II bob. Matematikani o’qitishda o’quvchilarda kommunikativlikni shakllantirish metodlari 2.1 § Matematikani o’qitishda hamkorlikda o’qitish texnologiyasi
O‟tgan asrning 80-yillari ta‟lim jarayoniga ko‟plab innovatsiyalarni kirib kelishiga asos bo‟lgan hamkorlikda o‟qitish texnalogiyasini amerikaning uch guruh pedogoglari-Voщt Xopkins universitetidan R.Slavin; Minisot shtati universitetidan D.Jonsonlar Kaliforniya shtati universitetidan A.Aronsonlar ishlab chiqqanlar. Ular bir qancha maktab nomoyondalari K.D.Ushiniskiy, N.T.Pirogov,L.N Tolstoy ilg'or tajribalarini umumlashtirib tadqiq qilganlar. Mazkur pedogogik texnologiya yangicha pedogogik tafakkur taraqiyparvar g‟oyalar manbai sifatida ko‟plab zamonaviy pedogogik texnologiyalartarkibiga kiradi. Hamkorlikda o‟qitisning asosiy g‟oyasi faqat birgalikda biror ish bajarish emas, balki birgalikda o‟qitishdan iborat.
Hamkorlikda o‟qitish texnologiyasining tasnifiy tafsifi.
Qo‟llanish darajasiga ko‟ra- ummumpedogogik;
Falsafiy asosiga ko‟ra-insonparvar;
Rivojlantirish omiliga ko‟ra-assotsiotiv, reflector, bosqichma –bosqich;
Mazmunuga ko‟ra-o;rgatuvchi, tarbiyaviy, insonparvar,umumta‟limiy,dunyoviy;
Boshqaruv turiga ko‟ra- kichik guruhlar sistemasi;
Tashkiliy shakliga ko‟ra-akademik,yakka,guruhda,tabaqalashtirilgan;
Bolaga yondashuviga ko‟ra-shaxsiy-insonparvar,sub‟ekt-sub‟ekt;
Boshqaruvchi metodga ko‟ra-muommolitadqiqiy,ijodiy,munozarali,o‟yinli;
O‟rganuvchilar darajasiga ko‟ra-ommaviy.Hamkorlikda pedogogikasiga yo‟naltirilgan;
Talab pedogogikasidan munosabatlar pedogogikasiga o‟tish;
Ta‟lim va tarbiya birligi;
Hamkorlikda o‟qitish texnologiyasining asosiy g‟oyasi-o‟quvchilarni turli o‟quv vaziyatlarida hamkorlikda faol harakatlariga shart-sharoitlar yaratishdir.
O‟quvchilarning o‟quv materillarini o‟zlashtirish imkoniyatlari turlicha: ayrilari o‟qituvchining tushuntirishlarini tez ilg‟ab oladi, ayrimlariga qo‟shimcha vaqt va tushuntirish ishlari zarur. Bunday o‟quvchilar o‟quv mashg‟ulotlari davomida passiv bo‟ladilar. Agar o‟quvchilarni 4-5 nafardan kichik guruhlarga bo‟lib, ishtirokchilarining har biri vazifasi aniq ko‟rsatib o‟tilsa, bunday vaziyatda har bir o‟quvchi o‟ziga yuklatilgan vazifa hamda guruh vazifsiga mas‟ulyat sezadi. Bunda past o‟zlashtiruvchi o‟quvchilar ilg‟or o‟quvchilardan yordam so‟raydilar. Hamkorlikda kelib chiqadigan muommolar hal etiladi. Tajribadan ma‟lumki, birgalikda o‟qish nafaqat qiziqarli va oson, balki samarali hamdir. Hamkorlikda o‟qitish turli vaziyatlari mavjud bo‟lib, ular uchun umumiy bo‟lgan tamoyillar qo‟yidagilar:
-Guruhlar o‟qituvchi tomonidan mashg‟ulotdan oldin, o‟quvchilarning psixologik moslasuvchanligi e‟tiborga olib tashkil etiladi. Har bir guruhda <>,<>,<> va albbatda qizlar va o‟g‟il bolalar bo‟lishi kerak;
-Guruhga bitta topshiriq beriladi va uning bajarilishida guruh a‟zolarining har biri vazifasi o‟qituvchi yordamida aniqlanadi;
-Har bir o‟quvchi bajargan ish emas,guruh ishi baholanadi;
-Guruhning qaysi ishtirokchisi guruh topshirig‟i yuzasidan javob berishini o‟qituvchi aniqlaydi. Ayrim hollarda <> o‟quvchi tanlanishi mumkin, chunki har bir topshiriqning maqsadi uni bajarilishini emas, balki har bir oquchi tomonidan uning o‟zlashtirilishidir.
Matematikani o‟qitish jarayonida jamoada o‟qitish priemlari quyidagicha bo‟lishi mumkin:
Juftlikda ishlash. O‟quvchilar bir-birlarini o‟tilgan mavzu boyicha bilmlarini nazorat qiladilar.Bunda o‟qituvchi tomonidan tarqatilgan test topshiriqlari, savolnoma, misol-mashqlar yozilgan kartochkalardan foydalanish mumkin.
Hamkorlikda yangi material ustida ishlash. Bir o‟quvchi kartochkadagi o‟quv materialini o‟qiyda, ikkinchisi matn bo‟yicha kuzatadi. Yangi tushunchalar ta‟riflaridaftarga yoziladi:
Yangi o‟quv materilidagi asosiy tushunchalarni yaxshi tushungan o‟quvchi nazoratida ikkinchi o‟quvchi o‟rganilayotgan ta‟rif, tastiqlar mohiyatini tushuntirishga harakat qiladi;
Har bir o‟quvchi yangi tushunchalarga doir misollar yechadi va o‟zi yechgan misolning yechilish jarayonini sherigiga tushuntiradi.Bunda har bir o‟quvchi o‟qituvchi vazifasini bajaradi;
Yangi oquv materiali ustida ishlash jarayonini A.G.Rivin metodikasi asosida tashkil etish mumkin.Bunda yangi o‟quv materialini bir qismini o‟zlashtirgan o‟quvchi ikkinchi qismini ozlashtirish uchun sherik qidiradi. Juftlik hosil qilgan oquvchilarning har biri o‟zi o‟zlashtirgan o‟quv materialini sherigiga tushuntiradi. Uchunchi qism o‟quv materialini o‟zlashtirish uchun yana bir boshqa o‟quvchi tanlanadi ;
O‟zgaruvchi juftliklarda ishlashni tenglama yoki tengsizliklarn, taqqoslamalarni turli yozish usullarini o‟zlashtirishda to‟plam yoki mulohazalar ustida bajariladiga amallarni o‟rganishda tashkil etish mumkin;
Darslik bilan ishlash. Bunda <> o‟quvchidan maslahatchi va nazoratchi sifatida foydalanish mumkin;
O‟zaro nazorat.Bunda yangi o‟zlashtirilgan ta‟rif yoki teoremalar,darslikdagi misol-mashqlardan foydalanish mumkin;
Nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‟rishda juftlikda ishlasni tashkil etish;
Jamoada ishlash uchun kartochkalardan foydalanishni yo‟ga qo‟yish. Yuqorida bayon etilgan jamoada ishlash metodlari, priemlarida ko‟zlangan g‟oyamaqsad va vazifalarning umumiyligi, har bir o‟quvchininig mas‟ulyati va yutuqqa erishishdagi teng imkoniyatlar oqituvchi tomonidan sinf-dars tizimida shaxsga yo‟naltirilgan ta‟limni tashkil etishga imkoniyat yaratadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |