Matematikani o’qitishda o’quvchilarda kommunikativlikni shakllantirish”



Download 151,87 Kb.
bet10/14
Sana01.02.2022
Hajmi151,87 Kb.
#423591
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
matematikani oqitishda kommunikativlikni shakllantirish

Klasterni tuzish qoidasi:

  1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G„oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

  2. Xatni to„xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e‟tibor bermang.

  3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to„xtatmang. Agarda aqlingizda g„oyalar kelishi birdan to„xtasa, u holda qachonki yangi g„oyalar kelmaguncha qog„ozga rasm chizib turing.


3.2 § Kompyuter texnologiyalari asosida kommunikativlikni shakllantirish.


O`qitish mashinalarining o`z vazifasi bor va maqsadga muvofiq ravishda qo`llanadigan sohasi mavjud. Ular o`quvchilarning programmalashtirilgan ta`lim sharoitidagi mustaqil ishlarini boshqariladi, shuningdek , o`quv- o`zlashtirish to`g`risida o`qituvchini o`z vaqtida xabardor qiladi. Kompyuterlar ko`p hollarda (xususan, nazoratda) programmalashtirilgan darsliklar va o`quvchilarning imkoniyatlaridan ustunlik qiladigan didaktik imkoniyatlarga ega. Ular o`quv jarayonlarini tashkil etishda programmalashtirilgan ta`limni qo`llash sohasini kengaytiradi.
Kompyuterdan o`quvchilar bilan turli didaktik o`yinlarni o`tkazishda, geometrik figuralarni taqqoshlashda , hushyorlik va hozirjavoblikni rivojlantiradigan mashg`ulotlarni tashkil etishda ham foydalaniladi.
O`rta va yuqori sinflarda barcha o`quv predmetlarini o`rganish jarayonida ompyuterni qo`llash mumkin. Bundan tashqari kompyuter yordamida o`quvchilarga mavzu bo`yicha ko`rsatmali axborotlarni tez berish, nazorat topshiriqlari, mashqlar va boshqalarni tavsiya etish mumkin.
O`quv jarayonida kompyuterlarni qo`llash tegishli algoritmlar va tillarda foydalanib, plyonkaga yozilgan maxsus o`quv dasturi zarur. Kompyuterlar uchun bunday dasturlarni o`quv predmetlari metodikasi sohasidagi kerakli malakaga ega bo`lgan mutaxasislar ishlab chiqadi. O`rta maktabda kompyuterdan foydalanishning birinchi bosqichida uni praktikumlar davomida qo`llaniladi. Kompyuterlar o‟quvchilarning ta‟limiy o‟zlashtirish sifatini nazorat qilishni individuallashtirishga imkon yaratadi.Bunda o‟quvchilar mustaqil shug‟ullanadilar ular o‟zlarini nazorat qilish jarayonida xatolarini topadilar,programmalashtirilgan tipdagi mashqlarni bajarish asosida mazkur xatolarni bartaraf etish yo‟llarini izlaydilar.Kompyuterlar o‟quv predmetlari bo‟yicha sinfdan tashqari ishlarda ham keng qo‟llanadi,bu esa o‟quvchilar uchun dasturning u yoki bu bo‟limi bo‟yicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish,o‟rganilayotgan masalalarning ishlab chiqarish texnik tasvirlarini ko‟rib chiqish imkonyatini yaratadi.Tanaffus paytlarida kompyuterlardan o‟quvchilarni ovuntiradigan va ularning hordig‟ini chiqaradigan qiziqarli o‟yinlar uchun foydalanish mumkin.Bolalar charchab qolishini, shuningdek , zo`riqishning oldini olish uchun maxsus fiziologik-gegeyenik tadqiqodlarda har bir yoshdagi o`quvchilarning kompyuter bilan shug`ullanishi davomiyligining maqsadga muvofiq normativlari belgilangan. Maktablarda ishlatiladigan kompyuterlar uchun displeylarda qo`llanadigan shriftlarning o`lchamlari , tasvirlarning yorqinligi darajasi va ekranning yoritishi bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mana shularning hammasi ta`lim jarayonida kompyuterdan samarali va maqsadga muvofiq yo`sinda foydalanishni ta`minlaydi. Hozirgi kunda o`qituvchi mashg`ulotlarni tashkil etish , o`tkazish va nazorat qilishga, darsga tayyorlanishda uning mazmunan hamma o‟quvchilar uchun qiziqarli bo‟lishini taminlaydigan materialni izlashga juda ko‟p qimmatli vaqtni sarflaydi. Ana shu sermehnat va eskirgan jarayonni kompyuterdan foydalanish orqali uzluksiz to‟ldirish va yangilash mumkin. Butun kurslar bo‟yicha o‟quv dasturlarning muammoli yo‟naltirilgan paketlariga ega bo‟lish o‟quvchilarga
“o‟qituvchi-o‟quvchi” tizimida axborotlarni berish, qayta ishlab chiqish va takrorlash ishlarini mutlaqo yangichasiga tashkil etish imkonini beradi. Kompyuter o‟quvchining eskirgan aqliy ishini kamaytirishi va unga ijodiy faoliyat uchun imkoniyat yaratish kerak. O‟qituvchi o‟quvchilarning qobiliyatlari va tayyorgarliklarini saviyasini hisobga olib, ular bilan individual ishlashga ko‟proq e‟tibor berish mumkin. “O‟quvchi- kompyuter” tizimi muloqotning pedagogik maqsadiga bog‟liq bo‟lib, uni 3 ta darajaga ajratish mumkin:

  1. Faktli muloqot. Javob axborotning jasmiy talabi asosida tuziladi.

  2. Yo‟naltirilgan muloqot. Tavsiya etilgan masalani ta‟limning maqsadini hisobga olmay yechish.

  3. Ta‟sir ko‟rsatuvchi muloqot. Masalani o‟quvchi “modeli”ning o‟ziga hos hususiyatlarini hisobga olgan holda yechish. Maktabda “o‟quvchikompyuter” tizimidan foydalanishda javob berishda cho‟chib qolish psixologiyasi barham topadi. Haqiqatdan, nutqning kamchiligi, o‟zining fikrlarini shunchaki so‟z bilan ifodalay olmaslik, ko‟p o‟quvchilarga og‟zaki javob qaytarishda o‟z bilimlarini namoyish etrish imkonini bermaydi, natijada o‟qituvchi ana shunday o‟quvchilarning bilimlarini to‟g‟ri baholay olmaydi.

Quyida o‟quvchi bilan kompyuter o‟rtasidagi muloqotdan bir misol keltiramiz:

  • Men uchga bo`linish belgisini bilishingni tekshiraman , ekranda ko`rinadi.

  • Aytib berish zarurmi?

  • Ha-0, Yo`q-1.

  • 1

  • Nechta misol yechishni xohlaysan?

  • 2 ta

  • Qo`y-e, bu arzimagan ish, -Loaqal 5 ta misolni ol.

  • 6889010 soni 3 ga bo`linadimi?

  • Aqlli ekansan, 513987 soni 3 ga bo`linadimi?

  • Sen deyarli mendek hisoblayapsan, -ajablanadi kompyuter, -qani yana aytgin-chi: 9726837 soni 3 ga bo`linadimi?

  • 1

  • Mening davrimda bunday javob uchun metallomga topshiradilar. Senga 3 ga bo`linish belgilarini aytish kerakmi? Mana shuda, yana rad etadi. Qara xato nimada? Bu sondagi raqamlarning yig`indisini ayt. To`g`ri . 3ga bo`linadimi?

E, bu qanaqasi, -shikoyat qiladi kompyuter, -iqror bo`l, sen axir karra jadvalini bilmaysan-ku. Bo`yningga ol, men hech kimga aytmayman.
Aftomatlashtirilgan o`qitish tizimi o`quv kursini yoki uning katta bo`limini mustaqil o`zlashtirishga imkon yaratadi. Bu tizim o‟zida oddiy darslik, masalalar to‟plami,labaratorya mashg‟ulotlari,ma‟lumotnoma va o‟zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert xususiyatlarini mujassamlashtirgan:
-Materyalni o‟rganishning maqbul yo‟lini taminlaydi,ya‟ni o‟quvchiga nazaryani o‟zlashtirish va misollar hamda namunaviy masalalarni yechish ko‟nikmalarini ishlab chiqish navbat-tartibini mustaqil tashkil etishiga,shuningdek olgan bilim va ko‟nikmalari sifatini o‟zi tekshirishiga imkon beradi;
_Taxlil va tadqiqotchilik faoliyatini ko‟nikmalarini singdiradi;
-O‟quvchining vaqtini tejashga imkon beradi.
Fanga yo‟naltirilgan muhit o‟quv dasturlari paketidan iborat bo‟lib,ma‟lum klass obyektlari bilan ish ko‟rishga,ular o‟rtasidagi munosabatni va obyektlar hamda munosabatlar ustida olib boriladigan ishlarni bajarishga,shuningdek obyektlarni va ularning xossalarini yaqqol tasavvur etishga imkon beradi.Tekshiruvchi dasturlar bilimlar sifatini tekshirish va baholash uchun mo‟ljallangan.Ular o‟quvchiga:javobni umum qabul qilingan shakilga maksimal yaqinlashtirilgan xolda kiritish;tekshirish natijalarini saqlash,yig‟ish,qog‟ozga ko‟chirish va statistik taxlil qilish;javobning shakli va sintaktik(gapning tuzilish) savodliligidan qat‟iy nazar,adekvat baho olish imkonini berish lozim.

Download 151,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish