5. Ta’limida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar
Matematika va iqtisodiy fanlar fanlararo aloqadorliginingxususiy samaradorlik ko‘rsatkichlari
|
Kasbiy ta’limda fanlararo aloqadorlik samaradorligining umumiy ko‘rsatkichlari
|
Tarmoq iqtisodi sohasidagi bilimlar tizimini shakllantirish
|
Umumta’lim va maxsus o‘quv fanlari mazmunini jiddiyroq va hartomonlamali ochib berish.
|
Iqtisodiyotda jarayon va hodisalar o‘rtasida sabab-oqibat o‘zaro aloqalar mohiyatini o‘zlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
|
O‘quvchilarning mustaqil, bilish faoliyat doirasini kengaytirib, doimo bilishga oid masalalarni murakkablashtirish, o‘quvchilar diqqatini o‘quv fanining asosiy jihatlariga to‘plash.
|
Abstrakt matematika nazariyasini chuqurroq va ongliroq o‘rganish, shuningdek o‘quvchilarning matematika va iqtisodiyot fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.
|
O‘quv axborotini izchil va muntazam o‘rganish, o‘quv dasturi, darslik, o‘qitish-ning usul va shakllarini tuzishda ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ta’minlash.
|
Ko‘nikmalarni takomillashtirish: jadval, adabiyot, statistik ma’lumotlar bilan ishlash, tadqiqotchilik xususiyatidagi mustaqil ishlarni olib borishni bashorat qilish.
|
O‘quvchilarda bilishga qiziqishni turli o‘quv fanlarining uzviy birlikdagi vositalari bilan shakllantirish.
|
Turli iqtisodiy holatlar tahliliga ijodiy yondoshuvni rivojlantirish.
|
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ijodiy hamkorlikni amalga oshirish.
|
Iqtisodiy mazmundagi amaliy masalalarni yechishda matematik bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishni mustahkamlash va ularni qo‘llash.
|
Zamonaning muhim bo‘lgan ilmiy muammo va masalalarini hamda fanning hayot bilan aloqalarini turli fan vositalari yordamida o‘rganish.
|
Berilgan holatning eng yaxshi yechimini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ko‘rsatkich va shakllarini baholash.
|
Har xil ishlab chiqarish holatlarini modellashtirish va tahlil qilishga ijodiy yondashuv.
|
O‘quvchilarda matematika va iqtisodiy bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llash, bilim orttirishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish
|
Olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash.
|
1. Fanlararo aloqadorlik ta’lim jarayonida o‘qitishning ilmiyligi va qulayligini oshirishga, o‘quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga, ularning bilimlari sifatini yaxshilashga imkon beruvchi va o‘quvchilarning ilmiy qarashlarini hamda e’tiqodlarini samarali rivojlantirishga yordam beruvchi didaktik shart sifatida ishtirok etadi. Ularni amalga oshirish, vaqtni tejagan holda o‘quv reja, dasturlar, darsliklarning tuzilishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Tuzilmaviy-mantiqiy model orqali matematika fanining umumta’lim va kasbiy siklning har bir guruh fanlariga aloqador ekanligini ifodalash mumkinligi matematika va iqtisodiyotga oid fanlarning fanlararo aloqadorligini birlashtirilgan darslar vositasida amalga oshirish o‘ta muhimligini ko‘rsatdi.
3. Iqtisodiyot yo‘nalishidagi fanlarni fanlararo aloqadorlikning tuzilmaviy-mantiqiy modelda o‘rnatilgan ketma- ketligi ida kichik mutaxassislarni tayyorlashda fanlararo aloqadorlikni ta’minlovchi texnologik ketma- ketlikni o‘rnatish imkonini berdi va u quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Maqsad qo‘yish, Loyihalash, Amalga oshirish, Nazorat.
4. Fanlararo aloqadorlikni muvaffaqiyatli amalga oshirish shartlaridan biri - o‘quvchilarni o‘rganilayotgan iqtisodiyot yo‘nalishidagi fanlarda matematika fanining tatbiqini namoyish etuvchi masalalarni yechishga o‘rgatish, o‘quvchilarga aniq misollarda, matematik apparatdan iqtisodiy mazmundagi amaliy masalalarni, masalan differensial hisobni yechish uchun qo‘llashga o‘rgatish amalga oshirildi, shuningdek ko‘rsatilgan chizmaga oid to‘rt xildagi turli iqtisodiy masalalar ko‘rib chiqildi. Bular esa matematik tushuncha va dalillarni ularning yo‘nalishlariga mos bo‘lgan fan masalalarini yechishda qo‘llash imkonini berdi.
5. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda fanlararo aloqadorlikni qo‘llash quyidagilarni ta’minlaydi: o‘quvchilarni iqtisodiy soha bilan tanishtirishni; jarayon va iqtisodiyot o‘rtasidagi o‘zaro sabab-oqibat aloqalari mohiyatini o‘zlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni; olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilishni.
6. O‘rgatuvchi tajriba natijalari «Iqtisodiyot yo‘nalishidagi fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish texnologiyasi» dan foydalanish samarali ekanligini ko‘rsatdi. Olib borilgan tajriba natijalari iqtisodiyot yo‘nalishidagi ida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish texnologiyasidan foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishini ko‘rsatdi.
7. Fanlararo aloqadorlikni amalga oshirishga quyidagi usullar yordam beradi: taqqoslash, modellashtirish, tahliliy chizmalarni tuzish, iqtisodiy-ijtimoiy muammolar tahlili, tadqiqot tarzidagi tajriba va kuzatuvlar tahlili, statistik ma’lumotlar tahlili, matematik hisoblashlar hamda iqtisodiy masalalarning keng doirasini yechishga imkon beruvchi, universal matematik usullardan biri bo‘lgan differensial hisob. Iqtisodiy muammo tahlilida hosiladan foydalanishning muhimligi shirkatning moliyaviy ahvoliga bog‘liq bo‘lgan u yoki bu ko‘rsatkichning maqbul ma’nosini aniqlashda yorqin namoyon bo‘ladi.
8. Ta’limida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish samaradorligining umumiy va ayrim ko‘rsatkichlarini namoyon qiluvchi model ishlab chiqildi. Umumiy ko‘rsatkichlar quyidagilarni nazarda tutadi: umumta’lim va maxsus o‘quv fanlarining mazmunini chuqur va har tomonlama ochib berish; o‘quv dasturi, darsliklar, o‘qitishning usul va shakllarini tuzishning o‘zaro aloqasini ta’minlab, o‘quv axborotini izchil va muntazam o‘zlashtirish.
9. Tajriba-sinovining shakllantiruvchi bosqichi natijalari, matematika va iqtisodiy fanlarning fanlararo aloqadorligini qo‘llash quyidagilarga yordam berishini ko‘rsatdi: o‘quvchilarda matematika va iqtisodiyot fanlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish; matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni iqtisodiy mazmundagi amaliy masalalarni yechishda foydalanish; iqtisodiy hodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning shakli va ko‘rsatkichlarini baholashga, mazkur holatda eng maqbul qarorga kelishga; o‘quvchilarda bilimga qiziqishni, matematik va iqtisodiy bilimlarni hayotiy vaziyatlarda amaliy qo‘llay olish ko‘nikmasini o‘stirish.
10. Olib borilgan tadqiqot ta’limdagi fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish muammosi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarning yechimini topishga da’vogarlik qilmaydi. U matematika va iqtisodiyot fanlarining fanlararo aloqadorligini amalga oshirishdagi alohida holatlarini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |