227
paxta taramlari, ip gazlama, sintetik matodan foydalaniladi; anorga
nik to‘ldiruvchilardan–asbest tolasi va to‘qimasi, shisha tolasi, shisha
tolasidan to‘qilgan mato, qisqa tolali asbest (kukun to‘ldirgich sifa
tida), kaolin, slyuda,
kvars kukuni, talk, ohak,
kizelgur va boshqa-
lar ishlatiladi. Plastmassalar tarkibiga kirgan to‘ldiruvchilar ularning
xossalarini
yaxshilaydi,
bundan tashqari, nisbatan arzon bo‘lgani
uchun buyumlarni arzonlashtiradi.
1. Yuqori qatlam. Past haroratda shisha-
lanadigan ABSplastikdan tayyorlangan.
Tashqi qatlam va dekorativ funksiyaga ega.
2. Shisha plastikdan ikki o‘qli yo‘naltiril
gan qatlam markaziy qismni qobig‘i.
Torsion rolini bajaradi va
tashqi qatlamlarni
konstruksiyani markazi bilan birlashtiradi.
3. Markaziy qismpoliuretanli to‘ldirgich.
4. Dempferlovchi qatlam. Poliuretandan
tayyorlangan. Tebranishni kamaytirishga
mo‘ljallangan.
5. Asos (taglik). Presslangan
uglerod
(polimer matritsaga uglerod zarrachalari
presslangan). Abraziv yeyilish va bikirlikni
ta’minlaydi.
6. Chetlari. Puxtalangan po‘lat. Qorga
«kirganda» qayilishni yengillashtiradi.
7. Shishaplastikdan tayyorlangan bir
o‘qli yo‘naltirilgan qatlam. 0
0
va
qisman
90
0
da yo‘naltirigan bo‘ylama bikirlikni
ta’minlaydi.
Organik to‘ldiruvchilar polimerlarni yaxshi singdiradi. Tolali
to‘ldiruvchilar buyumlarning uzilishdagi va zarbiy egilishdagi mus
-
tahkamligini oshiradi. Anorganik kukun to‘ldiruvchilar buyumlar
ning suvga va issiqqa chidamliligi hamda qattiqligini oshiradi, ular
ning g‘ovakliligi va gigroskopikligini pasaytiradi.
228
Termoplastik smolalarga qo‘shiladigan plastifikatorlar ularning
yumshash haroratini pasaytiradi, bu esa ularni qoliplashni oson
-
lashtiradi. Plastifikatorlar sifatida yuqori haroratda qaynovchi kichik
molekular suyuqliklar: murakkab efirlar, xlorlangan uglevodorodlar
va boshqalar eng ko‘p ishlatiladi. Polimerlar plastifikatorlarni shi
-
mib bukadi, bunda plastifikatorning molekular qatlamlari zanjiriy
makromolekulalar atrofida joylashib, ular orasidagi bog‘lanishlarni
zaiflashtiradi. Polimerning yumshash harorati pasayishi va uning
shishalanishiga, ya’ni qizdirilganda shishasimon
holatdan qovu-
shoq–oquvchan holatga va sovitilganda yana shishasimon holatga
o‘tishining sababi ham ana shu.
Eng oddiy qilib dispеrsli (kukunsimon) to‘ldiruvchilarni organik
va noorganik turlarga bo‘lish mumkin. Ammo bunda
ularning har
birini yana tolasimon va tolasimon bo‘lmagan turlarga bo‘lish kеrak
bo‘ladi. Bunda ularning bo‘linishi zarralarning o‘lchami va shakli,
zichligi va shunga o‘хshash ko‘rsatkichlari bo‘yicha bo‘lib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: