42
Yaxshi xunuk libos bilan ham yaxshi. Ahmoq og‘asini tanimas,
To‘qmoq tog‘asini tanimas.
Sukut (yoki
jim qolish
) deb, «so‘z yoki so‘zlar guruhining gap oxirida
tushirib qoldirilishi»ga aytiladi.
43
Adabiyotlarda sukut ellipsisning bir
ko‘rinishi sifatida talqin qilinadi. Bu usuldan badiiy matnda quyidagi
maqsadlarda foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin: 1.Qahramon
nutqining biror - bir sabab bilan uzilishi va tugallanmay qolganligini
ifodalashda:
- Bu tuproq… Oqposhsho gapini topolmay qoldi. Ketiga
qayrilib qaraydi.
(T.Murod). 2.Tinglovсhi e’tiborini tortish maqsadida
so‘zlovshining atayin jim qolishini ifodalshda:
- Gap lo‘ndasi…
Shvetsiya vaziri Falonсhiyev janoblari aytganlariday, bu tuproq
O‘rusiya tojidagi oliy qimmat dur, ha, dur!
(T.Murod). 3.
Qahramonning ma’lum muddat o‘ylanib qolganligini ifodalashda:
-
O‘zi … poshsho kattami, vazir kattami?
(T.Murod).
– Bolalarim… -
deydi. Oppoq soch odam lablarini cho‘chchaytirib-cho‘chchaytirib
o‘ylab qoladi. – Bolalarim… – deydi. – Men sizlarni bola
deyishgayam tilim bormayapti. Sizlar kattalar hayotini boshdan
kechiryapsiz.
(T.Murod).
Odatda, qahramonning sukuti (jim qolishi) ko‘p
nuqta bilan
belgilanadi. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, ko‘p nuqta bilan
tugallangan hamma gaplar ham sukutga misol bo‘lavermaydi.
Ba’zan muallifning o‘zi qahramonning jim qolishi va uning sababini
bayon qiladi. Bunday vaziyatda ekspressiv
effekt sezilarsiz darajaga
tushadi:
Xotini nima desa “yo‘q” deydigan so‘fi bu safar birdaniga
“yo‘q” demasdan, xayolga ketdi. Sukut uzoqqa cho‘zilgandan keyin
Qurvonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra bilan: - Nimaga
indamaysiz? Xo‘p deng! Katta odam, uyat bo‘ladi. Bir yaxshi
xotinlari, bir otincha qizlari borki…
(Cho‘lpon).
Gradatsiya (lot. gradatio – zinapoya, bosqichma bosqich
kuchaytirish) Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini
kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.
44
Badiiy
adabiyotda
holatlarni, tuyg‘u va kеchinmalarni qiyoslashda, his-hayajonlar
junbushini to‘liq ifodalashda gradatsiya usulidan foydalaniladi.
Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko‘ra turlicha tasnif qilinadi:
mohiyatiga ko‘ra: ko‘tariluvchi gradatsiya va pasayuvshi gradatsiya;
43
Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари.-Тошкент, «Ўқитувчи»,
1992, 113-бет.
44
Қаранг: Ҳожиев А. Ўша асар, 31-бет, Бобоев Т, Бобоева З. Ўша асар, 90-бет, Мамазияев А. Ўша асар,
16-бет.
43
ifoda usuliga ko‘ra:
mantiqiy, emotsional va miqdoriy gradatsiya;
ifoda matеrialiga ko‘ra: lеksik gradatsiya va sintaktik gradatsiya.
Mеn nadomatlarni unutganman. Mеn mеros
dovlamayman. Mеn molparast ham emasman
.
Do'stlaringiz bilan baham: