muhrga o‘zlari uchun tumor va muqaddas sanalgan hayvonlar suratini solib
kamarlariga taqib yurganlar. Muhammad Payg‘ambar
qabilalarni islom diniga
da’vat qilib yuborgan nomalarida kumushdan yasalgan uzuk ko‘ziga o‘ydirilgan
muhrdan foydalanar ekanlar. Unda “Muhammad Rasululloh”, ya’ni ”Muhammad
Allohning payg‘ambari” deb yozilgan ekan. Muhrdagi yozuvlarni o‘qish muayyan
tajriba talab qiladi. Ba’zi muhrlarni yuqoridan pastga, ba’zilarini pastdan yuqoriga
qarab o‘qish lozim. Ayrim paytlarda muhr bezagi g‘oyasi, uzuk ko‘zi o‘lchovi,
hajmidan kelib chiqib,o‘rtada yozilgan so‘zdan yuqori va quyiga qarab o‘qish
lozim bo‘ladi.Har bir harfni o‘z o‘rniga qo‘yib chiqish ham murakkab vazifadir.
Muhrlar tarixiy manba sifatida ham fanga muayyan ma’lumot berishi
mumkin. Masalan, Samarqandning Bog‘ishamol qishlog‘ida
olib borilgan
arxeologik qazishmalar jarayonida topilgan bir uzukda ajoyib naqshlar orasida
kufiy xat bilan “Ali” so‘zi to‘rt marta yozilgan ekan. Agar shu harflar abjad bilan
raqamlarga aylantirilsa,440 raqami hosil bo‘ladi. Bu hijriy 440
yilni anglatadi
(milodiyga aylantirsak, 1048 yilga teng bo‘ladi). Ba’zi muhrlarda muhr egasi va
otasining ismi uchraydi. Bu o‘ziga xos shaxsni bildiruvchi
hujjat vazifasini ham
o‘tagan. Ayrim muhrlarda shaxs ismi va unga xos bo‘lgan ayrim unvonlar,
fazilatlar she’riy usulda ham keltirilgan.
Muhr egalarining o‘z davri,jamiyatda tutgan mavqei,obro‘-e’tiborlari haqida
muayyan ma’lumotlarni aynan shunday muhrlar orqali tiklash mumkin. Alisher
Navoiy Amir kabir lavozimiga tayinlanganda olim va fozillar ta’rixlar
yozganliklari haqida tarixchi Xondamir batafsil ma’lumot bergan. Navoiyning o‘zi
bu haqda shunday keltiradi: “Bu faqirga podshoh muhr
taklif qilganda Mavlono
Burhoniddin ta’rix aytib erdikim, bag‘oyat xo‘b voqea bo‘lub erdi. Ammo chun
faqirning ta’rifiga nafsilamrda g‘ayri voqedir (ya’ni mubolag‘adir),
lozim kelur
erdi, bitilmadi (ya’ni keltirmadim)
114
. Buyuk mutafakkir eslatgan ushbu ta’rix
Xondamir tomonidan to‘liq berilgan va bevosita muhr bilan bog‘liq bo‘lgani uchun
quyida keltirib o‘tamiz
Miri falak janobi Alisher k-az sharaf,
Ojiz buvad z-darki kamoloti o‘ xirad.
Devon neshast oxiri sha’bon ba dodu adl,
Az lutfi shohi odil va l-haq chunin sazad.
Chun muhr zad ba davlati sultoni ro‘zgor,
Ta’rix shud haminki “Alisher muhr zad”
115
(Falak amiri janob Alisherning
shunchalik sharafliligidan, aql uning kamoloti ko‘lamini idrok etishdan ojiz qoldi.
Sha’bon oyining oxirlarida adolatparvarlik uchun devonga o‘tirdi. Odil va
haqparvar shohning lutfi shuni loyiq topdi. Zamona
sultoni davlatiga muhr
bosganligi sababidan “Alisher muhr urdi” bunga ta’rix bo‘ldi.)
Bu qit’ada “Alisher muhr zad” jumlasi ta’rix moddasidir. Ularni raqamlarga
aylantiramiz:
114
Мажолис, 121-б.
115
Xulosat ul-axbor
Demak, hijriy 876 yilda Alisher Navoiy amiri kabir bo‘lgan ekan. Endi
hijriyni milodiyga aylantirsak, 1471 yil hosil bo‘ladi. Sha’bon oyi (9-mart –
6-aprel) oxirida ro‘y bergani haqidagi eslatmaga asosan, yil taqvimiga nazar
tashlasak, 1472 yilning aprel oyining boshiga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: