrlarda ancha qat’iylashganligini anglatadi. Boysung‘ur mirzo tahriri bilan tuzilgan “Shohnoma”ning yig‘ma matni Sharq matnshunosligi tajribasining buyuk namunasidir. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, yozma yodgorliklarni asrash va qo‘lyozma asarlarni qayta ko‘chirtirish kabi ishlarga katta e’tibor qaratish faqat Boysung‘ur mirzoga xos bo‘lmagan. Jumladan, “Shohrux mirzoning o‘g‘li Sulton Ibrohim ham mohir hunarmandlarga jahon tasviriy san’ati namunalari hisoblangan kitoblar tuzdirdi. Shunday kitoblardan biri Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostoni nusxasi bo‘lib, hozirgi davrda Niyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyda saqlanmoqda”70.
Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek adabiyoti oldidagi xizmatlari hammaga ma’lum. “Bobur davlat arbobi, sarkarda, tarixchi, olim, tarjimon, shoir bo‘lish bilan birga, ibn Muqla’ kabi buyuk xat ixtirochisi sifatida Sharqqa tanilgan. Hindistonni boshqarib turgan vaqtida Bobur arab xatining turli shakllarida yoziladigan alohida bir xat ixtiro qilgan. Bu yangi xat “Xatti Boburiy” deb atalgan va shu nom bilan shuhrat topgan”71. Bobur va uning avlodlari Humoyun, Akbar va boshqalar turli fanlar qatorida adabiyot va san’atning rivojiga, xususan, qo‘lyozma manbalarni ko‘chirish va saqlash ishlariga juda katta ahamiyat qaratganlar. Boburning xatga, xususan, matnga munosabati “Boburnoma”dagi bir maktub borasidagi so‘zlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bobur o‘g‘li Humoyunga davlat ishlarini yuritishda maslahat berarkan, o‘g‘lining unga yozgan xatidagi ba’zi o‘rinlarga e’tiroz bildiradi. Jumladan, Bobur xatda Humoyunning o‘ziga nisbatan aytilgan “yolg‘uzluq, yolg‘uzluqkim” so‘zlarini “podshohlikda aybdur”, chunki “podshohlik bila yolg‘uzlik rost kelmas” deb noo‘rin qo‘llangan so‘z ekanini ko‘rsatadi. Yana shoir Humoyunning xati va imlosini shunday chiroyli kuzatadiki, bunda Bobur ilmiy salohiyati bilan birga, o‘ta diqqat bilan matnni tahlil etgani ko‘rinadi. Xatda shunday yoziladi: “Yana, men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘quyolmas eding. O‘quyolmagandin so‘ng albatta tag‘yir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o‘qisa bo‘ladur, vale asru mug‘laqtur. Nasri muammo hech kishi ko‘rgan emas. Imloing yomon emas. Agarchi xeyli rost emas, iltifotni “to” (طا ) bila bitibsen. Qulunjni “yo” (یا ) bila bitebsen. Xatingni xud har tavr qilib o‘qisa bo‘ladur, vale bu mug‘laq alfozingdin maqsud tamom mafhum bo‘lmaydur. G‘olibo xat bitirda kohillig‘ing ham ushbu jihattindur. Takalluf qilay deysan, ul jihattin mug‘laq bo‘ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti: ham sanga tashvish ozroq bo‘lur va ham o‘qig‘uchig‘a”72. Bundan ko‘rinadiki, Bobur Humoyunga tanbeh berishda ko‘p jihatlarga e’tibor qaratayapti. U o‘zing xatingni o‘qiy olmaysan, buni esa o‘zing payqamaysan, agar bilganingda o‘zgartirarding, xatingni juda qiyinchilik bilan o‘qisa bo‘ladi, deydi. Bobur Humoyun imlosini emas, balki o‘g‘lining matnga e’tiborsizligini tanqid ostiga olgan. Haqiqatan, iltifot “الطفات ” emas, “التفات ” shaklida, “to” emas, “te” bilan yoziladi. Boburning bu yozganlaridan uning xat va matnga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lgani ravshan ko‘rinadi.
Temuriylar tomonidan olib borilgan bunday ishlar matnshunosligimiz tarixini o‘rganishga keng imkoniyat yaratib, etarli ilmiy-nazariy tahlillarni amalga oshirishga yordam beradi.
Temuriylar davri o‘zbek matnshunosligi haqida so‘z ketar ekan, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning xizmatlari haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Uning xatga, xattotlik ishiga bo‘lgan qarashlari o‘zbek matnshunosligi tarixini yoritishda muhim o‘rin tutadi.
G‘iyosiddin binni Humomiddin Xondamirning “Makorim ul-axloq” kitobida yozilishicha, Alisher Navoiy davlat va o‘z ijodiy ishlari bilan nihoyatda band bo‘lishiga qaramay, butun bo‘sh vaqtini “kitob iboratlarini tuzatish, ma’nolarini tekshirish, dalillar bilan isbot etish”ga sarf etgan. Kitob ko‘chiruvchi kotiblardan u muallif matnlarini buzmasdan, o‘zicha o‘zgartirmasdan, kamoli diqqat va bilimdonlik bilan ko‘chirishni talab qilgan. Jumladan, shoir “Sab’ai sayyor” dostoni xotimasida kotiblarga murojaat qilib, ularni shunday ogohlantiradi:

Download 211,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish