Mo‘rt yemirilish uchun xos xususiyat darzning katta tezlikda tarqalishi va uning tarqalishida plastik deformatsiyaning bo‘lmasligidir. Darz to‘plangan energiya tufayli harakatlanadi. Qovushoq yemirilish uchun xos xususiyat darzning tarqalish tezligi kichikligi va uning harakatlanishida anchagina plastik deformatsiya sodir bo‘lishidir. Yemirilishlar turlari singan joy-larni o‘rganish (fragtografiya) natijasida aniqlanadi. Yemirilish xususiyatining o‘zgarishidagi harorat oralig‘i so-vuqlayin sinish bo‘sag‘asi yoki mo‘rtlikning kritik harorati deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |