mustahkamligi — metallning deformatsiyaga va yemirilishga
qarshilik ko‘rsatishi;
••••• plastikligi — metallning qoldiq deformatsiyada yemiril-
masdan turish xususiyati.
Metallarda plastiklikning kamligi yoki yo‘qligi mo‘rtlik
deyiladi.
Mexanik xossalar konstruktor va texnologlarga yuklama-
larning chegarasini belgilash va mashinalarni ishlatish sharoitini
aniqlash imkonini beradi.
Mexanik xossalar tavsiflarining son qiymatlari, ya’ni zo‘ri-
qishlar yoki deformatsiyalar qiymatlari mexanik sinovlar nati-
jasida olinadi. Mexanik sinovlardan metallarning tayyorlanish va
ishlov berish sifatini nazorat qilishda keng ko‘lamda foyda-
laniladi.
Qo‘yilgan kuchlar ta’sirida detal o‘lchamlari va shaklining
o‘zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |