“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Download 1,35 Mb.
bet15/80
Sana24.04.2022
Hajmi1,35 Mb.
#578219
TuriУчебное пособие
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI

6. Buyruq mazmunli matnlar (Le texte injonctif – injonktiv matn). Buyruq hamda maslahat ohangi etakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta’qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi. Asosan qahramonlar nutqida kuzatiladi. Lekin muallif nutqida maslahat yoki tavsiya ma’nosida qo‘llanilishi ham ma’lum. Masalan:
Odat. Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, xayron bo‘lmang. Bo‘yinbog‘ingizni echishga ko‘maklashish bahonasida yoqangizni hidlab ko‘rsa, hayron bo‘lmang. Majlisda nima masala ko‘rilganini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Kimning yonida o‘tirganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Telefoningiz rangi qanaqaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Necha kishi qo‘ng‘iroq qilganini so‘rasa hayron bo‘lmang. Qaerda tushlik qilganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Bufet nechanchi qavatdaligini so‘rasa, hayron bo‘lmang. Nima ovqat eganingizni so‘rasa, hayron bo‘lmang. Sizga choyni qaysi qo‘li bilan uzatganini so‘rasa, hayron bo‘lmang! Boringki, oftob qaysi tomondan chiqqanini so‘rasayam hayron bo‘lmang. Qiziquvchanlik – ayolning tabiiy odati! (O‘.Hoshimov)
***
Buzilgan nikoh. Uyni qonuniy bo‘lashdingiz… Mol-mulkni qonuniy bo‘lashdingiz… Muhabbat bo‘laklandi… Sadoqat bo‘laklandi… Bola-chi? Bolani qaysi qonun bilan bo‘lashasiz? Onasi bilan bo‘lsa, otasiz qolsa. Otasi bilan bo‘lsa, onasiz qolsa… Yaxshisi, uniyam ikkiga bo‘ling! Bir nimtasi-eriga! Bir nimtasi-xotinga! Qani ko‘taring boltani, bolaning uvoli tutgurlar! (O‘.Hoshimov)
***
Tiriklar va o‘liklar. Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. Ajdodlaringiz boshida turib o‘tganlar ruhini xotirlaysiz… Keyin… o‘z yumushingiz bilan ketasiz.
Shoshilmang. Dunyo ishi bitganmas… Iloji bo‘lsa, qabristonni osoyishta aylaning. Shunda… g‘alati holat ro‘y beradi. Marhumlar sizga ko‘-o‘-o‘p narsalar aytadi…
Ishoning, o‘liklar tiriklardan ko‘ra teranroq fikrlaydi… (O‘.Hoshimov)
7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matnlar). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o‘ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.
Erta bahor – cheksiz sog‘inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh tortgan isyonkor tomchilar yomg‘ir bo‘lib to‘kilmoqda. YOmg‘irning daraxtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig‘ilganey-yig‘ilgan. Xo‘ngrab-xo‘ngrab, bo‘zlab-bo‘zlab dil rozini aytayotgan erta bahor buluti aslida osmon dardidan so‘z ochishga botingan asov g‘alayon. Nish urmish kurtakka nasib etgan yomg‘ir tomchisi ko‘kning beqiyos ehtirosi parchasi. YOmg‘ir «shiviri» umidlarga to‘la daraxt ta’zimiga kutilmaganda duch kelsa, bu ajib bir shoyonlik tavalludi. Aslida bu «shivir-shivirlar» rishta xolos. Aslida ulkan osmonning jajji zaminga aytadigan dardi ko‘p-ey... Zamin esa dil izhorini minnatdor tinglar ekan, jajji daraxtlari, endi unajak o‘t-o‘lani-yu, chambar gullari-la ta’zim etadi.
Eru-osmon, daraxtu yomg‘ir, nish urish orzusidagi kurtagu, unga lab tegizgan tomchi, ko‘kdagi bulutdan barqini kutgan maysalar, chechaklar yamoqchi sog‘inch dardida butun bo‘ladilar endi. Bilaman, zamin-u falak visoli xayoliy ufqdagina namoyon. Bilaman... Ammo... Qalbim zulflariga urilgan shivir-shivirlarni sezmaslikni eplay olmayapman. Sog‘inch – umrim yamog‘i... (Y.Akram)102
Biror bir badiiy matnda sanab o‘tilgan matn tiplarining hammasi yoki ayrimlari ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Yohud butun boshli asar yuqorida zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida shakllangan bo‘lishi ham mumkin.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish