Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


Metallokeramik qattiq qotishmalar



Download 8,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/187
Sana31.03.2022
Hajmi8,9 Mb.
#521786
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   187
Bog'liq
yunalishga kirish

Metallokeramik qattiq qotishmalar. 
Metallokeramik qattiq qotlshmalar asbobsozlik 
materiallari jumlasiga kiradi, ulardan metall va qotishmalarni kesib ishlashda, shuningdek, bosim 
bilan ishlashda (sim kiryalash, shtamplash, kalibrlash va boshqalarda) foydalaniladi. 
Metallokeramik qattiq qotishmalar xilma-xil keramika materiallarini ishlashda, burilash ishlarida 
va texnikaning bir qator boshqa sohalarida ham keng ko’lamda ishlatiladi. 
Metallokeramik qattiq qotishmalarning asosiy tarkibiy qismini bir yoki undan ortiq karbid 
tashkil etadi. Qattiq qotishmalar tayyorlashda ishlatiladigan karbidlar qiyin suyuqlanuvchi 
metallar–volfram, titan va tantalning uglerod bilan hosil qilgan kimyoviy birikmalari bo’lib, 
nihoyatda qattiq, normal haroratda kislota va ishqorlar ta’siriga juda chidamli moddalardir. 
Volfram karbidi olish uchun volframning mayin kukuni hosil qilinadi, bu kukunga 
qurum qo’shib aralashtiriladi-da, aralashma elektr pechda H
2
yoki CO muhitida 1350–1400 °C 
gacha qizdiriladi, natijada volfram karbidi yuzaga keladi. 
Volframli qattiq qotishma tayyorlash uchun volfram karbidi kukuni bilan kobalt kukuni 
sharli tegirmonda bir sutka chamasi aralashtiriladi va hosil bo’lgan aralashma sintetik 
kauchukning benzindagi critmasida qoriladi. Qorishma qurigandan keyin tegishli shakldagi 
press qolipda 10–40 kG/mm
2
(100–400 MN/m
2
) bosim ostida presslanadi. Presslash natijasida 
hosil bo’lgan massa 1400 °C chamasi haroratda 2 soat davomida qizdirish yo’li bilan 
qovushtiriladi (pishiriladi). Qizdirish natijasida qotishma 25 % gacha kirishib, nihoyatda qattiq 
bo’lib qoladi. Bunday qattiq qotishmaning strukturasi kobalt vositasida mustahkam bolangan 
volfram karbididan iborat bo’ladi, binobarin, kobalt elementi volfram karbidi donalarini bir–
biriga bolovchi material vazifasini o’taydi. 
Titan–volframli qattiq qotishma ham xuddi yuqoridagi kabi tartibda tayyorlanadi, ammo 
farq faqat shundan iboratki, titan-volframli qotishma presslangandan keyin 1500 °C da 1–3 soat 
davomida qizdirish yo’li bilan qovushtiriladi (pishiriladi). Titan–volframli qattiq qotishma 
tayyorlashda tantal karbidi ham qo’shilsa, qotishmaning oksidlanmaslik xossasi, puxtaligi, 
eyilishga chidamliligi va boshqa xossalari ortadi. 
Metallokeramik qattiq qotishmalarni kesuvchi asboblar bilan ishlab bo’lmaydi, shuning 
uchun ular har xil o’lchamli va shakilli, shuningdek, ko’p qirrali (ko’p yoqli), old yuzasi yassi va 
qirindi chiqaravchi ariqchali plastinalar tarzida tayyorlanib, bu plastinalar kesuvchi asboblarning 
kallagiga mexanik usulda yoki kavsharlash yo’li bilan mahkamlanadi. Mexanik usulda 
mahkamlanadigan plastinalarda maxsus teshiklar bo’ladi. Kallakka mahkamlangan bu plastina 
asbobning kesuvchi qismi (tig’i) bo’ladi. 
Metallokeramik qattiq qotishmalar uch guruhga: bir karbidli (volframli), ikki karbidli 
(volfram-titanli), uch karbidli (volfram-titan-tantalli) qattiq qotishma guruhlariga bo’linadi. 
Birinchi guruhni volfram karbidi bilan kobaltdan, ikkinchi guruhni titan karbidi, volfram karbidi 
bilan kobaltdan, uchinchi guruhni esa titan karbidi, tantal karbidi, volfram karbidi va kobaltdan 
iborat qotishmalar tashkil etadi. Birinchi guruh metallokeramik qattiq qotishmalari VK bilan, 
ikkinchi guruh – TK, uchinchi guruh esa TTK bilan belgilanadi. 
Metallokeramik qattiq qotishmalaraing ishlatilishi: 
CHo’yan, rangli metallar, metallmas materiallar va boshqalarni tozalab yo’nishda 
ishlatiladigan keskich va razvyortkalar uchun; 


70 
Tozalab va xomaki yo’nishda ishlatiladigan keskichlar, cho’yan, rangli metallar va 
metallmas materiallarni tozaroq va tozalab ishlashda qo’lla-niladigan freza, razvyortka va 
zenkerlar uchun; 
CHo’yanni, rangli metallar va metallmas materiallarni xomaki yo’nish, randaiash, 
frezalash va parmalashda ishlatiladigan kesuvchi asboblar uchun; yo’nilishi qiyin bo’lgan 
po’latlarni yo’nishda ishlatiladigan keskichlar uchun; 
Sim kiryalash, cho’ktirish, teshik ochish asboblari va engil sharoitda ishlaydigan shtamp 
asboblari uchun; 
Po’latdan chiviq va quvurlar kiryalashga mo’ljallangan asboblar uchun; 
Uglerodli va legirlangan po’latlarni xomaki va tozalab randalashda, xomaki va shakldor 
qilib yo’nishda ishlatiladigan kesuvchi asboblar uchun; 
Uglerodli va legirlangan po’latlarni xomaki yo’nish, frezalash, teshikni kengaytirish va 
xomaki zenkerlashda ishlatiladigan kesuvchi asboblar uchun; 
Po’latlarni yuqori tezlik bilan xomaki va tozalab yo’nishda ishlatiladigan keskichlar 
uchun; 
Po’latlarni surish va kesish chuqurligini kichik olib, katta tezliklar bilan ishlashda 
qo’llannladigan kesuvchi asboblar uchun; 
Qattiq po’latlarni xomaki yo’nish va randalashda, payvand choklarga ishlov berishda 
qo’llaniladigan kesuvchi asboblar uchun. 
Mayda donali VK6M qotishmasi juda qattiq va zich bo’lganligidan, kesuvchi asbobning 
chidamliligini 2–3 baravar oshirishga imkon beradi va cho’yanni hamda ba’zi zanglamas 
po’latlarni yo’nishda ham ishlatiladi. T5K12B qotishmasi qattiq po’latlarni va boshqa 
qotishmalarni randaiash va xomaki yo’nishda, payvand choklarga ishlov berishda va, umuman, 
T5K10, VK8 kabi juda puxta qotishmalarni ishlatib bo’lmaydigan boshqa hollarda qo’llaniladi. 
Ko’p kobaltli juda puxta va qovushoq VK20, VK25, VK30 qotishmalari va tajribaviy VK15B, 
VK20B, VK25B qotishmalari ishlab chiqarishning o’zlashtirilganligi katta zarbiy yuklanishlar 
ostida ishlaydigan shtamplar tayyorlashda qattiq qotishmalardan keng ko’lamda foydalanishga 
imkon beradi, qattiq qotishmali shtamplar esa odatdagi shtamplarga qaraganda ancha chidamli 
bo’ladi va katta iqtisodiy samara keltiradi. 

Download 8,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish