izotermik yumshatish
deyiladi. Bunga
to‘la yumshatishga qaraganda 2–3 marta kam vaqt ketadi.
Normallash
. Normallashdan maqsad buyumni keyingi termik
ishlov berish uchun tayyorlashdan, o‘rtacha uglerodli po‘latlarning
esa strukturasini yaxshilashdan iborat. Normallash to‘la yumshatish-
dan sovitish tezligi bilan farq qiladi.
Normallash
deb, po‘latlarni qiz
-
dirib, ma’lum vaqt ushlab turilgandan so‘ng havoda sovitishga aytila-
di. Buyumni havoda sovitish tezligi pech bilan birga sovitishga qara
-
ganda kattaroq bo‘lganligi uchun perlitga parchalanish jarayoni past
roq haroratda boradi. Natijada to‘la yumshatishga qaraganda buyum
strukturasi maydaroq bo‘ladi. Shu sababli, buyumning mustahkamligi
va qattiqligi 15–20% yuqori bo‘ladi. Normallash po‘latni termik ish
-
lashning tayyorlov bosqichi yoki o‘rtacha uglerodli po‘latlar uchun
oxirgi bosqich sifatida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |