erish harorati deb ataladi. Har qaysi metallning
erish harorati tegishli jadvallarda berilgan.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Metallni qizdirganda yoki sovit-
ganda o‘zidan issiqlikni qanchalik tez o‘tkazishi uning issiqlik
o‘tkazuvchanligi deb ataladi. Metallarning issiqlik o‘tkazuv-chanligini taqqoslash uchun shartli belgilardan foydalaniladi,
bu metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi koeffitsiyenti bilan
ifodalanadi. Misol uchun (koeffitsiyent miqdori) mis uchun
0,9; aluminiy uchun 0,5; temir uchun 0,15; simob uchun
0,02. Issiqlikni o‘zidan yomon o‘tkazadigan metallning to‘la qizishi
uchun ularni uzoq vaqt qizdirish talab etiladi. Bunday metallar
tez sovitilganda yorilib ketishi mumkin. Metallarni termik ish-
laganda ularning ana shu xususiyatini hisobga olish zarur.
Amaliyotda radiatorlar va elektr asboblarning detallari issiq-
likni yaxshi o‘tkazadigan metallardan tayyorlanadi.
Issiqlikdan kengayish. Ma’lumki, issiqlikdan metallarning
hajmi va o‘lchamlari o‘zgaradi. Shuning uchun mashina va
mexanizmlar tayyorlanayotganda detallarning issiqdan ken-
gayishini hisobga olish zarur. Misol uchun mashina va traktorlar
dvigatellarining klapanlari, ko‘prik fermalari, relslar va hokazo-
larni qurishda buni hisobga olish kerak.
Elektr o‘tkazuvchanlik. Metallarda elektr o‘tkazuvchanlikhar xil bo‘ladi. Ayrim metallar elektrni yaxshi o‘tkazadi. Metal-
larning harorati oshishi bilan elektr o‘tkazuvchanligi kamayadi
va aksincha. Metall absolut nol (–237°C) gacha sovitilganda
uning elektr qarshiligi nolga teng bo‘lib qoladi.
Magnit xossalari. Po‘lat va cho‘yanning magnit xossalari
ularning kimyoviy tarkibigagina emas, balki ichki tuzilishiga
ham bog‘liq. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, ularning magnit
xossalari doimiy emas, ularga termik va mexanik ishlov beril-
ganda magnit xossalari o‘zgaradi.
Temirning sovuq holatdagi magnit xossalari ancha sezilarli
bo‘lib, uni qizdirganda bu xossalari ancha kamayib boradi va
butunlay yo‘qolishi ham mumkin.
Magnit xossalarga ega bo‘lgan po‘latlar texnikada juda ko‘p
tarmoqlarda ishlatiladi. Misol uchun ular rudalarni saralashda,
13temir-tersaklarni ko‘tarishda, elektr dvigatellarida, radiotele-
fon, telegraf detallarini tayyorlashda ishlatiladi.
Ba’zan magnit xossalarga ega bo‘lmagan po‘latlarni
ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bunday po‘latlarning tarkibida ma’lum
miqdorda nikel va marganes bo‘ladi.
Metallarning kimyoviy xossalariMetallar va qotishmalar muhit ta’sirida kimyoviy jihatdan
o‘zgaradi va bu o‘zgarishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |