Matemetika-Informatika



Download 397 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi397 Kb.
#678688
Bog'liq
Fiziologiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

“Matemetika-Informatika” fakulteti Amaliy matematika va
informatika yo’nalishi talabasi
Abduxamidov Mavlonbekning
Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sogʻligini himoya qilish yoʻlida olib borayotgan ishlari mavzusida yozgan
MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sogʻligini himoya qilish yoʻlida olib borayotgan ishlari.
R e j a :


I. Salomatlik haqida umumiy tushuncha.
II. Salomatlik va ta'lim-tarbiya.
III. Davlatimizning yosh avlodni sog‘lom qilib tarbiyalash yo‘lida olib
borayotgan ishlari.

1. Yosh avlodni sog‘lom tarbiyalash borasidagi farmonlar, qarorlar va


qonunlar.
2. “Sog‘lom avlod uchun”, “Sihat salomatlik” kabi gazetalarning ahamiyati.
3. “Sog‘lom avlod uchun” ordenining ta'sis etilishi.
4. Yosh avlodni sog‘lom tarbiyalash borasida o‘tkaziladigan konferensiyalar,
anjumanlar, suhbatlar, ko‘rsatuvlarning ahamiyati.
5. Sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida sportning o‘rni va bu boradagi ishlar.
6. Sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida kelgusida rejalashtirilgan vazifalar.
7. Xulosa.
Salomatlik (sog’lik) — har qanday tirik organizmning o’zi va uning barcha a’zolari o’z vazifalarini to’liq bajara oladigan holati: nuqsonlar, kasalliklarning yo’qligi (salomatlik tushunchasining batafsil ta’rifi quyida keltirilgan). Salomatlikni o’rganadigan fanlarga dietologiya, farmakologiya, biologiya, epidemiologiya, psixologiya (salomatlik psixologiyasi, rivojlanish psixologiyasi, eksperimental va klinik psixologiya, ijtimoiy (sotsial) psixologiya), psixiatriya, pediatriya, tibbiy sotsiologiya va tibbiy antropologiya, psixoxigina, defektologiya va boshqalar kiradi. Inson salomatligini muhofaza qilish (sog’liqni saqlash) — davlatning vazifalaridan biridir. Dunyo miqyosida inson salomatligini saqlash bilan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) shug’ullanadi.

SALOMATLIK TUSHUNCHASI VA TA’RIFI HAQIDA


JSST nizomiga ko’ra, «salomatlik — nafaqat kasallik va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi, balki to’liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holatidir». Biroq, bu ta’rifni populyatsion va individual miqyosda salomatlikni baholash uchun ishlatib bo’lmaydi. JSST ma’lumotlariga ko’ra, mediko-sanitar statistikada salomatlik tushunchasi ostida insonda kasalliklar va buzilishlar aniqlanmasligi, populyatsion miqyosda esa — o’lim, kasallanish va nogironlik ko’rsatkichining pasayishi jarayoni tushuniladi.
P. I. Kalyu «Salomatlik tushunchasining asosiy xususiyatlari va sog’liqni saqlashni qayta tuzishning ayrim masalalari: batafsil ma’lumot» nomli ishida dunyoning turli mamlakatlarida, turli davrlarda va turli ilmiy me’yorlar tomonidan tuzilgan salomatlikning 79 ta’rifini ko’rib chiqdi. Ta’riflar orasida quyidagilar uchraydi:
Sog’lik — organizmning barcha darajalarda normal faoliyat ko’rsatishi, shaxsiy yashab qolish va nasl qoldirishga imkon beradigan biologik jarayonlarning normal kechishi. Organizm va uning funktsiyalarining atrof muhit bilan dinamik muvozanati. Ijtimoiy faoliyatda va jamoat foydali ishlarida qatnashish, asosiy ijtimoiy funktsiyalarni to’liq bajarish qobiliyati.
Kasalliklar, kasal holatlar va o’zgarishlar bo’lmasligi. Organimzning doimo o’zgarib turadigan atrof-muhit sharoitlariga moslashish qobiliyati. Kalyuga ko’ra, barcha mumkin bo’lgan salomatlikning barcha tavsiflari quyidagi tushunchalarga tenglashtirilishi mumkin:
Tibbiy model — tibbiy belgilar va xususiyatlarni o’z ichiga olgan ta’riflar uchun; salomatlik kasallik va uning alomatlari yo’qligi sifatida.

Biotibbiy model — organik buzilishlar va nosog’lomlikning sub’yektiv hissiyotlari yo’qligi.


Bioijtimoiy (biosotsial) model — ijtimoiy belgilar birinchi o’ringa qo’yiladigan tibbiy va ijtimoiy belgilar birgalikda qaralishi qo’shiladi.


Qiymat-ijtimoiy model — qiymat sifatida insonning salomatligi qaraladi; JSSTning ta’rifi aynan shu modelga to’g’ri keladi.


TIBBIY-IJTIMOIY TADQIQOTLARDAGI SALOMATLIK DARAJALARI.


Individual salomatlik — bu alohida insonning sog’lig’i.

Guruh salomatligi — ijtimoiy va etnik guruhlarning salomatligi.


Mintaqaviy (regional) salomatlik — ma’muriy hududlar aholisining salomatligi.


Jamoat salomatligi — populyatsiya salomatligi, umuman aholining sog’ligi; «kasalliklarni oldini olish, hayot davomiyligini uzaytirish va tashkiliy sa’y-harakatlar orqali sog’lomlashtirish, jamiyat, tashkilotni o’z fikriga binoan tanlash (davlat yoki xususiy, jamoat yoki individual) ilmi yoki san’ati» deya ta’riflanadi. Jamiyat sog’lig’ining profilaktikasi usullari — ta’lim dasturlarini joriy etish, siyosatni, xizmat ko’rsatishni ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar o’tkazishdir. Emlash tushunchasi jamoat salomatligi tushunchasi bilan bog’liq. Davlat sog’liqni saqlash dasturlarining ulkan ijobiy ta’siri keng e’tirof etilgan. XX asrdagi sog’liqni saqlash siyosati natijasida qisman, chaqaloqlar va bolalar o’limining pasayishi kuzatildi va dunyodagi ko’plab odamlar hayot davomiyligi barqaror o’sdi. Misol uchun, amerikaliklarning o’rtacha umr ko’rish darajasi 1900 yildan boshlab 30 yilgacha, butun dunyoda olti yilga ortganligi qayd etildi.

SALOMATLIK DARJASINI ANIQLASH, UNING KO’RSATKICHLARI


Inson salomatligi — sifat ko’rsatkichi bo’lib, u miqdoriy parametrlar: antropometrik (bo’y, vazn, ko’krak qafasi hajmi, a’zolar va to’qimalarning geometrik shakli); jismoniy (yurak urish tezligi, arterial qon bosimi, tana harorati); biokimyoviy (tanadagi kimyoviy elementlar, eritrotsitlar, leykotsitlar, gormonlar va boshqalar miqdori); biologik (ichak florasining tarkibi, virusli va infektsion kasalliklar mavjudligi) va boshqa biomarkerlardan tashkil topadi.


Inson organizmi holati uchun «norma» tushunchasi mavjud bo’lib, bunda parametr qiymatlari tibbiyot fani va amaliyoti bilan belgilanadigan diapazonga to’g’ri kelishi inobatga olinadi. Qiymatning berilgan diapazondan og’ishi, salomatlik yomonlashuvining belgisi va dalili bo’lishi mumkin. Tashqi tomondan, sog’likni yo’qotish tananing tarkibiy tuzilmalari va funktsiyalarida o’lchanadigan buzilishlarda, uning moslashuvchanligi o’zgarishida ifodalanadi.
JSST nuqtai nazaridan, odamlar sog’lig’i ijtimoiy sifat hisoblanadi va shu munosabat bilan aholi salomatligini baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlar tavsiya etiladi:
Yalpi ichki mahsulotni sog’liqni saqlashga sarflash;
Birlamchi tibbiy yordamning mavjudligi;
Aholining immunizatsiya darajasi;
Homilador ayollarni malakali xodimlar tomonidan tekshirilishi darajasi;
Bolalarning oziqlanish holati;
Bolalar o’limi darajasi;
O’rtacha umr ko’rish davomiyligi;
Aholining gigienik savodxonligi.

Talim jarayonida soglikni muhofaza qiluvchi muhit yaratish dolzarb pedagogik muammo sifatida Agar talim logikasi “Nima uchun o’qitamiz?” degan savolga, talim mazmuni “Nimani o’rgatamiz?” degan savolga javob bersa, pedagogik 7 texnologiyalar “Qanday o’qitamiz?” degan savolga javob beradi. Salomatlikni muhofaza qilish nuqtai nazaridan esa: talimni shunday tashkil etish kerakki, bunda o’qituvchi va o’quvchlarning salomatligiga ziyon etmasin, deymiz. SHunga ko’ra salomatlikni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni istalgan talimiy texnologiyalarning sifat ko’rsatkichi, yani “salomatlik uchun xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi sertifikat” deb ham, pedagogik faoliyatning salomatlikni muhofaza qilish vazifalari bilan to’ldirilgan printsip, usul, metod va vositalar yigindisi deb ham qarash mumkin. Talim jarayonida salomatlikni muhofaza qilish vazifalarining qo’yilishini ikki aspektini belgilash mumkin: vazifa-minimum, vazifa-optimum. Vazifa minimum meditsina va pedagogikaning fundamental printsipi – “Zarar etkazma!” degan printsipiga javob beradi hamda o’quvchilarning salomatligiga zarar etkazmaydigan talim, tarbiya va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi. Bu vazifa o’quvchi mehnatini muhofaza qilish vazifasi bilan bir xil bo’lib hisoblanadi. Odatda, mehnat muhofazasi ishlab chiqaruvchining salomatligini asrash, uning shikastlanishi, sog`ligiga zarar etkazilishining oldini olishga qaratiladi.


O’quvchining “ishlab chiqarishdagi ish joyi ” – bu parta, sinf, maktab; faoliyati – o’qish bo’lib, bunda talim muassasasi rahbari va har bir o’qituvchining vazifasi – o’quvchini maktabda bo’lgan vaqtida jismoniy va ruhiy jihatdan unga shikast etkazishi mumkin bo’lgan omillardan asrashdir. Ana shunday faktorlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. ekologik-gigienik omil (atrof-muhit); 2. tashkiliy-pedagogik omil;
3. pedagogik-psixologik omil. Salomatlikni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni amalda qo’llashni esa vazifa-optimum deb qarash mumkin bo’ladi. Bu texnologiya salomatlikni muhofaza qilish bilan birga o’quvchilarda soglom turmush tarzi odatlarini tarkib toptiradi va salomatligini mustahkamlaydi, ularda salomatlik madaniyatini shakllantiradi, shu bilan bir qatorda o’qituvchilarning ham salomatligini asrab, ularda ongli ravishda o’zi va atrofidagilarning salomatligiga gamxo’rlik qilish madaniyatini shakllantiradi. Salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasining printsiplari quyidagilardan iborat: 1. Zarar etkazmaslik printsipi. 2. O’qituvchi va o’quvchilarning salomatligini asorashning ustivorligi printsipi. Bu talim muassasasida ro’y beradigan barcha voqea-hodisalar – ishchi o’quv reja, ish rejalarining ishlab chiqilishidan tortib to ularni bajarilishini tekshirish, darslarning tashkil etilishi, tanaffuslarning vaqtida bo’lishi, o’quvchitlarning darsdan tashqari ishlarini tashkil etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash, ota-onalar bilan ishlash va boshqalar o’qituvchi va o’quvchilar psixofiziologik holati va salomatligiga tasiri nuqtai nazaridan o’rganilishini nazarda tutadi. 3. Salomatlik to’grisida uchyoqlama yagona tasavvur hosil qilish printsipi (jismoniy, ruhiy va manaviy-axloqiy salomatlikning yagonaligi). 8 4. Uzluksizlik va vorisiylik printsipi (salomatlikni muhofaza qilish ishi talim muassasasida har kuni, har bir darsda muntazam ravishda amalga oshirilishi nazarda tutiladi). 5. O’quvchilar bilan subekt-subekt munosabatlarini yo’lga qo’yish printsipi (bunda talim jarayonining salomatlikni muhofaza qilish xususiyati o’quv dasturlari mazmuniga singdirilgan bo’lishi nazarda tutiladi). Pedagoglar talim jarayonining salomatlikni muhofaza qiluvchi shart-sharoitlarini taminlaydi, o’quvchilarning o’zi ham ularga bu umumiy vazifani bajarishga yordam beradi. O’quvchilarda o’z sogligiga nisbatan masuliyat tarbiyalanadi. Har bir o’quvchiga individual yondoshiladi. 6. Talimning o’quvchilar yosh xususiyatlarini anglagan va himobga olgan holda tashkil etilishi prinrtsipi. O’quv yuklamasi hajmi va mazmunining o’quvchi shaxsiy imkoniyatlariga mos bo’lishi. Bunda predmetlararo o’zaro aloqaga kompleks yondashuv inson salomatligini asrash samaradorligining asosi sifatida qaraladi. Pedagoglar, psixologlar hamda tibbiyot xodimlari o’rtasida o’zaro kelishuv va hamkorlik asosida ish olib boriladi. Bunda ijobiy tasirlarning salbiy omillardan ustivorligiga amal qilinadi. 7. Muhofaza qiluvchi va mashq qildiruvchi strategiyaning uygunligi printsipi. Bunda maktab o’quvchilarning salomatligi bilan bogliq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: o’quvchilarning charchab qolishiga olib keladigan o’quv yuklamalarini olib tashlash o’quvchilarning jismoniy faolligini taminlash, profilaktika ishlari maktabda bo’lgan vaqtlarida o’quvchilarning to’gri ovqatlanishlarini taminlash o’quvchilarning salomatligiga zarar etkazdigan talim jarayoni bilan bogliq omillarning oldini olish o’quvchilarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash (maktab stresslari, bolalar orasida tarqalgan zararli odatlarning oldini olish) o’quvchilarda salomatlik madaniyatini, o’qituvchilarda esa salomatlik va soglikni asrash borasidagi kompetentlikni shakllantirish o’quvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash borasida ularning ota-onalari bilan hamkorlik qilish. Talim muassasalarida ta`lim oluvchilarning salomatligin muhofaza qilish borasida o’qituvchi nimalarni bilishi va bajara olishi lozim? Bunga quyidagicha javob beramiz:
1. Pedagogik vaziyatni salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi shartsharoitlari nuqtai nazaridan tahlil qilish. 2. Soglom turmush tarzi asoslarini egallagan bo’lish. 3. O’quvchilar jamoasi bilan aloqa o’rnata olish. 4. Verbal va noverbal xatti-harakatlarni kuzatish va izohlash. 5. O’z o’quvchilari rivojlanishini prognoz qila olish. 9 6. O’zaro munosabatlarni salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi shartsharoitlariga moslab modellashtirish. 7. SHaxsiy namunasi asosida o’quvchilarni o’zi va atrofidagilar salomatligiga gamxo’rlik qilishga o’rgatish. YUqorida sanab o’tilgan ko’nikmalarning barchasi o’zaro chambarchas boglangan bo’lib, ular talim jarayonida salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi metod, usul va vositalarini samarali qo’llashga yordam beradi. Pedagog-o’qituvchi salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishi va bolalar salomatligini mutahkamlab borishi uchun yil boshida tibbiyot xodimlari tomonidan berilgan o’quvchining sogligi to’grisida malumotnoma va shu asosda darslarning tabaqalashtirilishi, ota-onalar bilan hamkorlikda shifokor ko’rsatmalariga amal qilinishini taminlab borishning o’zi etarli emas. Eng avvalo pedagog salomatlikni muhofaza qilish masalalarida o’z tarbiyalanuvchilari uchun namuna bo’lishi kerak. Agar soglom turmush tarzi o’qituvchi uchun odatiy meyorga aylansa va faqat shundagina o’quvchilar o’z o’qituvchisiga ishonadilar, unga ergashadilar va salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasini kerakli darajada qabul qiladilar. Aholi sogligi har qanday davlatda milliy boylikning muhim elementi hisoblanadi. O’quvchilar sogligini saqlash va mustahkamlash mavzusining dolzarbligi esa ular shaxsida ijtimoiy faollik, ijodiylik va samarali mexnat motivlarini tushunish, kullab kuvatlash bilan bogliq muammolarni hal etish bilan belgilanadi.

Maktab o’quvchilari salomatligini muhofaza qilish va uni rivojlantirish yoshlar umumiy salomatligi diagnostikasi, profilaktikasi hamda bevosita davolanishi sohalarida amaliy tasirga ega muhim bir bo’gin hisoblanadi. O’rta umumtalim maktablarida o’quvchilarga individual yondashish o’ziga xos psixo-pedagogik jarayon bo’lib, u quyidagi asoslarda o’z aksini topadi: - o’quvchi uchun unga xos bo’lgan barcha jihatlar, albatta, shaxsiy mazmunda bo’lib, unga qo’pol aralashib bo’lmaydi; - axloqiy va huquqiy jihatdan barcha o’quvchilar, albatta, teng huquqlidir; - o’quvchilarning har biriga ularni ajratmasdan ishonch, hurmat va samimiylik bilan muomalada bo’lish; - hech kim hech qachon o’quvchidan o’z maqsadi yo’lida garazli foydalanishga haqqi yo’q; - har bir o’quvchi har qanday masalada erkin tanlash imkoniga ega bo’lishi kerak; 10 - maktab o’quvchisi shaxsining yuksalishiga to’siq bo’lmay uni rivojlantirishi kerak. O’quvchi salomatligini muhofaza qilish muhitini yaratishning bosh maqsadi uni tashqi salbiy tasirlardan (yomon axloqiy muhitdan, avtoritar munosabatlardan, malum bir bezori guruh bosimidan, jinoiy xarakterdagi zo’ravonlikdan, qiziqarli, lekin salbiy axborot tasirlaridan, bolalarni o’ziga tortuvchi zararli odatlardan) himoya qilish zarur bo’ladi. SHu bilan birga o’quvchilarni ko’zga ko’rinmasada, lekin ular tarbiyasini va albatta sogligiga zarar etkazuvchi manaviy-ruxiy qusurlardan (xudbinlik, kibru-havo, nafs balosi, xudbinlik, jaholatparastlik, manaviy noqislik, axloqiy buzuqlik, laganbardorlik v.h.k.z ) himoya qilish ham, albatta, muhim ahamiyatga ega bo’ladi. O’quvchilar sogligi shakllanishi va rivojlanishiga tasir etuvchi omillar tabiiy, ijtimoiy, psixofiziologik, tashkiliy pedagogik va mamuriy-boshqaruv yo’nalishlarda bo’ladi. Undagi tashkiliy pedagogik ishlar asosan o’quvchilarda soglom rivojlanish, soglom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. Pedagogik faoliyatda esa u quyidagi vazifalar ijrosida amaliy namoyon bo’ladi: - tozalik, tartib-intizom va o’ziga ishonch tuygularini shakllantirish; - o’quvchilarda salomatlik motivatsiyasi, o’z sogligining qadriga etish, salomatlikka oid bilimlarga qiziqish, soglikka foydali malumotlarni to’plab o’z hayotida unga rioya etishni o’rgatish; - o’quvchilarda


tabiiy mavjud bo’lgan soglik imkoniyatlarini anglab, uni ko’paytirib borishlariga ularni yo’naltirish. O’quvchilar salomatligini muhofaza qiluvchi va uni mustahkamlashga qaratilgan shart-sharoit maktablarda kuyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: - maktabda mo’tadil insonparvar muhit yaratilishi; - o’quvchilar individual xususiyatlarini hisobga olib borish; - maktabda erkin ijod muhitini yaratish; - profilaktika ishlarini tegishli talablar asosida to’gri yo’lga qo’yish; - o’quvchilar imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun etarli sharoitlar yaratish; - sanitariya-gigiena meyorlarini doim saqlash; - jismoniy tarbiyani samarali tashkil etish; - o’quvchilar sogligidagi o’zgarishlarni doimiy kuzatib borish, aniqlash va tegishli choralarni ko’rish; - o’quvchilar salomatligini muhofaza qilish bo’yicha qiziqarli musobaqalar, sayohatlar va badiiy kechalar dasturlarini ishlab chiqish. Bularning barchasi juda keng ko’lamdagi ishlarni taqozo etgani sababli unga tashkiliy echimi jihatidan diferrentsial yondoshish maqsadga muvofiq bo’ladi. Unda birlamchi tashkiliy yo’nalishlar talim jarayonida va tarbiya jarayonidagi individual yondashishlardan iborat bo’ladi. Talim jarayonida o’quvchilar salomatligini muhofaza qilish jarayoni muayyan vazifalar ijrosi orqali taminlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida yoshlar masalasiga alohida urg‘u berdi.
Ushbu murajaatnomada yoshlar haqida keltirilgan maqtovlar va biz yoshlarga bo‘lgan ishonch kuchimizga-kuch hamda g‘ayratimizga- g‘ayrat qo‘shdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Murojaatnomada yoshlarni sog‘lom va barkamol tarbiyalash borasida belgilangan chora-tadbirlar, xususan, Nukus shahrida Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi, Urganchda “Yoshlik” sport majmuasi, Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro shaharlarida universal sport komplekslari, Qarshi shahrida sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, ko‘p tarmoqli yopiq suzish havzasi barpo etilishi kelgusida sport sohasida ko‘plab yoshlarimizni yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga zamin yaratishi shubhasiz.
Chetda ishlayotgan va tahsil olayotgan yoshlar borasida Yurtboshimiz tomonidan berilgan takliflar O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratish, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o‘tkazish hamda chet ellarda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan o‘zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish kabilar, o‘ylaymanki xorijdagi yurtdoshlarimiz bo‘lmish yoshlarni vatanparvarlik tuyg‘usini saqlab qolish bilan bir qatorda tajriba almashish maydonini xosil qilishda poydevor vazifasini o‘taydi.
Shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun 2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi ayni muddao bo‘ldi. Murojaatnomada kelasi yildan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona ko‘rigida xavf-xatardan ogoh etish tizimi, ya’ni, tadbirkorlar qanchalik halol ekaniga qarab, ularni “yashil” va “qizil” yo‘laklar orqali o‘tkazish joriy etilishi, barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish ikki yilga to‘xtatilishi, internet tarmog‘ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibi o‘rnatilib, 2018 yildan elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo‘yicha elektron tizim tashkil etilishi va shu kabi bir qator imtiyozlar berilgani tadbirkorlar, ayniqsa yosh va yangi innavatsion g‘oyalar bilan o‘zining mustaqil tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi

Xulosa

Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” nomli ma’ruzasida “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intеllеktual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XX1 asr talablariga to’liq javob bеradigan barkamol avlod bo’lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz” deyiladi.




Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish