Kotib bilimli, zakovatli bo‘lishi kerak,
Xati chiroyli, so‘zga usta, ezgu fol bo‘lishi kerak.
Maktubda xat chiroyli bo‘lsa, ko‘ngil ochiladi,
Boqsa o‘qigisi keladi, ko‘ngil quvonadi.
Agar fasohat bilan (xush) xat tenglashsa,
Bu yozma nutq tili juda ezgu til bo‘ladi.
Ilaning sirga yaqini nima deydi, eshitgin:
YOzma nutq usuli juda yaxshi usuldir.
Barcha ezgu so‘zlar yozuvda bo‘ladi,
YOzilgan bo‘lganligi uchun so‘z unutilmaydi,(abadiy) qoladi.63
SHu bilan birga, YUsuf Xos Hojib hamma el ishini xat izga solishi, yozuv tufayli barcha daromadlar qo‘lga kiritilishi, davlat boshqarilishi ham qalam bilan bo‘lishini ta’kidlaydi. SHoir kotib tilni, yozuvni buzsa, xo‘jasining boshini eydi yoki boshini olgudek bo‘ladi, deb aytish orqali kotibning mas’uliyati qanchalik katta ekanligini ko‘rsatadi. YUsuf Xos Hojib bunday fikrlarini quyidagicha bayon etadi:
Kotib ichimlik ichsa, bilimdan yanglishadi,
Bilimdan yanglishgan yozuvda xato qiladi.
Kotib kechasi ham kunduzi elda(bo‘lishi) kerak,
Qachon talab qilinsa, o‘sha paytda (bo‘lishi) kerak.
Bu ikki kishini odamlar orasidan tanlab ol,
So‘ng ularga bu ikki ishni bergin.
Biri – xati aniq kotib,
Biri – tili mavzun elchi.
YAqin-yovuqda yoki yot, begona (ellar)orasida,
Adovat sodir bo‘ladigan bo‘lsa, bulardan ko‘rgin.
Ish orqaga ketsa, shu ikki kishi tufayli ketadi,
Ishga rivoj bersa, shu ikki kishi beradi.
Biri – yozuvda so‘zdan yanglishganda,
Biri – tili bilan (shu) so‘zni tuzatsa.
Kotib bu yanglig‘ (bo‘lishi) kerak, ey elig,
Unga ishonsa, qo‘l bersa[ya’ni ish topshirsa] bo‘ladi.64
SHoirning mulohazasi, bir tomondan, kotib xulq-atvori uning xatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidlashi bilan diqqatga sazovor bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xat matni aniq va ravshan yozilmasa, so‘zni anglashda yanglishlik paydo bo‘lib, ko‘ngilsiz voqealarga sabab bo‘lishiga ham ishoradir.
Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat bilan birga qo‘lyozma nusxalarga bo‘lgan munosabatlar ancha rivoj topdi. SHohrux zamonida Hirot shahri davlatning siyosiy markaziga aylandi. SHohruxning o‘g‘li va ayni vaqtda vaziri Boysung‘ur mirzo nihoyatda noziktab’, adabiyot va san’at muxlisi, hunar ahlining jonkuyar homiysi edi. “Mirzo Ulug‘bek astronomiya va handasada o‘z davrida yagona bo‘lgani kabi Boysung‘ur mirzo she’r va xatda o‘z davrining eng mashhur kishisi edi”65.
Boysung‘ur mirzo Hirotda ulkan kutubxona ta’sis etadi. Kutubxonada 40 nafar etuk hunar egalari to‘planadi. Bular: xushnavis xattotlar, kitob tuzish uchun qog‘oz tayyorlovchilar, muqovasoz, ya’ni sahifalarni to‘plab kitob holiga keltiruvchilar, kitob ko‘chirilib, muqovalangach, sahifalarga surat chizuvchilar, oltinrang bilan naqshlovchilar, nodir kitoblarga charm yoki boshqa bir qimmatbaho matodan jild yasovchilar, to‘zigan kitoblarni qayta tiklovchilar, sahifalar hoshiyasi va yozuv oralariga oltin yoki kumush rang purkab bezatuvchilar kabi hunarmand kishilar edi. Boysung‘ur mirzoning o‘zi ham mohir xattot bo‘lib, u olti xil yozuvni mukammal bilgani, ayniqsa, suls yozuviga mohirligi haqida ma’lumotlar bor. Boysung‘ur mirzo kutubxonasida kitob ko‘chirish bilan birga qo‘lyozma nusxaning yig‘ma matnini tiklash ishlari ham olib borilgan. Boysung‘ur mirzo boshliq hunar egalari Firdavsiy “SHohnoma”sining turli qo‘lyozma nusxalarini to‘plab birinchi bor to‘liq va mukammal nusxada ko‘chiradilar. Mazkur qo‘lyozma Ja’far Tabriziy tomonidan 1425 –1430 yillari ko‘chirilib, musavvirlar uni yigirmata surat bilan tasvir etadilar. Boysung‘ur mirzo “SHohnoma”ning bu nusxasiga muqaddima yozadi va u adabiyot tarixida “Boysung‘ur muqaddimasi” nomi bilan mashhurdir. Mazkur “SHohnoma” va o‘sha davrda ko‘chirilgan “Kalila va Dimna”ning nodir nusxasi (unda 35 surat bor, 1460 yili ko‘chirilgan) ayni zamonada Tehrondagi Guliston saroyi muzeyida saqlanmoqda.66
Savol va topshiriqlar.
O’rta Osiyoda qaysi yozuvlar mavjud bo’lgan?
Mumtoz adabiy matnlarni eski o‘zbek yozuvidan joriy alifboga tabdili muammolari nimalardan iborat?
Qanday arab [at turlari mavjud?
Diyorimizda matbaachilik tarixi qachondan boshlangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |