7
boshqa tabiati haqida xukm chiqarish uchun kuzatish va o‘lchash mumkin bo‘lgan
tabiati. Volatillik, o‘zgaruvchanlik (ingl. volatility) — gnarxni o‘zgaruvchanligini
xarakterlaydigan statistik moliyaviy ko‘rsatkich. Berilgan vaqt oralig‘ida moliyaviy
qurolni foydalanishning xavfxatar o‘lchovini ifodalaydigan moliyaviy xavf-xatarni
boshqarishda muhim moliyaviy ko‘rsatgich va tushunchadir. portfellarni, vizuallash
va kotirovkalardagi bog‘liqlarni izlashda zurur bo‘ladi. Funksiyalarning ushbu
guruhiga vaqtli qatorlarning kuchli uskunasi bo‘lgan Neural Network Toolbox
(neyron tarmoqning uskunalar to‘plami)ni ham kiritish mumkin. 5. Moliyaviy
funksiyalarning maxsus paketlari (Toolboxes): Econometrics (ekonometriya).
Volatillikni oldindan aytishda dolzarb bo‘lishi mumkin; Financial (moliyaviy):
kotirovkalarni qayta ishlash, texnik tahlil, zayomli qog‘ozlar, portfelni maqbullash,
opsion66)lar; Financial Derivative (moliyaviy hosilalar): unumdor uskunalar uchun
ilgarilangan funksiyalar (ekzotik opsionlar, foyzli stavkalarga opsionlar va hokazo);
Fixed Income (belgilangan foyda): belgilangan foydaga ega bo‘lgan
uskunalar,
masalan, zayom qog‘ozlar, pul bilan ta’minlangan ipotekali kreditlarni va boshqalar
uchun ilgarilangan funksiyalar. Shuningdek, textahlil tarafdorlari uchun sonli filtrlar
asosida Texnik Tahlil indikatorlarni ishlab chiqish uchun Filter Design Toolbox
kerak bo‘lib qolishi mumkin. Bu “fanhajmli” textahlilda ancha ommalashgan
yo‘nalishdir. MatLabda fuksiyalarning qulay muharriri mavjud. U yordamida
ko‘plab masalalarni yechishda foydalaniladigan o‘rnatilgan funksiyalarni
foydalanuvchining funksiyalarining butun bloklariga kombinatsiyalab yetarlicha
avtomatlashtirish mumkin. Xatto ushbu funksiyalarga odatdagi oynali-tugmalik
stildagi Windows uchun grafik interfeys yaratish imkoniyati mavjud.
MatLab tili
berilganlar tarkibi matritsalariga asoslangan funksiyalarning keng spektri, ishlab
chiqish integrallangan muhiti, ob’ektga yo‘naltirilgan imkoniyatlar va boshqa
dasturlash tilida yozilgan dasturlar uchun interfeyslarni o‘ziga qamrab olgan yuqori
darajada interpretatsiyalanadigan dasturlash tilidan iborat. MatLabda yozilgan
dasturlar: funksiyalar va skriptlar kabi ikki turda bo‘ladilar. Funksiyalar kirish va
chiqish
argumentlariga, shuningdek hisoblashlarning oraliq natijalarini va
o‘zgaruvchilarni saqlash uchun shaxsiy ishchi fazoga ega. Skript67lar esa, umumiy
ishchi fazodan foydalanadilar. Skriptlar ham, funksiyalar ham mashina kodiga
kompilyatsiya qilinmaydilar va matnlik fayllar ko‘rinishida saqlanadilar va mashina
kodiga dinamik ravishda kompilyatsiyalanadi. Shuningdek, pre-parsed dasturlar deb
ataluvchi dasturlar –Opsiо́n (lot. optio — tanlash, xohish, ixtiyor) — u bo‘yicha
opsion xaridori (bazaviy faolni – mol, qimmatli qog‘ozni salohiyatli xaridori yoki
salohiyatli sotuvchisi), ushbu faolni shartnomada aniqlangan vaqtda kelajakda yoki
aniq vaqt oralig‘i davomida avvaldan kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish
huquqini oladigan shartnoma, lekin majburiyat emas. Bunda opsion sotuvchisi mos
8
ravishda faolni sotish yoki shartlarga mos ravishda opsion xaridoridan harid qilish
majburiyatiga ega bo‘ladi. Opsion — bu unumdor moliyaviy uskunalardan biridir.
Odatda sotishga opsionlar (put option), xarid kilishga opsionlar (call option) va ikki
tomonlama opsionlar (double option)ni ajratishadi. Skript (ingl. Script so‘zi
lotinchada «Scriptum» - yozuv, matn ) – bu odatda, internet - sayt yoki ilova zarurati
uchun yozilgan katta bo‘lmagan dastur. Mashina bajarishi uchun qulay ko‘rinishga
qayta ishlangan funksiyalar va skriptlar mavjud. Umumiy holda bunday dasturlar,
agar funksiya grafik yasash buyrug‘iga ega bo‘lsa, u holda odatdagilarga qaraganda
tezroq bajariladi. MatLabning asosiy xususiyatlaridan biri – uning yaratuvchilari
“vektorli o‘yla” (ingl. Think vectorized) shiorida ifodalagan
matritsalar bilan
ishlashning keng imkoniyatligidir. MatLab foydalanuvchi uchun qariyib
matematikaning barcha sohalarini qamrab olgan, berilganlarni tahlil qilish uchun
katta sondagi (bir necha yuz) funksiyalarni taqdim etadi, xususan: matritsalar va
chiziqli algebra — matritsalar algebrasi, chiziqli tenglamalar, xususiy qiymatlar va
vektorlar, singulyarlik, matritsalarni faktorizatsiya qilish va hokazo; ko‘p hadlar va
interpolyatsiya — ko‘p hadlarning ildizlari. Ko‘phadlar ustida amallar va ularni
differensallash, egri chiziqlarni interpolyatsiyalash va ekstrapolyatsiyalash va
boshqalar; matematik statistika va berilganlar tahlili— statistik funksiyalar, statistik
regressiya, sonli filtratsiya, tezkor Fure o‘zgartirishlari va boshqalar; berilganlarni
qayta ishlash — maxsus funksiyalar to‘plami,
shu jumladan, grafiklar yasash,
maqbullashtirish, nollarni izlash, sonli integrallash (kvadraturalarda) va boshqalar;
differensial tenglamalar — differensial tenglamalarni va differensial-algebraik
tenglamalarni, kechikuvchi argumentli differensial tenglamalarni, chegaralarga ega
bo‘lgan tenglamalarni, xususiy hosilali tenglamalarni va boshqalarni yechish;
xosmas (razrejennыe) matritsalar — maxsuslashtirilgan ilovalarda foydalaniladigan
MatLab paketining berilganlarining maxsus sinfi. butun sonli arifmetika — MatLab
muhitida butun sonli arifmetikaning amallarini bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: