«materialshunoslik»Paxta Yo‘g‘onligi ingichkaligi
Oy
1.3- jadval Tolalar ko‘ndalang kesimining o‘rtacha o‘lchami 15 - 25 mkm. Tolalaming pishiqligi, ularning pishganlik darajasiga bog‘liq. Paxta tolasi oldin 30-40 kun davomida uzunasiga o‘sadi, keyin 50-70 kun mobaynida fotosintez ta’sirida sellyuloza miqdori to‘la boshlaydi. Pishgan pishmaganligiga qarab tolalar quyidagi koeffitsiyentlarga bo‘linadi: 0,0 , 0,5 , 1,5 , 2,0 , 2,5 , 3,0 , 4,0 , 4,5 , 5,0 (1.4-rasm ). 1.4-rasm. Tolalarning pishiqlik koeffitsiyentlari Pishiqlik kN bilan o‘lchanadi. Pishib yetilgan tola uchun o‘rtacha uzilish kuchi 5 kN, nisbiy uzilish kuchi 27-36 kN/teks, tolalarning uzilishdagi to‘liq uzayishi 7-8 foiz. To‘liq uzayishning taxminan 50 foiz ini plastik deformatsiya tashkil qiladi. Shuning uchun ip gazlamalar ancha g‘ijimlanuvchan bo‘ladi. Paxtaning namligi namlikka, havo haroratiga va ifloslanganlik darajasiga bog‘liq. Normal sharoitda (harorat 20° S, havoning nisbiy namligi 65 foiz) pishgan tolalarning namligi 8-9 foiz bo‘ladi. Havoning nisbiy namligi oshgan sari, paxtaning namligi ham oshadi va havoning namligi 100 foiz bo‘lganda tola namligi 20 foiz ga yetadi. Paxtaga kislota va ishqorlar ta’sir etadi. Paxta kislotaga chidamsiz. U hatto suyultirilgan kislotalar ta’sirida ham yemiriladi. Kislotlar uzoq ta’sir qilib turgan ip gazlama ko‘rigidan keyin pishiqligi shunchalik pasayib ketadiki, hatto papiros qog‘ozidek yirtilib ketaveradi. Konsentratsiyalangan sulfat kislota tolani ko‘mirga aylantiradi. Sovuq o‘yuvchi ishqorlar tolalarni shishiradi. Ularning buramdorligi yo‘qoladi, sirti silliqlashadi, ipakka o‘xshab tovlanadi, pishiqligi oshadi, bo‘yaluvchanligi yaxshilanadi. Gazlamalarga maxsus pardoz berishda, ya’ni merserizatsiyalashda bu xossadan foydalaniladi. Qaynoq o‘yuvchi ishqorlar, havo kislorodi ishtirokida paxta sellyulozasini oksidlantiradi va tolalarning pishiqligini pasaytiradi. Mis-ammiak reaktivi, ya’ni mis gidroksidning navshadil spirtdagi eritmasi ta’sirida paxta tolalari eriydi. Agar hosil bo‘lgan eritmaga suv qo‘shilsa, navshadil spirtning konsentratsiyasi pasayadi va sellyuloza vazni kolloid eritma tarzida cho‘kadi. Paxta sellyulozasining mis-ammiak reaktivida erish va so‘ngra eritmadan ajralish xossasidan mis-ammiak tolalarini olishda foydalaniladi. Kimyoviy tozalashda qo‘llaniladigan organik erituvchilar paxtaga ta’sir qilmaydi. 1.4- jadval Barcha organik tolalar kabi paxta ham yorug‘lik ta’sirida pishiqligini asta- sekin yo‘qotadi. Quyosh nuri 240 soat ta’sir qilib turganda, tolalarning pishiqligi 50 foiz pasayadi. 150°S haroratda quruq paxta tolalarning xossalari o‘zgarmaydi, harorat oshgan sari sarg‘ayadi, so‘ngra 250°S da ko‘mirga aylanadi. Paxta tolalari sarg‘ish alanga bo‘lib yonadi va to‘liq yonib, kulrang kul hosil qiladi. Tolalar qo‘ydirilganda ulardan qo‘ygan qog‘oz xidi qeladi4. Chigitli paxtani dastlabki ishlash paxta zavodlarida bajariladi. Paxta zavodining asosiy vazifasi qabul qilingan chigitli paxtadan, uning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda yuqori sifatli tola, momiq, kalta momiq, va chigit ishlab chiqarishdan iborat. Paxtani dastlabki ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni qayta tozalab, tolalarni ajratib olish va urug‘li chigitlarni tozalab, dorilab ekishga tayyorlash kabi vazifalarni bajariladi. Chigitli paxtaning tolasini ajratish uchun ikki xil usulda ishlaydigan tola ajratgich mashinalaridan foydalaniladi. Arrali tola ajratgich, - arrali jin deb ataladi. Bu mashinalarda o‘rta tolali paxta ishlanadi. Marzali tola ajratgich, marzali jin deb ataladi. Chigitli paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
Chigitli paxtani quritish na tozalash; Chigitli paxtadan tolasini ajratish; Ajratilgan tolani tozalash; Chigitdan momiq va kalta momiq, tolani ajratish; Momiq va ajratilgan chiqindilarni tozalash; Tola, momiq va tola chiqidilarni toylash. Download 4,24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |