Jun tolasining rivojlanishi va xossalari. Xar kanday jonivor sirtda usuvchi tolani tuk yoki soch deb ataladi. Birok jun sanoatida soch yoki tuk deb jonvorlar sirtidan qirqiladigan eng dag‘al tolalar (ot, mol yoki qo‘y junining eng dag‘al ulik tolalari) tushuniladi.
1.12- rasm. Xayvonlar terisida junning joylanishi.
a-tola surgichi; b- tola asosi; v- tola ildizi; g - tola tanasi; ye - ter okimini chikaruvchi
kism.
Hayvonlar terisidagi tuk koplamasi ularning embrionlik davridanoq rivojlanib boradi. Jun usuvchi joy terining sirtida bir oz chukurlashgan xolda bo‘lib, bu joyni tola surgichi deb yuritiladi (1.12- rasm, a), junning pastki kismi, ya’ni tola surgichini urab turuvchi kismi tola asosi deb ataladi (b). Tola asosidagi xujayralar surgichdan oziklanib usa boshlaydi va tola xosil kiladi. Junning teri ichida turgan kolgan kismi uning ildizi deb yuritiladi (v), teri sirtida joylashgan kismi esa (g) uning tanasi xisoblanadi.
Qo‘y terisining 1 sm.kv. maydoniga tugri keluvchi jun tolasining soni, qo‘yning turiga qarab, 1600 dan 12000 tagacha tugri keladi . Dag‘al junli qo‘ylarda mayin junli qo‘ylardagiga nisbatan 1 sm.kv. maydonga tugri keluvchi tolalar soni kam bo‘ladi.
Terining yog bezlari (d) yog ishlab chikaradi va u tuklarni moylab turadi xamda atmosfera va boshka narsalar ta’siridan saklaydi. Terining eng ustida kismida ter okimini chikaruvchi kism (ye) mavjud. Ter yog bilan birikib, mumsimon yogli ter moddasi xosil kiladi va u tuk sirtini yupka xolda koplaydi.
Yogli terdan xosil bulgan ingichka junsimon tola xam uchrab turadi.
Bu turdagi jun tez ifloslanuvchi xisoblanadi, chunki unga chang, kum , tuprok va shunga uxshash narsalar kup yopishadi.
Agar jun mikdorida yogli ter mikdori kachalik kup bulsa, jun ogirlashib boradi, undan yuvilgan toza jun chikish mikdori kam bo‘ladi, yuvish vositalari va mexnat kup sarflanadi. Birok yogli-ter jun tolasini xul bulishidan, xavodan namlanishidan xamda gungdan ajralib chikuvchi ammiak ta’siridan saklaydi.
Yog‘li-ter moddasi jun tolalarini bir nechasini tutamlab biriktirib, shtapel xosil kiladi. Yogli ter moddasi kam bulgan jun tolasining tuzilishi kuruk, uzining tabiiy rangini saklashga kobiliyatsiz bo‘ladi.
Hayvonlar o‘z junlarini tabiiy tashlaganda bu junlar oziklanolmaydi, ularning asosi uladi. Keyinchalik eski joyda
Oziklanish boshlangandan sung surgich atrofidan yangi jun usib chikadi va eskisini tushirib yuboradi.
Bunday jarayonni jun tukilish jarayoni deb ataladi. Baxordagi tabiiy xolda jun tukilish, yovvoyi xayvonlar uchun ot, ayrim turdagi echki va dag‘al junli qo‘ylar uchun xos bulgan jarayondir.
Mayin junli qo‘ylaming junini tukilishi mavsumiy emas, balki yil davomida yetarlicha oziklanmaganligi va kasallanganligi uchun sodir bo‘ladi.
Jun tolasi xam boshka turdagi tukimachilik tolalari kabi yugonligi, uzunligi, pishikligi, chuziluvchanligi, jingalakligi, zichligi egiluvchan va ilashuvchanligi, rangi va yaltirokligi, elektrlanish xususiyati, issiklik utkazuvchanligi, ishkalanuvchanligi kabi fizika-mexanika xossalariga; yigiriluvchanligi shirdalinuvchanlik (valkosposobnost) kabi texnologiya xossalariga; javxar, ishkor, suv, issik xavo, yongin, kuyosh nuri ta’siriga chidamlilik kabi kimyoviy xossalarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |