Avstraliya shimoldan janubga 3200 km, gʻarbdan sharqqa 4100 km choʻzilgan, maydoni 7 mln 659 ming km² . Avstraliya yaqinida shimolda Melvill, Baturst, Grut-Aylend va boshqa mayda orollar, janubda materik sayozligida joylashgan Tasmaniya, King, Flinders va Kenguru kabi orollari mavjud. DerkXartog oroli gʻarbdagi, Frezer oroli esa sharqdagi eng yirik orollar hisoblanadi. Avstraliyani Hind va Tinch okeanlari suvi yuvib turadi va Avstraliya boshqa hech bir materik bilan quruqlik orqali bogʻlanmagan. Shu sababli va uning kichikligini nazarda tutib Avstraliyani “Materik orol” deb ham ataladi. Avstraliya materigini shimol tomondan epi kontinental (materik yoni) Ti mor va Arafur dengizlari, shuningdek Karpentariya qoʻltigʻi oʻrab turadi. Materikning Hind okeani suvi yuvib turadigan gʻarbiy va shimoliy sohillari boʻylab dengiz sayozligi polosasi choʻzilgan. Avstraliyani sharq tomondan Marjon, Tasman dengizlari oʻragan, ular okean tipiga yoki oraliq tipga kiruvchi chuqur botiq havzalardan iborat boʻlib, katta (5000 m dan ortiq) chuqurliklarga ega. Suv osti 60 koʻtarilmalari bilan boʻlingan Fiji, Yangi Kaledoniya botiqlari va boshqalar ham juda chuqur. Tektonik harakatlar Yer qaʼrida sodir boʻlgan jarayonlar natijasida vujudga kelgan Yer poʻsti harakatlari; Yer poʻsti va asosan Yer mantiyasidati kuchlar taʼsirida sodir boʻlib, poʻstni tashkil etgan jinslarni deformatsiyaga olib keladi. Tektonik harakatlar, odatda, deformatsiyaga uchragan togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi, fazaviy holati (mineral tarkibi) va ichki strukturasining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Tektonik harakatlar bir vaqtning oʻzida juda katta maydonni oʻz ichiga oladi. Geodezik oʻlchashlarning koʻrsatishicha, butun Yer yuzasi uzluksiz harakatda boʻladi, lekin Tektonik harakatlar tezligi katta emas: yiliga 0,01 mm dan 0,1 mm gacha yetadi. Bu harakatlar juda uzoq geologik vaqt (oʻnlab — yuzlab mln. yil) davom etib, toʻplanishi natijasida Yer poʻstining ayrim qismlarida yirik siljishlar roʻy beradi. Amerikalik geolog G. Gilbert (1890) Tektonikani epeyrogenik (Yer yuzida katta maydonlarning uzoq vaqt koʻtarilishi va choʻkishi) vaorogenik (muayyan zonalarda burmalar hosil boʻlib, togʻ tizmalarining shakllanishi) harakatlarga boʻlishni taklif etdi, nemis geologi X. Shtille (1919) bu tasnifni rivojlantirdi. Uning asosiy kamchiligi oʻzaro farq qiluvchi 2 xil jarayon — burma va uzilma hosil boʻlishi bilan togʻ hosil boʻlishini yagona orogenez tushunchasi bilan izohlanishidir. Shu tufayli boshqa tasniflar taklif etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |