Izolyatsiyani namlikdan himoya qilish.
Shimdirish usulida izo-
latsiya bo‘shliqlari gigroskopik bo‘lmagan yoki kam gigroskopik
qattiq yoki suyuq dielektrik bilan to‘latiladi. Shimdirilgan material-
larga avvaliga nam singmay, ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng bu xossa
yomonlasha boradi. Ba’zi shimdirilgan materiallar o‘ziga nam olmay
-
di. Masalan, shimdirilgan marmarda
r
qiymati uzoq vaqt o‘zgarmay
turadi. Tolali shimdirilgan material (qog‘oz, karton, mato selluloza)
larda esa
r
qiymati astasekin pasaya boradi. Shimdirilmagandagi
kabi shimdirilgan qalin qog‘oz (karton) da ham namlik materialga
asta-sekin singib boradi va ma’lum vaqtdan so‘ng
W
qiymati ikka-
la qog‘ozda deyarli bir xil qiymatga ega bo‘ladi. Havo bo‘shliqlari
bo‘lgan va shimdirilgan matolar qisqa muddatli namlikka bardoshli
bo‘lib, ularda
E
t
qiymati quruq shimdirilgan materillarga nisbatan
yuqori bo‘ladi.
Izolyatsiya xarakteristikasini o‘zgartirmasdan saqlash va namlik
ta’sirini kamaytirish maqsadida shimdirish usulidan tashqari, loklash
19
Bijay_Kumar Sharma.,Electrical and Electronic Materials Science./
OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 51bet.
175
usulidan ham foydalaniladi. Bunda, shimdirilgan jism qalinligi
0,1–0,2 mm li lok qatlami bilan qoplanadi. Lekin bu usul namlik 80%
dan ortganda o‘zini oqlamaydi.
Bundan tashqari, siqish usuli yordamida mahsulot yuzasi qalin
-
ligi 1–2 mm bo‘lgan plastmassa qoplamasi bilan qoplanadi. Bunday
qoplamaning mexanik xarakteristikalari lok qoplama mexanik mus
-
tahkamligidan ancha yuqori bo‘ladi. So‘nggi usul mahsulotning havo
namligi 90% gacha bo‘lgan hollarda ishonchli himoya qiladi.
Mahsulot yuzasini qoplash usullaridan biri ishlov beriladigan yu
-
zaga tayyorlangan kompaund quyish usulidir. Bunda detalning tashqi
qismiga mos qilib maxsus qolip yasaladi va unga suyuq holdagi
plastmassa to‘ldiriladi. Masalan, epoksid smolasidan tayyorlangan
qoplamaning qalinligi 10–20 mm qilib olinadi. Mahsulot suyultiril
-
gan kompaundga botirib olinadi. Bu usul dielektriklarni 95% gacha
namlik ta’siridan himoya qiladi.
Barcha hollarda ham jismni namlikdan himoya qilishda organik
materiallar qo‘llaniladi. Bu materiallar gigroskopik xususiyatga ega
bo‘lgani uchun o‘zidan namlikni o‘tkazadi. Istalgan organik dielek
-
trik qandaydir miqdorda nam singdiruvchanlikka ega.
Ba’zi organik dielektriklar uchun nam singdirish koeffitsiyenti
quyidagichadir:
Parafin … … … … 5×
10-
10
Polietilen … … … … 3×
10-
10
Epoksid smolasi … … … 5×
10-
9
Neftli bitum … … … … 1×
10-
8
Dielektrikni namlikdan ishonchli himoya qilish maqsadida bosim
ostida quyish usuli qo‘llaniladi. Chunki bu usulda olinadigan qopla
-
maning qalinligi katta qiymatga ega bo‘ladi va mahsulotni namlikdan
yaxshi himoya qiladi. Agarda himoya qoplamasida darz yoki yemiri
lish sodir bo‘lsa, namlik qoplama ichiga tezda kirib boradi.
Vakuumda zichlash usulida himoya qilinadigan mahsulot metall
qobiqqa joylashtiriladi va qopqoq bilan kavsharlanadi. Metall qopla
-
ma dielektrikni namdan a’lo darajada himoya qiladi.
Qog‘oz izolatsiyali yuqori kuchlanishli kabellarni namdan muho
-
faza qiladigan himoya qoplamasi sifatida izolyatsiya yuzasiga uz
-
176
luksiz qoplanadigan metall (qo‘rg‘oshin, aluminiy, po‘lat) qoplama
ishlatiladi. Bu qoplamalar izolyatsiya yuzasiga maxsus presslarda
qoplanadi. Elektr mashinalarining izolyatsiyasi namlik ta’siridan lok
-
lash, shimdirish va kompaund quyish usullari orqali himoya qilinadi.
Uzluksiz ishlaydigan elektr mashinasi namlikka chidamli bo‘ladi. Bu
mashinaning muttasil ish mobaynida qizishi natijasida izolyatsiyasi-
ning namlanmasligi bilan tushuntiriladi. Uzoq muddat ishlamagan
(omborda saqlangan) elektr dvigateli yoki generatorlarning izolyatsi-
ya holati tekshirilib, zarur holatlarda ularning izolyatsiyasi quritili-
shi shart.
20
Kimyoviy tarkibiga qarab dielektriklar 2 turga bo‘linadi:
1. Organik (polimerlar, rezina, shoyi).
2. Noorganik (slyuda, keramika, shisha sitollar).
Elektrik xususiyatlariga qarab 2xil: past chastotali (elektrotexnik),
yuqori chastotali (radiotexnik).
Dielektriklarning hal qiluvchi xususiyati – bu issiqqa bardoshligi:
o‘z xususiyatlarini uzoq vaqt qizdirilganda ham saqlab qolish. Issiqqa
bardoshlik qobiliyati darajasiga qarab, dielektriklar 7 sinfga bo‘linadi:
U, A, E, V, F, N, S. “U” ishlash sharoiti 90ºC dan past bo‘lishi kerak.
Eng yuqorisi “S” guruhi: 180ºC va undan yuqori haroratni ushlaydi:
slyuda, keramika, shisha, sitallar.
Dielektriklarning xossalariga nam o‘tkazishlik katta ta’sir
ko‘rsatadi. Dielektriklarda tok o‘tkazuvchi plyonkaning va qatlam
ning hosil bo‘lishi izolyatorlik qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi, hatto
teshib o‘tishi ham mumkin. Suv molekulasining diametri d=2,5·10-
10
m juda kichkina bo‘ladi, shuning uchun suv pari hamma yoqqa kirib
ketaveradi. Eng gigroskopik materiallar zich va g‘ovaksiz materiallar
suv parlarini o‘tkazmaydi, bularga sitallar, shisha, keramika, epoksid
li plastmassa, qutbsiz polimerlar kiradi.
Dielektriklarni tanlashda ularning mustahkamligi va mexanik xos-
salari ham e’tiborga olinadi. Keramika, shisha, sitallar ancha mustah
-
kam dielektriklar, lekin mo‘rt bo‘ladi, ularning egilishga mustahkam-
ligi δ
egil
=(30–300)-500MPa.
20
T.K. Basak. Electrical engineering materials.New Age Intenational, Nil
edition. USA, 2009. 69bet
177
Struktura va xossalarining turg‘unligi dielektriklarning ishlatish-
eksplutatsiya qilish muddatini belgilaydi, shishaga PbO va BaO
qo‘shilishi uning elektrokimyo teshilishiga qarshiligini oshiradi.
Ko‘pchilik plastmassalar razryad ta’sirida kuyib ko‘mirlashadi (qota
-
di) va o‘zining izolyatsion qobiliyatini yo‘qotadi.
Polistirol, organik shisha, ftoroplast va kremniy organik plastiklar
-
da bu kamchilik yo‘q.
Dielektriklar orasida keramik materiallar (ayniqsa, segnetokerami-
ka) alohida ahamiyatga ega. Bular eskirmaydi va qizdirishga nisbatan
turg‘un.
Keramika izolyatorlarni, kolodkalarni, platalarni, g‘altaklarni ya
sashda ishlatiladi.
Past chastotalarda elektrofarfor ishlatiladi: arzon, yaxshi elektrik
xossalari, lekin mustahkamligi past va 200º С dan yuqorida katta
“yo‘qotilish”ga uchraydi.
Yuqori chastotalarda ishlaydigan detallar asosan steoit nomli ma
-
teriallardan yasaladi. Buning tarkibida zararli qo‘shimchalar yo‘q va
100ºC gacha o‘z xossalarini yaxshi ushlab tura oladi: yaxshi presslan
-
ganda, kuydirilgandapishirilganda kirishishi 1–2%. Zich va g‘ovak
stukturali hamda aniq o‘lchamli detallar uchun ishlatiladi. Steotit
yaxshi qirqiladi. Kamchiligi: harorat tez o‘zgarganda darz ketadi.
Yuqori chastotali kondensatorlarni yasashda ultrafarfor, steotit,
stannatli, keramika ishlatiladi. Eng yaxshi xossali keramika TiO
2
aso-
sida bo‘ladi. Bunday keramika 2 xil bo‘ladi:
1. Tikondalar: T60, T80, T150.
2. Termokondalar: T20, T40 raqamlar “E” ning miqdorini
bildiradi.
Tikondalar asosan termokompensatsiyalovchi kondensatorlar
uchun ishlatiladi.Termokondalar yuqori turg‘unlikdagi kondensa
-
torlar uchun ishlatiladi.
Dielektrik moddalar deb, shunday moddalarga aytiladiki, bularda
valentli zona o‘tkazish zonasida keng man etilgan energiya bilan ajra-
tilgan. Dielektriklar qattiq: (keramika, polimerlar, shisha); suyuq:
(benzol, toluol, vodorod, kislorod, argon) holatda bo‘ladi. Bularda er
-
kin elektronlar yo‘q, bog‘liqlik valentli yoki kovalentli. Dielektriklar-
178
izolatorlar tok o‘tkazmaydilar: nisbiy elektroqarshilik
δ
=10
12–
10
20
om m. Dielektriklarning xarakterli xususiyati ularning qutblanishidir.
(Elektr zaryadlar siljiydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |