p
-turidagi aralashmali yarimo‘tkazgichlar.
Agar kremniyga
yoki germaniyga uch valentli o‘rnini bosuvchi aralashma, masalan
aluminiy kiritilsa, bor yoki davriy tizimning IIIA guruhidagi gal-
liy qo‘shilsa, mohiyati bo‘yicha teskari effekt yuz beradi. Har bir
atomning atrofidagi kovalent aloqalarning bittasi elektronga muhtoj
bo‘lib qoladi. Bu yetishmovchilik aralashmali atom bilan kuchsiz
bog‘langan teshik deb qaralishi mumkin. Teshik aralashma atomi-
dan (10.13-rasm)da ko‘rsatilganday qo‘shni atomdan elektronning
olib o‘tilishi bilan bo‘shatilishi mumkin. Mohiyatiga ko‘ra, elek-
tron va teshik o‘z holatlari bilan almashadilar. Harakatlanayotgan
teshik yuqorida muhokama qilinganiday donor elektronga nisbatan
qo‘llanilgan talqin kabi qo‘zg‘atilgan holatdagi obyekt deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |