Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
Bir oz vaqt o‘tgach, eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi. Ayol borib eshigni ochdi. Ozg‘in, qoshlari chimirilgan, sarg‘imtir tusli, yoshi yigirmani qoralab qolgan qiz bilan kata yoshli bir juvon kirib keldi. Ular bir-birlariga ancha tikilib turib qolishdi. So‘ng ayol uzini juvonning bag‘riga otdi, bir oz yig‘lab olishgandan keyin so‘rashish navbati qizga keldi.
Matndagi imloviy va ishoraviy xatolarni toping:
Opa singillarning o‘zaro munosabati meni qizigtirardi. Mana, hozir necha yillardan beri ko‘rishmagan egachilar yana qancha ko‘z yoshi qilib olishsa kerak, deb o‘yladim. Biroq qiz “Salom”, deb ayolning yonidan beparvo o‘tdi-yu, ularga peshvoz chiqqan pochchasiga erinibgina qo‘l cho‘zib qo‘ya qoldi. Eshikdan urishib turtishib kelgan qizlar o‘zlarini holajonining quchog‘iga otishdi, begonasirashmadiyam. Ammo ularni erkalab, o‘pib qo‘yish u yoqda tursin, “Boringlar, tashqarida o‘ynanglar!” deyishdan nariga o‘tmadi. Men tomongaku, aqalli nazar ham tashlab qo‘ymadi. Ana holos!
Do'stlaringiz bilan baham: |