Aloqa tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro ta’sirlashish usullari bo‘yicha
|
Aloqa variantlarining xilma xilligi
|
Etarli
Sinxron
Istiqbolli
|
Vaqtinchalik holat bo‘yicha
|
Xronologik
Xronometrik
|
Mahalliy
O‘rtacha ta’sir qiluvchi
Uzoq ta’sir qiluvchi
|
Xronologik aloqalar - bu ularni amalga oshirish tartibi bo‘yicha aloqadir.
Xronometrik - bu aloqa tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro ta’sirlashuvi davomiyligi bo‘yicha aloqalardan iboratdir.
Bu ikki turning har biri yana fanlararo aloqalar hillariga ham bo‘linadi.
Fanlararo aloqalar tarkibi bo‘yicha- aniq mavzuni o‘rganishda boshqa fanlardan qanday foydalanishni, nimalarni o‘tkazilishni ko‘rsatadi.
Fanlararo aloqalarning yo‘nalish bo‘yicha tahlili quyidagilarni ko‘rsatadi:
1) Keng fanlararo aloqalar asosida o‘rganilayotgan, aniq ko‘rib chiqilayotgan o‘quv mavzusi uchun bir, ikki yoki bir necha o‘quv fani fanlararo axborot manbai bo‘ladimi?
2) fanlararo axborot faqat asosiy o‘quv fani mavzusini o‘rganishda (to‘g‘ri aloqalar) foydalaniladimi, yoki mazkur mavzu ta’lim muassasasining o‘quv rejasidagi boshqa mavzular, boshqa fanlar uchun ham axborot «etkazuvchi» bo‘ladimi? (Teskari yoki tiklanuvchi aloqalar).
Vaqtinchalik holat bo‘yicha omil quyidagilarni ko‘rsatadi:
1) boshqa o‘quv fanlaridan foydalaniladigan qanday bilimlar o‘quvchilar tomonidan olib bo‘lingan, qanday materialni esa kelgusida o‘rganish kutilmoqda (xronologik aloqalar);
2) fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish jarayonida o‘rganish vaqti bo‘yicha qaysi mavzu yetakchi, qaysinisi yetaklanuvchi bo‘ladi (xronologik sinxron aloqalar);
3) fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish jarayonida mavzularni o‘zaro ta’sirlashuvi qanchalik uzoq vaqt ro‘y berishi mumkin.
Fanlararo aloqalarning yuqorida keltirilgan tasnifi o‘xshash tarzda ichki siklli kursning aloqalarini (masalan, biologiya kursida-botanika, zoologiya, anatomiya va umumiy biologiya o‘rtasidaga aloqalar), (kimyo kursida- nooarganik va organik kimyo o‘rtasidagi aloqalar), tasniflashga shuningdek ma’lum o‘quv fanining mavzulari o‘rtasidagi fanlar ichi aloqalarini, masalan botanika, organik kimyoning, eng yangi tarix bilan aloqasi. Fanlar ichidagi aloqalarda xronologik turlardan izchil va istiqbolli aloqa turlari ko‘pchilikni tashkil etadi, bu vaqtda sinxron aloqa turlari keskin cheklangan bo‘ladi, fanlar ichi aloqalarida esa sinxron tur umuman ishtirok etmaydi. O‘quv fani- fanlararo aloqadorlikning didaktik asosidir. M.N Skatkin o‘quv fanini tuzishda tayanch nuqtalarini aniqlab, fanlararo aloqalarning vazifasi bilimlarni bir joyga to‘plash va bilimlar tizimini ta’minlashdan iboratdir, deydi.
«Bilimlarni to‘plash deyilganda o‘quvchilar tomonidan mazkur va boshqa fanlar bo‘yicha egallanayotgan, bilimlarga tayanuvchi ma’lumotlarni chuqur va har tomonlama yoritish tushuniladi. Shu bois, dasturlarning bunday tuzilishini bir tekislikda yotuvchi konsentrik doiralar bilan emas, balki spiral bo‘yicha yuqoriga tomon qilingan harakat bilan taqqoslash to‘g‘riroq bo‘lar edi». Bu spiralsimon ko‘rinishdagi yuqoriga harakat bilimlar tizimiga qarab har xil o‘quv fanlarida o‘rganilayotgan ma’lumotlar, tushunchalar, nazariyalar, g‘oyalarning ko‘p tomonli aloqalari bilan ta’minlanadi.
Tadqiqotlar o‘quv fanida va o‘qitishning dastlabki bosqichlarida birlashtiruvchi asoslarni ta’minlash fanlararo bilimlarni, ularning «zichlashtirilgan» birliklarini, jamlangan g‘oyalarini keng jalb qilishni talab etishini ko‘rsatdi.
Bir tomondan, o‘quv fani tushunchasi asosiga ko‘ra tor tushuncha, chunki u umumiy ta’limning maqsadlariga javob beruvchi faqat asoslarinigina o‘z ichiga oladi, ikkinchi tomondan esa, u nihoyatda keng tushuncha hamdir, chunki u o‘zlashtirishning bevosita pedagogik vositalarini ham o‘z ichiga oladi. Fanlararo aloqalar o‘quvchilarning bilish faoliyatini umumilmiy g‘oya va usullar asosida tuzish imkonini beradi. Ular o‘qishning umumiy qobiliyatlarini shakllantiradi va fan tuzilishining umumiy tamoyillarini ochib beradi .
Ta’limning turlari mazmunini (badiiy, biologik, matematik) fanlar o‘rtasidagi aloqadorlikni hisobga olmay turib aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun fanlararo aloqadorlik alohida o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim mundarijasini tuzish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |