Materiallar


B ilim in g n i  sin a b   k o ‘r



Download 6,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet490/503
Sana31.12.2021
Hajmi6,18 Mb.
#272983
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   503
Bog'liq
Materiallar qarshiligi (2)

B ilim in g n i  sin a b   k o ‘r
1.  Optimallashtirishdan  maqsad  nima?
2.  Optimallashtirish  texnologiyasini  izohlang
3.  Ko‘p  mezonli  optimallashtirish  masalalari  nimadir?
4.  Ishonchlilik  deb  nimaga  aytiladi?
5.  Ishonchlilikning  asosiy  ko‘rsatkichlarini  sanab  o'ting.
6.  Tasodifiy  qiymatlar  taqsimlanish  qonunlarini  aytib  bering.
7.  Konstruksiyani  ehtimollilik  nazariyasi  asosida  beshikast  ishlash  ehtimolini 
aniqlaydigan  algoritmni  tushuntiring.
8.  Sodda  ramaning  beshikastlik  ehtimoli  qanday  aniqlanadi?
9.  Oddiy  cho'ziluvchi,  egiluvchi  elementlaming  beshikastlik  ehtimollari  qan­
day  aniqlanadi?


X V   B O B  
D E F O R M A T S I Y A   V A   K U C H L A N I S H   H O L A T L A R I N I  
E X P E R I M E N T A L   T A D Q I Q   E T I S H   U S U L L A R I
M avzu  m azm uni.  Avvalgi  boblarda  konstruksiya  elemenllarida  hosil 
bo 'ladigan  deformatsiya  va kuchlanish  holatlarini  analitik  usullar yordamida 
aniqlashni  o'rgandik.  Mazkur  bobda  xuddi  ana  shu  ko'rsatkichlarni  eks- 
perimental usullar orqali aniqlashni о 'rganamiz. M ateriallar qarshiligi kursini 
o'zlashtirgan  talaba  keyingi  bosqichda  «Inshootlarni  smash»  kursi  bilan  ta- 
nishadi.  Mazkur  bob  ana  shu fanga  о 'tishda  ко ‘p rik  vazifasini  о ‘taydi.
15.1.  M a te r ia lla rn i  v a  k o n s tr u k s iy a la m i  sin ash
Gap  deformatsiya  va  kuchlanishlami  tajriba  (eksperiment)  yo‘li  bilan 
aniqlash  usullari  haqida  borar  ekan,  m ateriallarni  m exanik  sinash  bilan 
konstruksiyalami  sinash  orasida  farq  borligini  unutmaslik  kerak.
Materiallarni  sinash  ishlari  oquvchanlik  chegarasi,  mustahkamlik  che­
garasi,  elastiklik  moduli  singari  mexanik  tavsiflam i  aniqlash  maqsadlarida 
amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari,  tadqiqot  ishlarida  ham,  jum ladan,  m u­
rakkab  kuchlanish  holatlarida  mustahkamlik  shartlarini  o'rganishda  yoki, 
umuman,  turli  sharoitlarda  materialning  m exanik  xossalarini  aniqlashda 
qoMlaniladi.
Materiallarni  sinash  uchun  namunalar  tayyorlanadi.  Namunalarning  shakl 
va  oMchamlari  oMchash  asboblari  va  sinash  shartlariga  qarab  belgilanadi.
Material  haqida  obyektiv  m a’lumotlarga  ega  boMish  uchun  kuchlanish 
holatining  birjinsliligini,  ya’ni  sinalayotgan  namunaning  barcha  nuqtalarida 
kuchlanishlam ing  bir  xil  boMishini  ta ’minlash  zarur.  Bu  shartga, jum ladan, 
cho‘zilishda,  kalta  namunalarni  siqishda  va  yupqa  devorli  quvurlarni  burash- 
da  amal  qilinadi.  Bunday  sinovlarda  material  xossalarining  o'zgarishi  na­
munaning  butun  hajmi  bo‘yicha  baravar  sodir  boMadi  va  miqdoriy  baho 
berishda  qiyinchilik  tug'dirmaydi.  Yaxlit  namunalarni  burashda  va  egilish- 
ga  sinashda  kuchalnish  holati  birjinsli  boMmaydi.  M aterialning  alohida  nuq­
talarid a  sifat  o ‘zgarishlarining  yuz  berishi,  nam u na  tavsifida  sezilarli 
o ‘zgarishlar  sodir  boMishiga  olib  kelmaydi.  M aterialda  vujudga  keladigan 
ja ra y o n la r  faqat  o ‘rtacha  m iqdorda  ayon  boMadi  va  sinov  natijalari 
q o ‘shimcha  ravishda  qayta  ishlashni  talab  etadi,  bu  esa  obyektivlik  daraja­
sini  pasayishiga  olib  keladi.


Kuchlanish  holatini  birjinsliligi  talabi  qator  sinovlar  natijalariga  jiddiy 
cheklovlar  qo'yadi.  Masalan,  hozirga  qadar  birjinslilik  sharoitida  har  tarafla- 
ma  cho‘zish  bo'yicha  obyektiv  sinov  o ‘tkazishning  uddasidan  chiqilmayotir. 
Bunday  kuchlanish  holatini  hozircha  namunaning  faqat  alohida  nuqtalarida 
uyg‘otish  mumkin  bo‘layotir.  Masalan,  yaxlit  shaming  markazida,  tashqari- 
dan  turib  tez  qizdirish  yo‘li  bilan,  shunday  holatni  vujudga  keltirish  mumkin.
Mexanik  sinash  ko‘rinishlaridan  biri  texnologik  sinovlar  boMib  bu  si­
novlar  material  xossalari  haqida  obyektiv  m a’lumotlar  emas,  faqat  qiyosiy 
m a’lumotlar  beradi  xolos.  Material  qattiqligi,  zarba  qayishqoqligi  (ударная 
вязкость)  va  ba’zi  boshqa  shu  kabi  tavsiflam i  aniqlashga  doir  sinovlar  ham 
texnologik  sinovlar  qatorida  turadi.
K onstruksiyalar  sinovi  -   bu  butunlay  boshqa  gap;  bunda  gap  butun 
mashina,  uning  alohida  qismlari  yoki  m odelining  mustahkamligini  sinash 
haqida  boradi.  Bunday  sinovlami  o ‘tkazishdan  m aqsad,  bir  tomondan  ba- 
jarilgan  hisoblam ing  to ‘g‘riligini  tekshirishdan,  boshqa  tomondan-mashina- 
ni  texnologik  jihatdan  to ‘g‘ri  yig‘ilganligiga  baho  berishdan  iborat.  Kons- 
truksiyalam i  sinash  ishlari  texnikaning  samolyotsozlik  va  raketasozlik  sin- 
gari  sohalarida  ko‘proq  rivojlangan,  chunki  bu  sohada  vaznni  yengillashti- 
rish  tufayli  mustahkamlik  masalalari  yanada  m as’uliyatliroq  tus  oladi.  Yan­
gi  mashinani  barpo  etishda,  uning  metalldan  yasalgan  alohida qismlari  buzuv- 
chi  kuchni  aniqlash  maqsadida,  to  buzilgunga  qadar  sinaladi.  S o ‘ngra  bu 
kuch  hisobiy  kuch  bilan  taqqoslanadi.  Statik  sinovlar jarayonida  q o ‘yiladigan 
tashqi  yuk  real  ishchi  holatga  yaqin  keladigan  holatga  moslab  qo‘yiladi, 
masalan,  samolyot  g‘ildiragiga  qo ‘yiladigan  yuk  yoMovchilar  chiqadigan 
paytga,  qanotlari  esa  pikdan  chiqish  holatiga  moslashtiriladi  va  h.k.
Statik  sinovlardan  tashqari  ko‘pincha  dinamik  sinovlar  o‘tkazishga to‘g ‘ri 
keladi.  Masalan,  tebranish  (titrash)  sharoitida  ishlaydigan  asboblar  ko‘proq 
sinaladi.  Bunday  sinovlar  maxsus  ishlangan  tebratm a  stollarda  turli  chasto- 
ta  va amplitudalarda  o ‘tkaziladi.  Bunday  sinovlarda asboblarning  tebranayot- 
gan  detallaridagi  deformatsiya  va  kuchlanishlar oMchanmaydi.  Alohida  qism- 
larning  ishdan  chiqishiga  qarab  ularning  mustahkamligi  haqida  fikr  yuriti­
ladi.  B a’zan  mashinaning  xavfli  tugunlarida  tez  o'zgaruvchi  deformatsiya­
lar  ossillograflar  yordamida  yozib  olinadi  va  keyin  qayta  ishlanadi.
K uchlanish  holatida  b o 'lg an   konstruksiyalam i  eksperim ental  tadqiq 
etishning  hozirgi  usullari,  u  yoki  bu  y o ‘sinda,  sinalayotgan  obyektning  de- 
formatsiyalarini  to ‘g‘ridan  to ‘g ‘ri  aniqlashga  borib  taqaladi.  Kuchlanishlar 
Guk  konuni  asosida  bilvosita  deformatsiyalar  orqali  aniqlanadi.  Konstruksi­
ya  sinovlarida  plastik  deformatsiyalar  hosil  b o ‘lsa,  u  holda  kuchlanishlar


aniqlanmaydi,  faqat  buzuvchi  kuchning  qiymatini  aniqlash  bilan  kifoyalani- 
ladi  yoki  plastik  deformatsiya  uyg'otuvchi  kuch  aniqlanadi.
Deformatsiyalami  oMchashning  bir  qancha  usullari  bor.  Quyida  biz  de- 
formatsiyalarni  mexanik  va  elektrik  prinsiplar  asosida  ishlaydigan  oMchash 
asboblari  (tenzometr)  bilan  tanishib  chiqamiz.  Keyin  esa  optik  va  renge- 
nografik  usullar,  muar  tasmalari  va  lok  qoplash  usullari  bilan  tanishamiz.
15.2.  D e fo rm a ts iy a la m i  m e x a n ik   te n z o m e tr la r  y o rd a m id a   a n iq la sh
Mexanik  tenzometming  ishlash  prinsipi  namunaning  ikki  nuqtasi  orasida­
gi  masofani  yuklanishdan  oldin  va  keyin  oMchashga  asoslanadi.  Bu  ikki  nuq­
ta  orasidagi  dastlabki  masofa  tenzometr  bazasi  I  deb  ataladi.  Baza  uzunligi 
orttirmasi  Al  ni  /  ga  nisbati  o ‘rtacha  (nisbiy)  uzayishni  beradi.  Agar  defor- 
matsiyalanish holati,  15.1-rasm, a da ko‘rsatilganidek, bir jinsli boMsa, oMchash 
natijasida izlanayotgan  deformatsiyaning aniq  qiymati  aniqlangan boMadi.  Agar 
deformatsiya  baza  bo'ylab  o'zgaruvchan  boMsa  (15.1-rasm,  b)  u  holda  defor­
matsiyaning  oMchangan 
0
‘rtacha  qiymati,  baza  oraligM  qancha  qisqa  bo‘lsa, 
haqiqiy  qiymatga  shuncha  yaqin  boMadi.
Materiallarni  cho‘zilishga  sinashda,  deformatsiyaning  birjinsliligi  ta’min- 
langan  holda,  bazaning  uzunligi  namunaning  oMchamlari  bilan  cheklanadi. 
Odatda  uning  uzunligi  50,100,150  va  200  mm  atrofida  qabul  qilinadi.
Umuman  konstruksiyalami  sinashda  baza  uzunligini  belgilash  nozik  ma­
sala:  baza  kattaroq  olinsa  -   deformatsiyaning  birjinsizligidan  xatolar  paydo 
boMadi;  kichikroq  olinsa -   instrumental  xatolar tufayli  aniqlik  darajasi  kamayadi. 
Konstruksiyalami  sinashda  mexanik  tenzometrlaming  bazasi  odatda  2^-20  mm
oraligMda  olinadi. 
 
M aterialning  elastiklik  mod-
ulini  aniqlashda  elastik  uzayish- 
larni  aniq  oMchash  uchun  mar- 
ten sn in g   o p tik  richagli  ten- 
zometridan  foydalaniladi  (15.2- 
rasm).
Tenzom etr  bikr  planka  (1) 
dan  tashkil  topgan  boMib,  qistir- 
gich  (
2
)  yordam ida  nam unaga 
mahkamlanadi.  Plankaning  tepa 
uchi  (3)  qo‘zg‘almas,  pastki  uchi 
rom sim on  kesim li  prizm a  (4) 
dan  iborat.
a) 
|/>

Download 6,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish