«materialshunoslik»


Noto‘qima matolarni ishlab chiqarish usullari



Download 4,24 Mb.
bet68/120
Sana29.12.2021
Hajmi4,24 Mb.
#79439
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120
Bog'liq
Oy

Noto‘qima matolarni ishlab chiqarish usullari. Noto‘qima matolar asosan uch xil usulda: mexanikaviy, fizik-kimyoviy va aralash usullarda ishlab chiqariladi (5.1- rasm).

Rasmdan ko‘rinadiki, mexanikaviy usul o‘z navbatida to‘qish-qavish hamda ignalar yordamida tolalarni bir-biriga biriktirish turiga; to‘qish-qavish turi bilan olinadigan noto‘qima matolar esa tolalar o‘ramini, iplarni va tolalarni gazlamalar bilan bir-biriga biriktirish xillariga bo‘linar ekan.

Fizika-kimyoviy usulda noto‘qima matolar ishlab chiqarish asosan tolalarni bir-biriga yelimlar bilan biriktirish hamda suyuq holdagi kimyoviy eritmani purkash yo‘li bilan olishga asoslangan.

Aralash usulda noto‘qima matolar ishlab chiqarish, tolalar o‘ramiga asoslangan yoki biriktiruvchi kimyoviy moddalarni singdirish hamda ayrim hollarda ignalar yordamida tolalarni bir-biriga biriktirishni qo‘llashga asoslangan.

Kiyimlar uchun ishlatiluvchi noto‘qima matolarning asosiysi, tolalar o‘ramini qavish asosida olinadiganlaridir. Bu mato tabiiy va kimyoviy tolalar yoki ularning aralashmasidan, dastlab ayrim xas-cho‘plardan tozalanib, so‘ng savash va tarash jarayonlariga yuboriladi. Natijada tolalari bir-biriga parallel yotgan tolalar o‘rami (vatka) hosil bo‘ladi. Matoni bo‘ylamasiga va ko‘ndalangiga bir xilda xususiyatli bo‘lishini ta’minlash uchun, tayorlangan tolalar o‘rami o‘zgartgichga kelib tushadi (5.2-rasm).














5.1- rasm. Noto‘qima matolar ishlab chiqarish usullari.










5.2 - rasm. ACHVSH agregati o‘zgartgichining texnologiya shakli.

1- tola; 2- yuqori tashigich; 3- oraliq tashigich; 4- pastki tashigich; 5- ko‘ndalang tashigich; 6-

mato.


Bu yerda tolalar o‘rami ustma-ust taxlanib, birinchi qavatdagi parallel tolalar matoning bo‘yiga qarab, ikkinchisi esa eniga qarab va hokazo yotadi. Natijada olinadigan noto‘qima matoning xususiyati bo‘yiga ham eniga ham bir-biriga yaqin bo‘lishligi ta’minlanadi.

Barcha turdagi agregatlarda taralgan tolaning o‘zgartgichi bir xil bo‘ladi, faqatgina, ularning o‘lchamlari va ayrim kichik hajmdagi qismlari bilangina farq

qiladi.

Savash-tarash mashinasida tayyorlangan tolalar o‘rami ko‘p ignali mashinada zanjirsimon baxyaqator bilan qavish asosida olinadi. Bu mashina tolalarni-savab-tarab, uning o‘ramini hosil qiluvchi mashina bilan yagona agregatga biriktirilgan. Shuning uchun ham tarash-qavish agregati deyiladi. Zanjirsimon baxyaqator bilan qavish mashinasining ishlash usuli 5.3-rasmda ko‘rsatilgan.







5.3- rasm. Zanjirsimon baxyaqator bilan qaviydigan mashina shakli.

Tolalar o‘rami (1) tashigich (2) orqali tayanch stoliga (3) keltiriladi. Bu yerda yuqori stol (9) orqali qisilib, tolalar o‘rami ignalar (7) bilan qaviladi. Igna (7) ipni (6) g‘altakdan (5) chiqarib, o‘zi bilan tortadi. Tayyor qavilgan noto‘qima mato (8) turmaklanadi yoki erkin holda to‘plagichga yig‘iladi.

5.3-rasmda bitta ignaning ishlashi ko‘rsatilgan. Aslida qavish mashinalarida bunday ignalar noto‘qima matoning eniga, qaviqlarning zichligiga qarab 180 tadan 360 tagacha bo‘lishi mumkin. Ular bir-biridan ma’lum masofada (matoning eni bo‘yicha) joylashgan bo‘lib, mashinaning har bir davr ishida matoning eni bo‘yicha siljishi mumkin. Bunday siljish bilan, belgilangan tartibdagi, xuddi bo‘ylamasiga to‘qiydigan trikotaj mashinasining o‘rilishining tuzilishiday qaviqlarni hosil qiladi.




Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish