Randalangan fanerlar
– faner randalovchi maxsus dastgohlarda
yog‘ochlarni randalash yo‘li bilan hosil qilinadi. Bunday fanerlarning
qalinligi 0,8–1,5 mm, eni 80 mm va undan ortiq, uzunligi 100 mm va
undan ziyod bo‘ladi.
Tilingan fanerlar
– burang yoki bug‘lash natijasida mo‘rt bo‘lib
oladigan ba’zi yog‘och g‘o‘lalarini tilish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Yo‘g‘on g‘o‘lalarni radial yo‘nalishda tilish yo‘li bilan olinadigan
fanerlar boshqa yo‘nalishda tilib olingan fanerlarga qaraganda yuqori
baholanadi.Chunki radial yo‘nalishda tilingan fanerlarda o‘zak nur-
lari juda chiroyli tekstura hosil qiladi. Bu holda fanerlar qimmatbaho
mebellar tayyorlash va qoplash maqsadida ishlatiladi. Tilingan faner
-
larning qalinligi 0,8–2 mm gacha bo‘ladi. Fanerning namligi 10 %
bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |