Mulla Ramazon
. Xivadan maktub.
№
11, 21.03.1903, 3. Muhammad
Rahimxon taxtga o‘tirganiga 40 yil, adolatli, ulmolarni himoya qilib keldi,
arab va fors tillaridan ko‘p kitoblarni turkiyga tarjima qildirdi, xattotlik
taraqqiy qildi, ulamodan domulla Salim Oxun va qozi kalon mashhur,
madrasalarda atrofdan kelgan talaba ko‘pligi haqida.
31. Toshkand.
№
12, 28.03.1903, 2. Buxoro amiri general Jo‘rabekni 1-darajali,
o‘g‘lini 3-darajali oltin nishon bilan taqdirlagani haqida.
32. Iona.
№
12, 28.03.1903, 2. Uralsk shahridan ba’zi odamlar Andijon xalqi
uchun ionalar qiligani haqida.
33.
TV
. Toshkand.
№
13, 4.04.1903, 3. Andijonda yana yer qimirlash, Oyim
uyezdida 15-mart kunidagi zilziladan mingdan ortiq uy buzilgan; Buxoro
amirini navruz bilan tabriklagani borgan ma’murlar 12-martda Toshkentga
qaytgan; 14-mart kuni Xiva elchilari Toshkentga kelgan, ba’zi ma’murlar
qabulida, gubernator huzurida ziyofat, 17-mart kuni Xivaga qaytgani
haqida.
Zaynabidin Abdirashidov
142
34. Toshkand.
№
14, 12.04.1903, 4. 24-mart kuni Andijonda yana zilzila bo‘lib
temir yo‘lning ayrim joylari buzilgan, ta’mir qilinmoqda.
35.
Russkiy Turkestan
. Axbori doxiliya.
№
15, 19.04.1903, 4. O‘sh uyezdida
mart o‘rtalarida pichansizlikdan 10 ming bosh mol o‘lgani haqida.
36. Axbori doxiliya.
№
15, 19.04.1903, 4. Qo‘qon uyezdi Karim duvon
qishlog‘idan qazib olinayotgan neft Boku bilan raqobat boshlagan; Andijon
uyezdi Izboskan volostini chigirtka bosgan; Andijon uyezdi Kugartda 150
xonadonli rus qishlog‘i tashkil etilishi haqida.
37. Iona.
№
16, 26.04.1903, 4. Troitsk ahlidan Andijon aholisiga 1000 rubl
xayriya qilingani haqida.
38.
Asxabad
. Axbori doxiliya.
№
16, 26.04.1903, 4. Zakaspiy viloyatida bir
necha yildan beri hosil yo‘q, ocharchilik, yordam berilsada yetmasligi
haqida.
39.
TV
. Marg‘inon.
№
16, 26.04.1903, 4. Zilziladan zarar ko‘rganlarning
ba’zilari qarz olishdan bosh tortmoqda, to‘lay olmasliklari haqida.
40.
TV
. O‘rta Oziyo.
№
17, 3.05.1903, 4. Buxoroning Amudaryo bo‘ylaridagi
bekliklarida qimmatchilik, ekin ekilgan joylarga paxta ekilgani haqida.
41.
TVG
. O‘rta Oziyo.
№
19, 18.05.1903, 4. Toshkentdagi Chala qozoq
madrasasida imtihon bo‘lgan, usuli jadid maktablaridan olingan imtihon
usulini Toshkentda birinchi marta Sayidboqixon Eshon qozi o‘g‘lining
himmati bilan madrasada qo‘llanilgani haqida.
42. Turkman yurti.
№
19, 18.05.1903, 4. Turkman yurtiga balo boshma bosh
keldi, ocharchilik, suv toshqini va chigirtka.
43. Buxoro.
№
19, 18.05.1903, 4. Buxoroda chigirtkaga qarshi kurash
boshlangani haqida.
44.
TV
. Andijon.
№
20, 26.05.1903, 2,3. Andijonning rus qismi ta’mir qilina
boshlandi, musulmon tarafida hech gap yo‘q, rus binolari tunuka bilan
qoplangan, pishgan g‘isht, o‘ymakor ustunlari haqida.
45.
TV
. Mezon.
№
20, 26.05.1903, 3. Toshkent bozorlarining ustidagi
narsalarni buzib tashlash masalasi, Likoshin bunga qarshi fikr bildirgan,
issiq va sovuq vaqtlarda aholi zahmat chekadi; Farg‘ona va Sirdaryo
viloyatidagi musulmon tojirlari ishlari yaxshi, sarmoyalari ko‘paymoqda.
46. Turkiston.
№
21, 2.06.1903, 3. Zakaspiy viloyatida daryo suvi toshib temir
yo‘lning bir qismini buzgani haqida.
47.
TV
. O‘rta Oziyo.
№
22, 9.06.1903, 3. Turkistonda rus muhojirlari kelib
joylashishi yaxshi, oldin ularga joy tayyorlash kerak, barcha sug‘oriladigan
yerlar yerli aholi qo‘lida ekanligi haqida.
48. Namangan.
№
22, 9.06.1903, 3. Namangan uyezdida oshlik mahsulotlari
hosili juda yaxshi bo‘lgani haqida.
Tarjimon (1883 – 1917) Gazetasidagi Turkiston Materiallarining Izohli Bibliografiyasi
143
49. Oshiqobod.
№
24, 24.06.1903, 3. Suv toshqini sababli temir yo‘l
buzilganidan kuniga 38 ming rubl zarar, boshidan beri 2 mln rubl zarar
ko‘rilgan, savdo yuklari to‘xtab qolgani haqida.
50. Buxoroi sharif.
№
24, 24.06.1903, 3. Bu yil Buxoroda havolar yaxshi kelib
oshlik mahsulotlarining hosili yaxshi.
51. Samarqand.
№
24, 24.06.1903, 3. Gilam to‘quvchilarga davlat tarafidan
yordam berilishi haqida.
52. Toshkand.
№
24, 24.06.1903, 3. Toshkent yaqinida shakar zavodi quriladi,
sarfi 700 ming rubl.
53. Andijon.
№
24, 24.06.1903, 3. Turkiston general gubernatori Andijonga
borgan, rus uylarini ko‘rgan, mahalliy aholi qismiga, shifoxonaga va
Mahmudaliboy madrasasiga borgani haqida.
54.
Do'stlaringiz bilan baham: |