MATEMATIKANI O’QITISHDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI AHAMIYATI
Hozirgi kunda butun dunyoda xalqaro baholash dasturi mavjud. Bu dasturga ko’ra PISA, PIRLS, TALISlar kiritiladi. Bu dasturlar haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’taman.
O‘qish savodxonligi 2000-yilda PISA xalqaro baholash tadqiqotining
1-bosqichida asosiy yo‘nalish edi. 4-bosqichda PISA-2009 xalqaro baholash tadqiqotida yana ustuvor yo‘nalish hisoblanib, qisman qaytadan yangi baholash vositalari va konsepsiyasini ishlab chiqishni talab etdi. 2018-yil PISA tadqiqotining 7-bosqichida o‘qish savodxonligini baholash uchinchi marotaba diqqat markazida bo‘ldi. Yangi bosqichda vositalarni qo‘llashda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Konsepsiyani qayta ko‘rib chiqish zamonaviy o‘qish savodxonligi nazariyasiga asoslanadi, hamda zamonaviy hayotda o‘qish sharoitini hisobga olib, o‘quvchilar keng mazmundagi ma’lumotlarni qabul qilishadi va ulardan keng foydalanishadi. Biz shiddat bilan o‘zgarayotgan, son jihatidan va turli xil yozma materiallar borgan sari ko‘payib borayotgani hamda ko‘plab insonlar ushbu materiallarni mutlaqo yangi va murakkab usullar bilan qo‘llayotgan dunyoda yashayapmiz. Hozirda jamoatchilik tomonidan o‘qish savodxonligining rivojlanayotganligi jamiyat va madaniyat sohasidagi o‘zgarishlar bilan hamohang ekanligi anglab tan olinmoqda. O‘qish malakasi, individual rivojlanish, ta’lim faoliyatidagi yutuqlar, jamoatchilikdagi faollik uchun zarur. Chunki ushbu faoliyatlar 20 yil avval zamonaviy qarashlardan farq qilar edi. Albatta, bu 20 yildan so‘ng yanada ko‘proq o‘zgarishi mumkin.
Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini umumiy o’rta ta’lim maktablarida darsni tashkil etishning bir necha turlaridan foydalanildi. Ammo, ularning har birini tuzilishi o’ziga xos bo’lib, bir-biridan farq qiladi. Ularning tuzilishi asosan darsdan ko’zlangan maqsadga bog’liq. Ta’limiy maqsad va vazifalar esa dars turning nomlanishidan ko’rinib turibdi. Masalan: yangi mavzuni bayon qilish mustahkamlash, takroriy umumlashtiruvchi, aralash, nazorat dars turlari. Ular bosqichma bosqich bir-birini to’ldirib boradi. Ya’ni, dastlab yangi mavzu haqida bilim beriladi, keyingi darsda o’quvchilar bilimlari amaliy ko’nima va malakalar bilan mustahkamlanadi. Navbatdagi dars turida egallagab bilim va ko’nikmalar takroriy umumlashtiriladi. Aralash dars turida o’quvchilar turli faoliyatlar bilan shug’ullanadilar, nazorat darsida esa o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikmalar tekshiriladi va baholanadi. Boshlang’ich sinf darslarini tashkil etishda pedagogik hamkorlikning mazmunini boshlang’ich sinflarda takroriy umumlashtirubchi dars turining tuzilishi quyidagicha:
1. Darsning tashkiliy qismi
2. darsning maqsad va vazifalarini belgilab olish.
3. O’quv materiallarini umumlashtirish va tizimlashtirish.
4. Dars yakuni va uyga vazifa.
GALEREYANI AYLANISH METODI
Kichik guruhlarning barcha a‘zolariga bitta muammo taklif etiladi. Har bir
kichik guruh o’zlariga berilgan muammoga belgilangan vaqt ichida fikrlarini
yozib, javoblari yozilgan varaqlarini boshqa guruh bilan almashtiradi. Javoblarni
olgan guruh ularni baholaydi va tugal bo’lmasa o’z variantlari bilan to’ldiradi.
So’ngra guruhlar fikrlari umumlashtirilib, eng yuqori ballga arziydigan to’g’ri va
mukammal javoblar tanlab olinadi.
Namuna: Bu metod ko‘pincha matematikadan masalalar yechish darslarida yaxshi samara beradi. Bunda o‘qituvchi bir necha masalalarni topshiriq sifatida beradi. Har bir guruhni yechimini tekshirib eng oson va qulay usulda ishlangan yechim tanlanadi.
Agar bolalarning mustaqil ishlarini turli masalalarni yechish bo'yicha tashkil qilinsa, o'tilayotgan dars yanada samaraliroq bo'ladi. Buni darslikdan bir qancha o'xshash masalalarni tanlab olish orqali amalga oshirish mumkin. O'zbekistonning
ilg'or o'qituvchilari ish tajribasida ushbu ish usuli qo'llanilmoqda: o'qituvchilarning o'zlari masalalarni tuzadilar va tanlaydilar hamda ularni alohida ko'rgazmalarga yozadilar, darsda bolalarga turli masalalarni beradilar, bu vaqtda bir partada o'tirgan qo'shni o'quvchilar boshqa-boshqa masalalarni yechishadi. Bu o'quvchilarga individual yondoshishni ta'minlaydi va to'la mustaqillik uchun qulay
sharoit va har bir o'quvchining o'z qobiliyati bo'yicha ishlashiga qulay imkon
beradi. O'qituvchi bolalarning masalani to'g'ri yechishlarini kuzatib turadi, yo'l qo'ygan xatolarini tuzatishni aytadi, navbatdagi ish uchun har bir o'quvchiga, ularni yo'l qo'ygan xatolarini tuza-tishga yordam beradigan topshiriqlarni tanlaydi. Bunday ishlar masala yechish malakasini oshiradi va mustahkamlaydi. Matematika o'qitishni turmush bilan bog'lash, bolalarda umumlashtirish malakasini rivojlantirish, bir qator matematik tushunchalarni chuqur o'zlashtirish, miqdorlar orasidagi funk-sional aloqa va bog'lanishlarni yaxshi tushunish uchun o'quvchilarni o'zlari masala tuzishlari katta ahamiyatga ega.
“O‘xshashlik va farqni top” mashqi.
Maqsad: ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
Mashqning borishi: Olib boruvchi tomonidan o‘quvchilarga ikkita rasm ko‘rsatilib,ular o‘rtasidagi farq va o‘xshashlikni topishlari so‘raladi. Masalan: Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlariga oid rasm ko’rsatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
Xalqaro baholash dasturi haqidagi jurnallar
Jumayev.M. va b.q. “Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi” T- 2005 y 312 b
Mardanova F.I. «Matematikadan test topshiriqlari» 4-sinf T-O`qit 2007-y
Do'stlaringiz bilan baham: |