Yog‘och materiallar.
Yog‘och konstruksion material sifatida
sanoatning turli sohalarida (avtomobilsozlikda, mebel sanoatida,
qishloq xo‘jalik mashinasozligida va boshqa joylarda) ishlatiladi.
Yog‘ochning afzalligi quyidagilardan iborat: solishtirma mustahkam
-
ligi yuqori, zarbiy va titrash nagruzkalariga qarshiligi yaxshi, issiqlik
o‘tkazuvchanligi kam, chiziqli kengayish temperatura koeffitsiyent
past (po‘latnikiga qaraganda 2–3marta kam). Yog‘och kislota, tuz,
moy ta’siriga chidamli. Yog‘och kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
yog‘och gigroskopik bo‘lganligidan buyum shaklining stabilligi bu
138
ziladi; yaxshi yonadi, mexanik xossalari anizotropik. Yog‘ochning
mexanik xossalari uning namligi va tolalarining yo‘nalishiga bog‘liq.
Yog‘och xossalarini solishtirish uchun 15% ga teng standart namlik
belgilangan.
Eng ko‘p tarqalgan yog‘och turlari tolalari bo‘ylab statik egilganda
quyidagicha mustahkamlik chegaralariga (MPa) ega bo‘ladi: zarang
– 105, tilog‘och98, qayin96, qoraqayin95, qarag‘ay 76, archa 72.
Tabiiy yog‘och tilingan binokorlik materiallari ko‘rinishida ish
-
latiladi. Ko‘ndalang kesim o‘lchamlariga qarab yog‘och materiallar
to‘sinlar (100x100 mm dan katta); brusoklar ko‘pi bilan (eni qalin
-
ligidan ikki marta katta) taxtalar (eni qalinligidan kamida ikki marta
katta) kabi xillarga bo‘linadi.
Nina bargli daraxtlardan tilingan yog‘och materiallar ko‘proq ish
-
latiladi, chunki ularning mustahkamligi katta, kamroq, chiriydi. Nina
bargli va yaproqli qattiq daraxt (dub, shumtol) dan olingan yog‘och
materiallar kuch tushadigan detallarda ishlatiladi.
Faner – qatlamli yog‘och material bo‘lib, tilib olingan shponlarni
yoqoch tolalarini birbiriga ko‘ndalang joylashtirib, uch va undan or
-
tiq qatlam qilib yopishtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Shilingan shpon
deb, yog‘och g‘o‘lani aylantirib, undan 0,3–3 mm qalinlikda yo‘nib
olinadigan yupqa yog‘och listlarga aytiladi. Shponlarni yopishtirish
uchun fenolformaldegidli, karbamidli va boshqa yelimlardan foy
-
dalaniladi. Yelim turi fanerning suvga chidamliligiga, mustahkamli
-
giga ta’sir qiladi. Oq qayin shponidan fenolformaldegidli yelim bilan
yopishtirib tayyorlangan, bakelizatsiya qilingan faner nisbatan ancha
mustahkam va suv ta’siriga chidamli bo‘ladi.
Oq qayindan yasalgan fanerning tolalari bo‘ylab mustahkamligi
65–80 MPa. Presslangan yog‘och suv bug‘larida oldindan 100–105°C
temperaturagacha bug‘langan yoki issiq gazlar bilan qizdirilgan bru
-
sok va taxtalarni metall qoliplarda presslash yo‘li bilan olinadi. Hosil
bo‘lgan yog‘och shaklini qotirib qo‘yish uchun uni bosim ostida 100–
120°C temperaturagacha 5–8% namlik hosil bo‘lguncha qizdiriladi.
Zarbiy nagruzkalar ostida ishlaydigan mashina detallarini (kulachok
-
lar, vtulkalar, podshipniklar va hokazolar tayyorlashda presslangan
yog‘och, rangli metallar, plastmassalar) o‘rnini bosa oladi.
139
Yog‘och payraxalaridan yasalgan plita yog‘och payraxalarini
bog‘lovchi modda bilan birga issiqlayin presslash yo‘li bilan olinadi.
Bir qatlamli, uch qatlamli va faner yoki qog‘oz bilan qoplangan plita
-
lar ishlab chiqariladi. Bunday plitalar qurilishda, mebel ishlab chiqa
-
rishda qo‘llaniladi.Yog‘och tolali plitalar maydalangan yog‘ochga
bog‘lovchi moddalar qo‘shib tayyorlanadi. Temperatura va bosim
ostida yog‘och tolalari birbiriga presslanadi va hamma yo‘nalishlari
bo‘yicha mustahkamligi bir xil bo‘lgan materialga aylanadi. Yog‘och
tolali plitalar qurilishda, avtobus hamda vagon ichlarini bezashda va
hokazolarda ishlatiladi.
Yog‘och materiallar qimmatli xususiyatlarga ega: solishtirma
mustahkamligi yuqori, dekorativ, zichligi kam, ishlov berish oson,
issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi kam. Shu xususiyatlari sabab
li yog‘och materiallar sanoatning ko‘p tarmoqlarida ishlatiladi.
Yog‘ochning konstruksion material sifatida afzalligi shuki, u tabiiy
ravishda ko‘payadi, tabiatdagi miqdori sanoatda qo‘llanish hajmi bi
-
lan tenglashtirib bo‘lmaydigan darajada ko‘p.
Yog‘och materiallarning kamchiliklari ham ko‘p. Bulardan aso
siysi mexanik xususiyatlarning bir xil emasligi (anizotropiya), yonuv
chanlik, chirish, zamburug‘ bosishga moyillik. Shu kamchiliklar tu
-
fayli modifikatsiyalanmagan yog‘och materiallardan mashinasozlik
-
dagi mas’uliyatli konstruksiyalarni, yuklama ko‘taradigan detallarni
tayyorlab bo‘lmaydi.
Yog‘och materialni modifikatsiyalashning fizik va kimyoviy usul
-
lari mavjud. Yog‘och kapillarg‘ovak tuzilishga ega bo‘lgani uchun
uni to‘ldirish imkoniyatlari beqiyos. Bu komponentlar sintetik smo
-
lalarning, yengil eriydigan metallar va qotishmalarning, tuzlar va
monomerlarning eritmalari va suyuqlanmalari ko‘rinishida kiritiladi.
Modifikatsiyalash natijasida yog‘och material umuman yog‘ochlarga
xos bo‘lmagan yangi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bular – yuqori mus
-
tahkamlik, yeyilishga chidamlilik, namga bardoshlilik, yonmaslik.
Yog‘och asosida tayyorlangan konstruksion materiallar mashi
-
nasozlikda qo‘llanadi. Bular yog‘ochplastiklar, yog‘ochqatlamli
plastiklar, armaturalangan yog‘och plastiklar. Ularni olish uchun
yog‘ochga turli modifikatorlar beriladi, maxsus texnologiyalardan,
140
bog‘lovchi moddalardan foydalaniladi. Yog‘och kompozit material
-
lar nomenklaturasi muttasil kengayib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |