Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi



Download 8,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/187
Sana31.03.2022
Hajmi8,9 Mb.
#521786
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   187
Bog'liq
yunalishga kirish

 
Nazorat savollari 
1.
Temirning qotishmalariga nimalar kiradi?
2.
CHo’yanlar deb nimaga aytiladi?
3.
Kulrang cho’yanlar haqida ma’lumot bering. 
4.
Bolg’alanuvchan cho’yanlar qanday bo’ladi?
5.
Juda puxta cho’yanlar haqida ma’lumot bering. 
6.
Maxsus legirlangan cho’yanlar haqida nimalarni bilasiz. 
8- mavzu. Po’latlar va ularning qo’llanilishi 
Reja: 
 
1.
Temir asosli qotishmalar
2.
Po’latlar
3.
Oddiy sifatli po’latlar.
4.
Sifatli po’latlar.
5.
Avtomat po’latlar. 
6.
Uglerodli asbobsozlik po’latlari. 
Tayanch iboralar: po’lat, cho’yan. yuqori uglerodli po’lat, o’rta uglerodli, kam 
uglerodli, yuqori legirlangan, o’rta legirlangan, kam legirlangan, oddiy sifatli po’lat, sifatli 
po’lat, o’ta yuqori sifatli po’lat,
a
vtomat po’latlar, uglerodli asbobsozlik po’latlari..
Tarkibida uglerod miqdori ko’p bo’lmagan po’latlar sanoatda katta miqdorda ishlab 
chiqariladi. Po’lat tarkibida uglerod miqdori 1,7 foizdan oshganda uning qattiqligi yuqori 
darajada oshib, oqibatda u mo’rt bo’lib qoladi. 
Sanoatda ishlatiladigan po’latlar kimyoviy tarkibi jihatidan murakkab bo’lgan 
qotishmalardir. Ularning tarkibida temir bilan ugleroddan tashqari, marganets, kremniy, 
oltingugurt, fosfor, kislorod, azot, vodorod, xrom, nikel, mis va boshqa elementlar ham mavjud 
bo’ladi. Uglerodli po’latlar ishlatilishiga ko’ra ikki guruhga: konstruktsion va asbobsozlik 
po’latlariga bo’linadi. Konstruktsion po’latlar tarkibida 0,02 dan 0,8 

gacha uglerod bo’ladi. 
Bunday po’latlar mashina va agregat detallari, qurilish konstruktsiyalari, temiryul transporti 
vositalari, rels, quvur, sim va boshqa buyumlar ishlab chiqarish uchun asosiy material 
hisoblanadi. Uglerodli po’latlarga qo’yiladigan umumiy talablar shuki, ular mustahkam plastik 
hamda texnologik xossalari yaxshi bo’lmog’i lozim. Har bir po’lat markasiga ham ma’lum 
talablar qo’yiladi. Bu talablar buyum ishlab chiqarish texnologiyasiga va uning ishlash sharoitiga 
bog’liq bo’ladi. SHunga ko’ra uglerodli po’latlar uchta asosiy gruppaga bo’linadi: oddiy sifatli 
uglerodli po’latlar, sifatli uglerodli po’latlar, maxsus vazifali uglerodli po’latlar (avtomat, kozon 
po’latlari va boshqalar). 
Oddiy sifatli uglerodli po’latlar (GOST 380–71). Bunday po’latlar keng tarqalgan bo’lib, 


42 
normallashtirilgan holatda prokat ko’rinishida yetkazib beriladi hamda mashinasozlik, qurilish 
va iqtisodiyotning boshqa sohalarida ishlatiladi. Oddiy sifatli uglerodli po’latlar St harflari va 0 
dan 6 gacha bo’lgan raqamlar bilan belgilanadi. Raqamlar po’lat markasining shartli nomerini 
bildiradi. Raqam qancha katta bo’lsa, uglerod miqdori shuncha ko’p, po’latning mustahkamligi 
yuqori, plastikligi esa past bo’ladi. 
Oddiy sifatli po’latlar 
uch guruhga bo’linadi : 

A guruh po’latlarining mexanik xossalari kafolatlanadi. Bu guruh po’latlari kimyoviy 
tarkibining ahamiyati bo’lmagan, faqat mexanik xossalari ahamiyatga ega bo’lgan, ya’ni qizdirib 
ishlov berilmaydigan buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Bu guruh po’latlari Ct harfi va 0,1,… 6
raqamlar bilan belgilanadi. Raqam qanchalik katta bo’lsa, po’latning mustahkamligi shunchalik 
yuqori, plastikligi kichik bo’ladi. 

B guruh po’latlarining qimyoviy tarkibi kafolatlanadi. Bu po’latlarning qimyoviy 
tarkibi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib, ulardan qizdirish yo’li bilan turli buyumlar tayyorlash 
mumkin. CHunki qizdirib ishlash rejimlari va po’lat buyumning mexanik xossalari po’latning 
tarkibiga bog’liq bo’ladi. Bu guruh po’latlari MCt0, KSt1kp, MCt1, MCt2, MCt3, KSt4ps, 
MCt4, MCt6, MCt7sp kabi markalanadi. Marka boshidagi M harfi po’lat marten, K harfi 
konvertor 
usulida 
olinganligini 
bildiradi. 
Marka 
oxiridagi 
«kp» harflari po’lat 
qaytarilmayganligi, «ps» harflari–chala qaytarilganligi, «sp» harflari–to’la qaytarilganligi 
anglatadi.
 

V guruh po’latlarining mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi kafolatlanadi. Bu 
po’latlar sifati oshirilgan bo’lib, ular mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi ahamiyatli bo’lgan 
buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Bunday po’latlardan payvandlash yo’li bilan konstruktsiyalar 
yasaladi. Bu guruh po’latlari faqat marten usulida olinadi va BMCt1, BMCt2 kabi markalanadi. 
BMCt markasi po’latning mexanik xossalari Ct1. po’latniki kabi, kimyoviy tarkibi esa MCt 
po’latniki kabiligini bildiradi. Oddiy sifatli po’latlarning kimyoviy tarkibi, mexanik xossalari va 
ishlatilish sohalari 8.1. – jadvalda keltirilgan.

Sifatli po’latlarning kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari kafolatlanadi. Tarkibidagi 
marganets miqdoriga ko’ra sifatli po’latlar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruh po’latlarida 
marganets miqdori 0,8% dan oshmaydi. Bu guruh po’latlari raqamlar va tegishli sonlar bilan 
markalanadi. Masalan, 05, 05kp, 08, 08kp, 20, 30, 40, 85 va h.k. 
Ikkinchi guruh po’latlari sonlar va G harfi bilan 15G, 20G, 70G va hokazo ko’rinishlarda 
markalanadi. Sonlar yuzga bo’linsa, po’lat tarkibidagi o’rtacha uglerod miqdorini, G harfi esa 
po’lat tarkibida margenets miqdori oshirilganini bildiradi. Masalan, 10kp markasi po’lat 
tarkibida 0,1 % uglerod bo’lib, u qaytarilmagan ekanligini bildiradi. Sifatli po’latlarda 
oltingugurt va fosfor miqdori 0,04% dan oshmaydi. SHu po’latlardan o’q, gayka, quvur, 
biriktirish muftasi, tross, prujina, ressor, prujina va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
 
8.1–jadval 

Download 8,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish