Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


Metall–keramik qattiq qotishmalar (GOST 3882–74) uchta: volьframli, titan–volьframli,  titan–tantal–volьframli gruppalarga bo’linadi



Download 8,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/187
Sana31.03.2022
Hajmi8,9 Mb.
#521786
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187
Bog'liq
yunalishga kirish

 
Metall–keramik qattiq qotishmalar (GOST 3882–74) uchta: volьframli, titan–volьframli, 
titan–tantal–volьframli gruppalarga bo’linadi.
 
Volьframli qattiq qotishmalar(masalan, VKZ, VKZM, VK6, VKD, VKZV va boshqalar), 
cho’yan, bronza, farfor, oyna kabi mo’rt materiallarga ishlov berishda qo’llaniladi. Oqartirilgan 
cho’yan, otashga chidamli po’lat, plastmassalarga tozalab va qisman tozalab ishlov beruvchi 
kesuvchi asboblar VK6M qotishmasi bilan qoplanadi. Parmalash, cho’zish, otashga chidamli va 
zanglamaydigan po’latlarni xomaki yo’nish asboblari VK8M qotishmasi bilan qoplanadi. 
Qotishma markasi oxiridagi V harfi u yirik zarrali ekanligini, M harfi esa mayda zarrali 
ekanligini bildiradi.
 
Mayda va yirik zarrali volьframli yuqori kobalьtli VK20, VK25, VK3O kabi qattiq 
qotishmalar hamda mustahkamligi va zarbiy qovushoqligi yuqori bo’lgan yangi qattiq 
qotishmalar VK15V, VK20V, VK25V zarbiy nagruzka sharoitida ishlovchi qattiq qotishmali 
shtamplar tayyorlashda ishlatiladi. Qattiq qotishmali shtamplarning puxtaligi po’lat 
shtamplarnikiga qaraganda 30–50 marta katta bo’ladi, bu esa katta iqtisodiy samara beradi.
 
Titan–volьframli qattiq qotishmalar (T5K10, T15K6, T30K4) va boshqalar po’lat, latunь 
kabi qovushoq materiallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan. Masalan, xomaki yo’nuvchi, 
shuningdek, po’latning sirtini va kuyindi hosil bo’lgan qismini (shu jumladan po’lat pokovkalar, 
shtamplangan zagotovka va quymalar ham) xomaki va tozalab randalovchi kesuvchi asboblar 
T5K10 qotishmasi bilan qoplangan.
 
Titan–tantal volьframli qattiq qotishma (TT7K12 va TT1058B) lar po’lat pokovkalarga 
xomaki ishlov berishda qo’llaniladi. Bu qotishmalarning qovushoqligi, yeyilishga chidamliligi va 
mustahkamligi (σv=1550MPa) qattiq titan–volьframli va volьframli qotishmalarnikiga nisbatan 
yuqori.
 
Masalan, volьframli qotishmaning VK8 markasi uning tarkibida 92% volьfram karbidi, 
8% kobalьt bo’lishini bildiradi. T30K4 titan–volьframli qotishmada tantal va titan karbidlarining 
umumiy miqdori taxminan 7%, kobalьt 12%, qolgani (81%) volьfram karbididan iborat. Qattiq 


68 
qotishmalarning qolgan markalari xam shunday markalanadi.
 
Plastifikatsiyalangan qattiq qotishmalar parma, zenker, razvyortka kabi murakkab 
shakldagi asboblarni, shuningdek qattiq qotishmalar bilan jihozlash qiyin bo’lgan kichik 
o’lchamli asboblarni tayyorlashda ishlatiladi. Plastifikatsiyalangan qattiq qotishma deb, 400°S 
temperaturada qaynab turgan parafinga botirilib sovigach, u bilan bir jinsli massa hosil qiluvchi 
presslangan kukunga aytiladi. Plastifikatsiyalangan qattiq qotishmadan tayyorlangan briketlarga 
osongina qilib ishlov berish, presslash va shakldor filьeralardan siqib chiqarish mumkin. Bu 
usullardan birontasi bilan tayyorlangan asbob maxsus pechlarda 1300°S temperaturada 
pishiriladi. Pishirilgan zarur qattiqlikka erishgan asbobga uzil–kesil ishlov beriladi va yo’niladi. 
Plastifikatsiyalangan qattiq qotishmadan tayyorlangan kesuvchi asbob, qattiq qotishma bilan 
jihozlangan asbobga qaraganda buyumlarning ishlangan sirtlarining sifatli bo’lishini ta’minlaydi.
 
Mineral–keramika–texnik glinozem (A12O3) asos qilib olingan sintetik materialdir. 
Hozirgi vaqtda mikrolit deb ataladigan TSM–332 markali mineral–keramika keng tarqalgan. 
Qattiqligi (NKA 91–93), issiqlikka va yeyilishga chidamliligi buyicha qattiq qotishmalardan 
ustun turadi. Mustahkamligining pastligi va juda mo’rtligi mikrolitning kamchiligi hisoblanadi. 
Mikrolit plastinkalari bilan jixozlangan asboblar ish jarayonida ularni 1200°S temperaturagacha 
qizdirilganda ham o’zining qattiqligini yuqotmaydi. SHuning uchun ham zarbsiz nagruzka 
sharoitida po’lat va cho’yan detallarga, rangli metallar hamda ularning qotishmalariga, nometall 
materiallarga, kesish chuqurligi va surishlar katta bo’lmaganda katta tezlikda tozalab va qisman 
ishlov berishda mineral–keramikadan samarali foydalaniladi.
 
Mikrolit plastinkalarini tayyorlash texnologayasi quyidagicha: tayyorlangan kukun 
qolipga solinadi, presslanadi, so’ngra 1750–1900° S temperaturada pishiriladi. Plastinkalarni 
bosim ostida quyish usuli bilan ham olish mumkin. Asbob detallariga plastinkalar kavsharlanadi 
yoki mexanik usulda mahkamlanadi. Kavsharlash uchun plastinkani metallash lozim, ya’ni uning 
sirtini kavsharlash imkonini beradigan qandaydir metall qatlami bilan qoplash zarur.
 
Mineral–keramikaga volьfram, molibden, bor, titan, nikelь va boshqa elementlar qo’shib, 
ekspluatatsion xarakteristikalarini yaxshilash mumkin. Bunday materiallar kermetlar deb ataladi. 
Ulardan qiyin ishlov beriladigan po’lat va qotishmalarga kesib ishlov berishda foydalaniladi. 

Download 8,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish