Materialshunoslik


elektrokimyoviy korroziya



Download 427 Kb.
bet39/49
Sana17.01.2022
Hajmi427 Kb.
#382010
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

elektrokimyoviy korroziya deb

ataladi. Bunday korroziya elektrolit eritmasi metall zarracha-

larining eritmasiga o‘tishdan iborat. Bir jinsli bo‘lmagan metall

elektrolit eritmasi — dengiz suvidagi eritmasi, ya’ni ishqorda

ko‘pdan ko‘p mikrogalvanik elementlar hosil bo‘ladi. Bunda

potensiali pastroq zarralar anod rolini, potensiali yuqoriroqlari

esa katod rolini o‘ynaydi. Mikrogalvanik elementlarda ham

odatdagi galvanik elementlardagi kabi anod eriy boradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, elektrolit eritmasiga tushirilgan

ikki metalldan qaysi birining potensiali kichik bo‘lsa, o‘sha

metall yemiriladi.

Metallarning potensiallari qiymati esa ularning kuch-

lanishlari qatoridagi o‘rniga bog‘liq. Kuchlanishlar qatori

esa quyidagicha: Li, K, Ca, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Cr, Fe,

Ni,  Sn, Pb, H

2, Cu, 2Hg, Ag, Pt, Au. Bu qatorga

vodorod  ham kiritilgan. Uning potensiali 0 ga teng. Demak,

vodoroddan  chapdagi metallarning vodorod potensialiga

nisbatan potensiallari (

+), o‘ngdagilariniki (–).

Metallarning kuchlanishlari qatori amaliy jihatdan muhim

ahamiyatga ega. Masalan, dengiz kemalarining suv ostida

bo‘ladigan metall qismlarini korroziyadan saqlashda metal-

larning kuchlanishlari qatoridan foydalaniladi¸. Buning uchun

kemaning suv ostidagi qismiga kuchlanishlar qatorida ancha

chapda turgan metall, masalan, magniy quymasi ulanadi,

natijada magniy korroziyalanib, suv ostidagi boshqa metallarni

korroziyadan saqlaydi.

56

Korroziyaning oldini olish usullariMetallarni korroziyadan saqlash metallarni korroziya-



bardosh metallar va metallmaslar bilan qoplash, agressiv

muhitda ishlov berish, elektrokimyoviy himoyalash va metal-

larni legirlashdan iborat.

Metallarni korroziyabardosh metallar bilan qoplashda

xrom, nikel, rux, qalay, kadmiy, kumushlar ishlatiladi. Qop-

lashdan oldin metall mexanikaviy yoki kimyoviy usulda yog‘

bo‘lgan joylari tozalanadi. Metallarni metallmaslar bilan qop-

lash usullari jumlasiga bo‘yash, emallash, oksidlash, fos-

fatlashlar kiradi.

Oksidlashning mohiyati metall buyumlar sirtida korro-

ziyadan himoyalovchi parda hosil qilishdan iborat. Agressiv

muhitga ishlov berishning mohiyati tashqi muhit tarkibidagi

agressiv elementlarni yo‘qotish yoki tashqi muhitga korro-

ziyaning oldini oluvchi, yoxud susaytiruvchi maxsus modda

qo‘shishdan iboratdir. Qattiq suvdagi kislorodni yo‘qotish

uchun suvga natriy sulfat yoki natriy bisulfat qo‘shiladi.

Elektrokimyoviy himoyalash usulining mohiyati shundaki,

elektr o‘tkazuvchi suyuqlikda ishlaydigan metall qismlariga

aktivligi shu metall aktivligidan yuqori bo‘lgan metall prektor

ulanadi. Masalan, dengiz kemasining po‘latdan yasalgan suvosti

qismiga rux quymasi ulansa, po‘lat-rux galvanik juftlik hosil

bo‘ladi, bunda rux korroziyalanib, kemaning po‘lat qismi

saqlanib qoladi.

Takrorlash uchun savollar

1. Qanday yumshatish turlari mavjud?

2. Qanday toblash usullari bor?

3. Po‘latdagi o‘zgarishlarga legirlovchi elementlar qanday ta’sir

ko‘rsatadi?

4. Legirlangan po‘latlar qanday tasniflanadi va markalanadi?

5. Asbobsozlik po‘latlariga qanday termik ishlov beriladi?

6. Korroziyaning ma’nosi nima?

7. Korroziyani oldini olishning qanday usullari bor?

?

57

 



           

          

  

IV  B O B



METALLMAS KONSTRUKSION MATERIALLARBu bobda keltirilgan mavzularni o‘rganish natijasida

quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:

••••• metallmas materiallar;

••••• polimerlar, ularning turlari va xossalari;

••••• konstruksion polimerlar;

••••• plastmassalar, ularning xossalari, tarkibi va turlari;

••••• rezinalar va shishalar;

••••• sopol (keramik) materiallar;

••••• kompozitsion materiallar va ularni  ishlab chiqarish usullari;

••••• metall asosidagi  kompozitsion materiallar;

••••• polimer asosidagi kompozitsion materiallar.

4.1. Metallmas konstruksion materiallarning tasnifiHozirgi zamon mashinasozligining rivojlanishi keng ko‘lam-

larda har xil metallmas konstruksion materiallarni qo‘llash bilan

chambarchas bog‘langan bo‘lib, ular sanoatda keng o‘rin ol-

moqda (17-rasm). Ularga yog‘och, rezina, rezinali to‘qima va

plastmassalar kiradi.

Metallmaslar

Keramika


Tabiiy materiallarSun’iy materiallar

Oksidokeramika

Oksidsiz

keramikaOyna

Yog‘ochTosh

CharmRezina

TermoplastDuroplast

Elastomer

17-rasm.

4.2. Polimerlar va plastmassalar

Metallmas materiallarning asosiy tarkibiy qismlari yuqori

molekular bolg‘alanish (polimer)lardan iborat bo‘lib, katta

molekular massaga ega bo‘lgan murakkab moddalardir.

58Sun’iy ravishda tayyorlangan muayyan harorat va bosim

ostida  plastik xossalarga ega bo‘lgan materiallar 


Download 427 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish