O`QUVCHILARGA TAVSIYA ETILADIGAN MURAKKAB
MASALALARDAN NAMUNALAR:
1.
Bir shahardan bir vaqtda qarama-qarshi tomonga qarab ikki piyoda yo’lga
chiqdi. 2 soatdan keyin ular orasidagi masofa 16 km bo’ldi. Agar ikkinchi
piyodaning tezligi soatiga 5 km bo’lsa, birinchi piyodaning tezligini toping?
2.
Samarqand shahridan bir vaqtda qarama-qarshi tomonga qarab ikki
mototsiklchi yo’lga chiqdi. 5 soatdan keyin ular orasidagi masofa 715 km
bo’ldi. Agar birinchi mototsiklchining tezligi soatiga 65 km bo’lsa, ikkinchi
mototsiklchining tezligini toping?
3.
Maktab bog’iga 36 tup mevali daraxt bor. Daraxtlarning 2/9 qismi nok,
qolganlari olma. Maktab bog’idagi nok daraxtlari olma daraxtlariga qaraganda
necha tup kam?
4.
Kinoteatrning tomosha zalida 18 ta qator, har bir qatorda 22 tadan joy bor. Agar
chiptaning narxi 200 so’mdan bo’lib, 3 seansning hammasiga chiptalar sotilsa,
kinoteatrga qancha pul tushadi?
5.
Mirza 24 ta qo’ziqorin topdi. Karim Mirzaga qaraganda 6 ta kam qo’ziqorin
topdi. Nazira Karimga qaraganda 2 marta ko’p qo’ziqorin topdi. Ular uchalasi
birga nechta qo’ziqorin topishgan?
6.
Mirza 24 ta qo’ziqorin topdi. Karim Mirzaga qaraganda 6 marta kam qo’ziqorin
topdi. Nazira Karimga qaraganda 2 ta ko’p qo’ziqorin topdi. Ular uchalasi birga
nechta qo’ziqorin topishgan?
7.
O’quvchilar 25 tup daraxt ko’chatini yo’l chetiga bir to’g’ri chiziq bo’ylab
ekishdi. Har ikki qo’shni daraxt orasidagi masofa 3 m. Eng chekkadagi
daraxtlar orasidagi masofa necha m bo’ladi?
8.
Alisher, Nabi va Umidning og’irligi birgalikda 89 kg. Agar Alisher va Nabi 63
kg, Nabi va Umid 58 kg bo’lsa, har bir bolaning og’irligini toping?
9.
Turist uch kunda 47 km yo’l bosdi. U 1- va 2-kuni 33 km, 2- va 3-kuni 30 km
yo’l bosdi. Turist har qaysi kunda necha km dan yo’l bosdi?
14
10.
Kitob, albom va daftar birga 780 so’m turadi. Kitob bilan albom birga 600
so’m, kitob bilan daftar birga 410 so’m turadi. Kitob, albom va daftar alohida
qancha turadi?
11.
Onasi, otasi va qizi Ra’noning yoshini birga qo’shib hisoblaganda 71 yosh.
Ra’no bilan onasi birga 37 yosh, Ra’no bilan otasi esa 42 yosh. Ularning har
qaysisining yoshi nechada?
12.
Bir ishchi bir kunda 60 ta buyum, ikkinchisi undan 15 ta kam buyum
tayyorlaydi. 630 ta buyum tayyorlash uchun ikkala ishchi necha kun ishlashi
kerak?
13.
Konfet o’raydigan bir avtomat minutiga 440 dona konfet o’raydi. Ikkinchi
avtomat minutiga undan 120 dona ortiq konfet o’raydi. Ikkala avtomat birga
ishlab, 12000 dona konfetni necha minutda o’raydi?
14.
Turist paroxodda 131 km, poyezdda paroxoddagidan 3 marta ko’p yo’l bosdi.
Qolgan yo’lni piyoda bosdi. Agar turist hammasi bo’lib 560 km yo’l bosgan
bo’lsa, necha km yo’lni piyoda yurgan?
15.
Ustaxona 312 ta kastyum tikishga buyurtma oldi. Ustaxona birinchi uch kunda
kuniga 24 tadan kastyum tikdi. Undan keyingi kunlarda kuniga 30 tadan
kastyum tika boshladi. Ustaxona buyurtmani necha kunda bajargan?
16.
Uchta vagonga 100 t yuk ortildi. 1-vagonga 18 t, 2-vagonga undan 3 marta
ortiq yuk ortildi. 3-vagonga necha tonna yuk ortilgan?
17.
Velosipedchi soatiga 16 km tezlik bilan yurib, shahardan qishloqqa 3 soatda
bordi. Qaytishda u o’sha masofani 4 soatda bosib o’tdi. Velosipedchi shaharga
qanday tezlik bilan kelgan?
18.
Hamid shahardan qishloqqa yuk mashinasida soatiga 40 km tezlik bilan bordi.
Qaytishda u yengil mashinada soatiga 70 km tezlik bilan keldi. Agar Hamid
qaytishda 4 soat sarflagan bo’lsa, shahardan qishloqqa qancha vaqtda borgan?
19.
Ustaxona 7 kunda 241 ta kastyum tikdi. Ustaxona birinchi 3 kunda kuniga 27
tadan kastyum tikdi. Ustaxona keyingi 4 kunda kuniga nechtadan kastyum
tikkan?
15
20.
84 m uzunlikdagi bir o’ram sim ikki bo’lakka shunday bo’lindiki, biri
ikkinchisidan 5 marta uzun bo’ldi. Har bir bo’lakning uzunligini toping?
21.
63 m uzunlikdagi sim ikki bo’lakka shunday bo’lindiki, biri ikkinchisidan 6
marta qisqa bo’ldi. Har qaysi bo’lakning uzunligini toping?
22.
Ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki avtomashina yo’lga chiqdi.
Ulardan birining tezligi 42 km/soat, ikkinchisining tezligi undan 2 marta ortiq.
Agar shaharlar orasidagi masofa 378 km bo’lsa, avtomashinalar necha soatdan
keyin uchrashadi?
23.
Ikki shahar orasidagi masofa 405 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga
qarab ikki poyezd yo’lga chiqdi. Ulardan birining tezligi 60 km/soat,
ikkinchisining tezligi undan 15 km/soat ortiq. Poyezdlar necha soatdan keyin
uchrashadi?
24.
Kompot uchun 600 g quritilgan meva olindi. Unda 3 qism olma, 2 qism olcha
va 1 qism nok bor. Olingan quritilgan mevada necha gramm olma va necha
gramm olcha bor?
25.
Kompot uchun olma, nok va olchadan hammasi bo’lib 900 g olindi. Olma 5
qism, nok bilan olcha 2 qismdan. Kompot uchun qancha olma va qancha nok
olingan?
26.
63 ta kitob sotib olindi. Hamma kitobning 2/9 qismi rus tilida, qolgani o’zbek
tilida. Nechta o’zbekcha kitob sotib olingan?
27.
Avtobusda 54 ta o’rindiq bor. Hamma o’rindiqlarning 5/6 qismi yo’lovchilar
bilan band, qolgani bo’sh. Avtobusda nechta bo’sh o’rindiq bor?
28.
Sinfda 40 ta o’quvchi bor. Ularning 3/5 qismi qizlar. Sinfda nechta o’g’il bola
o’qiydi?
29.
Oralaridagi masofa 216 km bo’lgan ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab
velosipedchi bilan mototsiklchi yo’lga chiqdi. Ular 3 soatdan keyin uchrashdi.
Agar velosipedchining tezligi 12 km/soat bo’lsa, mototsiklchining tezligini
toping?
16
30.
Oralaridagi masofa 600 km bo’lgan ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab
ikki poyezd yo’lga chiqdi. Ular 4 soatdan keyin uchrashdi. Agar 1-poyezdning
tezligi 12 km/soat bo’lsa, 2-poyezdning tezligini toping?
31.
Oralaridagi masofa 88 km bo’lgan ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab
piyoda va avtobus yo’lga chiqdi. Ular 2 soatdan keyin uchrashdi. Agar
piyodaning tezligi 5 km/soat bo’lsa, avtobusning tezligini toping?
32.
Salim bir kitobdan 24 bet o’qigandan keyin Tolib ham shunday kitobni
o’qishni boshladi. Agar Tolib kuniga 18 bet, Salim 12 bet o’qisa, necha kundan
keyin Tolib Salimga yetib oladi?
33.
Erkin Botirdan 6 km uzoqlashgandan keyin Botir uning ortidan ketdi. Botir 5
km/soat, Erkin 3 km/soat tezlik bilan yursa, necha soatdan keyin Botir Erkinga
yetib oladi?
34.
Berilgan 5 ta sondan birinchisi 23 ga teng. Har bir keyingi son avvalgisidan 10
ta ortiq. Shu 5 ta sonning yig’indisini toping?
35.
4 ta ketma-ket sonning yig’indisi 102 ga teng. Shu sonlarni toping?
36.
Eng katta 4 xonali sonni 101 ga bo’lib, so’ngra undan men o’ylagan sonni
ayirsak, eng kichik ikki xonali son hosil bo’ladi. Men qanday son o’ylaganman?
37.
Bog’da 24 tup olma bor. 1- tupdan 1 dona, 2-tupdan 2 dona, 3- tupdan 3 dona
va hokazo oxirgi tupdan 24 dona olma uzildi. Hammasi bo’lib necha dona olma
uzilgan?
38.
3 ta sonning yig’indisi 1826 ga teng. Ulardan birinchisi eng kichik 2 xonali
son, 2- si 3-sidan 3 marta katta. Shu sonlarni toping?
39.
111111111 sonini hosil qilish uchun 111 ni qanday songa ko’paytirish kerak?
40.
4-“A” sinfidagi 30 ta o’quvchining hammasi futbol va tennis bilan
shug’ullanadi. Agar futbol bilan shug’ullanadigan o’quvchilar soni tennis bilan
shug’ullanadiganlardan 6 ta ko’p bo’lsa, har bir sport turi bilan nechtadan
o’quvchi shug’ullangan?
41.
Bir son ikkinchisidan 18 ta ortiq. Ularning yig’indisi 168 ga teng. Shu sonlarni
toping?
17
42.
Ona 62 yoshda, qizi 39 yoshda. Qizi 14 yoshda bo`lganida, ona necha yoshda
bo`lgan. Ona 45 yoshda bo`lganida, qizi necha yoshda bo`lgan?
43.
358 ni qanday songa bo’lganda, bo’linma 17 va qoldiq 1 bo’ladi?
44.
Qandaydir sonni 18 ga bo’lganda, bo’linma 15 ga va qoldiq 3 ga teng bo’ldi.
Bo’linuvchini toping?
45.
215 ni 19 ga bo’lganda, qoldiq 6 bo’ladi. Bo’linma nechaga teng?
46.
A va B shaharlardan bir vaqtda ikki mashina bir-biriga qarab yo‘lga chiqdi.
Birinchi mashinaning tezligi 60 km/soat. Ikkinchi mashinaning tezligi unga
nisbatan 10 km/soat ortiq. Mashinalar 4 soatdan so‘ng uchrashishdi. Shaharlar
orasidagi masofani toping?
47.
Toshkent shahridan avtobus 50 km/soat tezlik bilan yo`lga chiqdi. Oradan 2
soat o`tgandan so`ng qarama-qarshi yo`nalishda soatiga 70 km yo`l bosib
avtomobil yo`lga chiqdi. Necha soatdan so`ng ular Toshkent shahridan bir xil
uzoqlikda bo`ladi?
48.
Bo’ri o’zidan 60 m uzoqlikda turgan quyonni ko’rib quvib ketdi. Bo’ri
minutiga 70 m, quyon esa minutiga 55 m yo`l bosadi. Qancha vaqtda bo’ri
quyonga yetib oladi? Shu vaqt ichida ular necha m dan yo`l bosadi?
49.
Avtomashina bakiga 80 l benzin quyildi. Buxoro borish uchun bakdagi
benzinning 3/8 qismi, Samarqandga borish uchun 2/5 qismi sarflandi. Bakda necha
litr benzin qolgan?
50.
Binoning 6-qavatigacha bo’lgan zinaning uzunligi 2-qavatgacha bo’lgan
zinaning uzunligidan necha marta uzun ( qavatlar orasidagi zinalar soni bir xil deb
hisoblansin)?
51.
Avtomashina bakiga 77 l benzin quyildi. Farg’onaga borish uchun bakdagi
benzinning 3/11 qismi, Andijonga borish uchun esa 4/7 qismi sarflandi. Bakda
necha litr benzin qolgan?
52.
Binoning 16-qavatigacha bo’lgan zinaning uzunligi 4-qavatgacha bo’lgan
zinaning uzunligidan necha marta uzun ( qavatlar orasidagi zinalar soni bir xil deb
hisoblansin)
18
53.
17 kishi bir-biri bilan salomlashganda, qo’l berib ko’rishishlar soni qancha
bo’ladi?
54.
Balandligi 10 m bo’lgan simyog’ochga shilliqurt ko’tarilayapti. Shilliqurt
kunduzi 5 m ko’tarilsa, kechasi esa 4 m pastga tushadi. Necha kundan keyin
shilliqurt simyog’ochning uchiga chiqadi?
55.
52 ta chet tili o’qituvchisidan 34 tasi ingliz tili, 29 tasi nemis tili
o’qituvchilari. Shu o’qituvchilardan nechtasi faqat bitta tilda dars beradi?
56.
Sinfdagi 30 o’quvchidan 23 tasi futbol to’garagiga, 16 tasi esa gimnastika
to’garagiga qatnashadi. Necha kishi faqat futbol to’garagiga qatnashadi?
57.
Samarqand shahriga sayohatga kelgan 30 ta turistdan 19 tasi ingliz tilini, 16
tasi fransuz tilini bilishadi. Shu turistlardan nechtasi ikkala tilni ham bilishadi?
58.
100 kishidan iborat turistlar guruhida 70 kishi ingliz tilini, 45 kishi nemis
tilini va 23 kishi ikkala tilni biladi. Ikkala tilni bilmaydigan turistlar nechtani
tashkil qiladi?
59.
Ikki sonning yig’indisi 60 ga teng. Ulardan biri ikkinchisidan 4 marta
kichik. Shu sonlarni toping?
60.
Otasi 50, o’g’li 28 yoshda. Necha yil oldin otasi o’g’lidan 2 marta katta
bo’lgan?
61.
Onasi 40, qizi 16 yoshda. Necha yil keyin qizi onasidan 2 marta yosh
bo’ladi?
62.
Ikki sonning yig’indisi 76 ga teng. Ulardan biri ikkinchisidan 3 marta
kichik. Shu sonlarni toping?
63.
Buvisi 80, nabirasi 23 yoshda. Necha yil oldin nabirasi buvisidan 4 marta
yosh bo’lgan?
64.
Poyezdda 896 ta yo’lovchi bor edi. Agar erkaklar bolalardan 9 marta,
ayollar esa 4 marta ko’p bo’lsa, poyezddagi erkaklar soni ayollardan nechta ko’p
bo’lgan?
19
65.
Zavodning uchta sexida 1872 ta ishchi ishlaydi. 1-sexda 2-sexdagidan 5
marta ko’p, 3-sexda birinchi va ikkinchi sexdagi ishchilarning soniga teng ishchi
ishlaydi. Har bir sexda qanchadan ishchi ishlaydi?
66.
3 ta brigada 768 sr makkajo’xori yig’ishtirdi. 2-brigada 1-brigadaga
nisbatan 2 marta ko’p, 3-brigada esa ikkala brigada qancha yig’ishtirgan bo’lsa,
o’shancha makkajo’xori yig’di. Har bir brigada qancha makkajo’xori yig’gan?
67.
Ikki sonning yig’indisi 55 ga, ayirmasi esa 29 ga teng. Shu sonlarni toping?
68.
Yaylovda qo’ylar va g’ozlar boqilayotgandi. Bola sanaganda ularning
boshlari 34 ta, oyoqlari esa 94 ta chiqdi. Yaylovda qancha qo’y boqilgan?
69.
Sayohat uchun ma’lum miqdorda pul yig’ish kerak edi. Agar har bir
sayohatchi 730 so’mdan to’lasa, to’lovga 2160 so’m yetmaydi. Agar har bir
sayohatchi 810 so’mdan to’lasa, keragidan 1680 so’m ortib qoladi. Sayohatda
necha kishi qatnashishi kerak edi?
70.
Homiylar tomonidan bolalar bog’chasiga 42 ta uch g’ildirakli va ikki
g’ildirakli velosipedlar sovg’a qilindi. Agar hamma velosipedlarning g’ildiraklari
99 ta bo’lsa, uch g’ildirakli velosipedlar nechta?
71.
Kamayuvchi, ayriluvchi va ayirmaning yig’indisi 816 ga teng.
Kamayuvchini toping?
72.
Ota o’zining katta o’g’lidan 3 marta katta, kichik o’g’lidan esa 40 yoshga
katta. Katta o’g’il ukasidan 3 marta katta bo’lsa, ularning har birining yoshi
nechada?
73.
Kitob betlarini sahifalab chiqish uchun 658 ta raqam ishlatildi. Agar
sahifalash 3-betdan boshlangan bo’lsa, kitob necha betlik?
74.
O’quvchiga testda 30 ta masala berildi. Har bir to’g’ri yechilgan masala
uchun 5 ball berilib, noto’g’ri yechilgan har bir masala uchun 9 ball chegirildi.
Agar o’quvchi 66 ball to’plagan bo’lsa, u nechta masalani noto’g’ri yechgan?
75.
Agar maydonning har gektaridan 36 sr dan bug’doy hosili olinsa, planni
bajarish uchun 10 t yetmaydi. Agar har gektaridan 44 sr dan hosil olinsa, plan 70 t
oshirib bajariladi. Maydonning yuzi necha gektarga teng?
20
76.
Bir son ikkinchi sondan 8 ta ortiq. Ularning o’rta arifmetigi 30 ga teng. Shu
sonlarni toping?
77.
Uzunliklari har xil bo’lgan 8 ta yog’och berilgan. Ularning o’rtacha uzunligi
10 dm ga teng. Shu yog’ochlarga yana bir yog’och qo’shildi. Natijada ularning
o’rtacha uzunligi 12 dm ga teng bo’ldi. Qo’shilgan yog’ochning uzunligini
aniqlang?
78.
Uchta sonning o’rta arifmetigi 174 ga teng. Agar sonlarning ikkitasi 175 va
216 bo’lsa, uchinchi sonni toping?
79.
Bir son ikkinchisidan 16 ta kichik. Bu sonlarning o’rta arifmetigi 115 ga
teng. Shu sonlarni toping?
80.
Uchta sonning o’rta arifmetigi 8 ga, boshqa ikkita sonning o’rta arifmetigi
esa 13 ga teng. Shu beshta sonning o’rta arifmetigini toping?
81.
Uchta sonning o’rta arifmetigi 23 ga, dastlabki ikkitasiniki esa 19 ga teng.
Uchinchi sonni toping?
82.
Fermada tovuq va qo’ylar bor. Ularning bosh soni jami 195 ta, oyoqlarining
soni 550 ta. Qo’ylar soni tovuqlar sonidan nechta kam?
83.
Ikki sonning yig’indisi 88 ga teng. Shu sonlardan kattasini uning kichigiga
bo’lganda, bo’linma 4 ga qoldiq esa 3 ga teng chiqadi. Shu sonlarni toping?
84.
Ko’ylak kastyumdan 2700 so’m arzon. Agar kastyum ko’ylakdan 7 marta
qimmat bo’lsa, kastyum va ko’ylakning narxini toping?
85.
Ikki sonning ayirmasi 19 ga teng. Agar birinchi sonni ikkinchi songa
bo’lsak, , bo’linma 4 ga va qoldiq 1 ga teng chiqadi. Berilgan sonlarning
yig’indisini toping?
86.
442 kg olma 25 va 16 kg lik katta va kichik yashiklarga joylandi. Katta
yashiklarga joylangan olmalar kichik yashiklarga joylanganidan 58 kg ko’p. Katta
va kichik yashiklar sonini toping?
21
87.
Do’konga 1-kuni 542 qop, 2-kuni 1-kundagiga qaraganda 243 qop kam, 3-
kuni esa dastlabki 2 kundagidan 321 qop kam un keltirildi. Uchinchi kuni necha
qop un keltirilgan?
88.
16 ta sonning o’rta arifmetigi 71 ga teng. Bu sonlar qatoriga yana bir son
qo’shib, o’rta arifmetik qiymat hisoblansa, u 75 ga teng bo’ladi. Qo’shilgan son
nechaga teng?
89.
Rustam otasidan 27 yosh kichik. Otasi esa bobosidan shuncha yosh kichik.
To’rt yil avval ularning yoshlari yig’indisi 84 ga teng bo’lgan bo’lsa, hozir
Rustamning bobosi necha yoshda?
90.
Agar tijoratchi mahsulotning 1 kg ini 40 so’mdan sotsa, 1100 so’m zarar
ko’radi. 1 kg ini 80 so’mdan sotsa, 4100 so’m foyda ko’radi. Tijoratchida necha kg
mahsulot bo’lgan?
91.
Uchta sonning o’rta arifmetigi 30 ga, boshqa ikkita sonning o’rta arifmetigi
esa 35 ga teng. Shu beshta sonning o’rta arifmetigini toping?
92.
4 ta kitob va 3 ta daftarning birgalikdagi narxi 315 so’mga, 2 ta kitob va 2
ta daftarniki esa 170 so’mga teng. Kitob va daftarning necha so’m turishini
aniqlang?
93.
36 yoshdagi onaning yoshi 4 ta bolalari yoshlari yig’indisidan 3 marta
ortiq. Necha yildan so’ng onaning yoshi bolalari yoshlarining yig’indisiga teng
bo’ladi?
94.
6 ta sonning o’rta arifmetigi 14 ga teng. Bu sonlarga qaysi son qo’shilsa,
ularning o’rta arifmetigi 15 bo’ladi?
95.
Fermadagi tovuqlar va qo’ylarning umumiy soni 870 ta, oyoqlari 2040 ta.
Tovuqlar qo’ylarga qaraganda qancha ko’p?
96.
Qanday sonning 2/3 qismining 2/3 qismidan 2 ayrilsa, 6 soni hosil bo’ladi?
97.
Qanday sonning 2/5 qismining 2/5 qismiga 2 qo’shilsa, 6 soni hosil bo’ladi?
22
98.
2 o’ram bir xil sim xarid qilindi. 1-o’ram 3060 so’m, 2-o’ram esa 1904
so’m turadi. Agar 1-o’ram 2-o’ramdan 17 m uzun bo’lsa, har bir o’ramda necha m
sim bor?
99.
Mototsiklchi va velosipedchi bir tomonga qarab harakat qilishmoqda.
Velosipedchining tezligi 12 km/soat, mototsiklchiniki esa 30 km/soat. Ular
orasidagi masofa 72 km bo’lsa, necha soatdan keyin mototsiklchi velosipedchini
quvib yetadi?
100.
Poyezdning uzunligi 800 m. Poyezd ustun yonidan 40 sek da o’tib ketgani
ma’lum bo’lsa, poyezdning tezligini toping?
101.
Oraliqdagi masofa 220 km bo’lgan A va B shaharlardan bir vaqtning o’zida
ikki turist bir-biriga qarab yo’lga chiqdi. Birinchisi avtobusda tezligi 40 km/soat,
ikkinchisi avtomobilda. Agar ular 2 soatdan keyin uchrashgan bo’lishsa,
avtomobilning tezligini toping?
102.
A va B shaharlar orasidagi masofa 196 km. Bir vaqtning o’zida bir-biriga
qarab A shahardan velosipedchi, B shahardan mototsiklchi yo’lga tushdi va ular A
shahardan 36 km masofada uchrashdi. Agar velosipedchining tezligi 9 km/soat
bo’lsa, mototsiklchining tezligini toping?
103.
Bir poyezd A punktdan jo’natilgandan 2 soat o’tgach, ikkinchi poyezd ham
shu yo’nalishda jo’nadi va 10 soatdan so’ng birinchi poyezdga yetib oldi. Agar
ularning tezliklari yig’indisi 110 km/soat bo’lsa, ikkinchi poyezdning tezligini
toping?
104.
Ikki sonning yig’indisi 1025 ga, bo’linmasi esa 4 ga teng. Shu sonlarning
ko’paytmasi va ayirmasi nechaga teng?
105.
Uchta qutida 390 ta qalam bor. 1-qutida 3-sidan 10 ta ortiq, 2- qutida 1-
sidan 10 ta ortiq qalam bor. Har bir qutida nechtadan qalam bor?
106.
Sinf o’quvchilari sonidan 23 ni ayirib, 23 ga ko’paytirilsa ham, shuningdek,
shu o’quvchilar sonidan 13 ni ayirib, 13 ga ko’paytirilsa ham natija bir xil chiqadi.
Sinfda nechta o’quvchi o’qiydi?
107.
Bir son ikkinchisidan 6 ta ortiq, uchinchisidan esa 9 ta kam. Bu uchta son
yig’indisini 3 ga bo’lganda, bo’linma 18 ga teng. Shu sonlarni toping?
23
108.
Eng katta uch xonali son hosil qilish uchun eng katta bir xonali songa necha
marta eng katta ikki xonali sonni qo’shish kerak?
109.
43 ta sayyohdan 30 tasi ingliz, 22 tasi fransuz tilini bilishadi. Sayyohlardan
necha nafari ikkala tilda gaplashadi?
110.
60 nafar talabadan 36 nafari xitoy, 32 nafari koreys tilini biladi.
Talabalardan necha nafari shu tillatdan faqat bittasini biladi?
111.
Bir son ikkinchisidan 1320 ta ortiq. Katta sonni kichigiga bo’lsak, to’liqsiz
bo’linma 2 , qoldiq esa 580 ga teng bo’ladi. Shu sonlarni toping ?
112.
Matematik kechada o’quvchilarga 50 ta savol berildi. Har bir to’g’ri javob
uchun 10 ball berildi, har bir noto’g’ri javob uchun esa 12 ball chegirib tashlandi.
O’quvchi jami 258 ball to’plagan bo’lsa, u nechta savolga to’g’ri javob bergan?
113.
Kulol 75 ta ko’zasini bozorga olib borish uchun arava yolladi. “Sindirmay
olib borgan har bir ko’za uchun 30 so’mdan beraman. Singan har bir ko’za uchun
120 so’m to’laysan”- dedi kulol. Aravakash rozi bo’ldi. Bozorga kelgach, butun
qolgan ko’zalarni sanab kulol aravakashga 1650 so’m berdi. Yo’lda nechta ko’za
singan?
114.
Umida 18 yoshda. Uning yoshi onasi yoshining 3/7 qismiga teng. Onasining
yoshi Umidaning buvisi yoshining 7/11 qismiga teng. Umidaning buvisi onasidan
necha yosh katta?
115.
3 ta shkafda 322 ta kitob bor. 1- shkafga 2-siga qaraganda 22 ta kam, ammo
3-siga qaraganda 12 ta ko’p kitob bor. Har bir shkafda nechtadan kitob bor?
116.
Avtobusning tezligi “Neksiya”ning tezligidan 40 km/soat kam. Ma’lum bir
masofani “Neksiya” 6 soatda, avtobus 10 soatda o’tadi. Avtobus va
“Neksiya”ning tezliklarini toping?
117.
Kemaning turg’un suvdagi tezligi 18 km/soat. Kema daryo oqimi bo’ylab 5
soat suzdi va orqaga qaytib avvalgi masofani endi 7 soatda bosib o’tdi. Daryo
oqimining tezligini toping?
118.
Tijoratchi mahsulotining 1 kg ini 1650 so’mdan sotsa, 8140 so’m zarar
ko’radi. Agar 1 kg ini 1980 so’mdan sotsa, 16280 so’m foyda qiladi. Tijoratchida
necha kg mahsulot bor?
24
119.
Tijoratchida 130 kg mol bor edi. Agar u 1 kg molni 400 so’mdan sotsa, 9000
so’m zarar ko’radi. Tijoratchi hamma molini sotib 17000 so’m foyda ko’rdi. U
molning 1kg ini necha so’mdan sotgan?
120.
Mashina 455 km masofani soatiga 65 km tezlik bilan bosib o’tdi. Tezligi
soatiga 90 km bo’lgan mashina shu vaqt ichida necha km yo’l bosadi?
121.
Buyumning narxi 36000 so’m edi. Buyum avval bu narxining 2/9 qismiga
qimmatlashdi. Ma’lum vaqt o’tgach, yangi narx o’zining 3/11 qismiga arzonlashdi.
Endi buyumning narxi necha so’m bo’lib qoldi?
122.
Kulol 25 ta ko’zani bozorga olib borish uchun arava yolladi. Bozorga olib
kelingan har bir butun ko’za uchun kulol aravakashga 1500 so’m beradi. Sindirib
qo’yilgan har bir ko’za uchun aravakash kulolga 5000 so’m to’laydi. Yo’lda bir
nechta ko’za sinib qolibdi va kulol aravakashga 18000 so’m berdi. Nechta ko’za
bozorga sinmay kelgan?
123.
Ikki sonning yig’indisi 2604 ga teng. Sonlarning kattasini kichigiga bo’lsak,
to’liqsiz bo’linma 5 va qoldiq 6 ga teng bo’ladi. Shu sonlarni toping?
124.
Bog’da 600 tup mevali daraxt bor. Ularning 13/30 qismi olma, 11/20 qismi
nok, qolgani olxo’ri. Bog’da necha tup olxo’ri bor?
125.
Buyumning narxi 23400 so’m edi. Buyum avval bu narxining 2/15 qismiga
arzonlashdi. Ma’lum vaqt o’tgach, yangi narx o’zining 2/15 qismiga qimmatlashdi.
Endi buyumning narxi necha so’m bo’lib qoldi?
126.
Temir yo’lning bir qismida 8 m uzunlikdagi relslar 12 m uzunlikdagi
relslarga almashtirildi. Agar 240 ta eski rels olib tashlangan bo’lsa, uning o’rniga
yangi 12 m lik relslardan nechtasini qo’yish kerak?
127.
Yuk poyezdi A shahardan B shaharga qarab jo’nadi. Oradan 3 soat o’tgach,
A dan B ga qarab yo’lovchi poyezdi yo’lga chiqdi va oradan 15 soat o’tgach yuk
poyezdidan 300 km o’zib ketdi. Agar yo’lovchi poyezdining tezligi yuk
poyezdining tezligidan 30 km/soat ortiq bo’lsa, yuk poyezdining tezligini toping?
128.
Bandargohdagi ikki kema bir vaqtda, biri shimolga qarab, ikkinchisi janubga
qarab jo’nadi. 2 soatdan keyin ular orasidagi masofa 60 km bo’ldi. Bu kemalardan
birining tezligi ikkinchisidan 6 km/soat ortiq. Har qaysi kemaning tezligini toping?
25
129.
Ikki sonning yig’indisi 60 ga, bo’linmasi 4 ga teng. Shu sonlarni toping?
130.
Qishloqdan shahargacha 32 km. Erkin shu yo’lning 3/8 qismini avtobusda,
1/2 qismini mashinada, qolgan yo’lni piyoda bosdi. Erkin piyoda necha km yo’l
bosgan?
131.
Daraxtdagi 5 ta shoxning har birida baravardan qush qo’nib turibdi. Har bir
shoxdan 2 tadan qush uchib ketsa, ilgari 3ta shoxda nechta qush bo’lsa, hamma
shoxda shuncha qush qoladi. Har bir shoxga nechtadan qush qo’ngan?
132.
7 o’quvchiga yong’oq ulashildi. Agar har bir o’quvchi o’ziga berilgan
yong’oqdan 12 ta ortiq yong’oq olganda, hamma o’quvchi 294 ta yong’oq olar edi.
Har bir o’quvchi nechtadan yong’oq olgan?
133.
8 ta idishga sut quyildi. Agar har bir idishga 9 l kam quyilsa, hamma
idishdagi sut 104 l bo’lar edi. Har bir idishga necha litrdan sut quyilgan?
134.
Tarozining bir pallasida konfet solingan uchta bir xil paket va ikkita 3 kg lik
tosh bor. Ikkinchi pallasida esa konfet solingan bitta shunday paket va ikkita 5 kg
lik tosh bor. Agar tarozi muvozanatda bo’lsa, konfet solingan bitta paketning
og’irligi qancha?
135.
Tarozining bir pallasida bir xil uch banka olma sharbati va bitta 5 kg lik
tosh bor. Ikkinchi pallasida esa shunday ikki banka sharbat va to’rtta 2 kg lik tosh
bor. Agar tarozi muvozanatda bo’lsa, bir banka olma sharbatining og’irligi qancha?
136.
Bir kishi 4 kg olma sotib oldi. Pul to’laganda sotuvchidan 40 so’m qaytim
oldi. Agar bu kishi 6 kg olma olganda edi, yana 40 so’m to’lashi kerak bo’lar edi.
1 kg olma qancha turadi?
137.
Halima 5 dona konfet sotib olib, 50 so’m qaytim oldi. Agar u 8 dona konfet
olganda edi, yana 160 so’m to’lashi kerak bo’lar edi. Bir dona konfet necha so’m
turadi?
138.
Avtobazada turgan yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 46 ta kam. Agar
avtobazadagi yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 3 marta kam bo’lsa, yuk
mashinalar nechta?
26
139.
Arqon ikki bo’lakka shunday bo’lindiki, birinchi bo’lagi ikkinchisidan 4
marta uzun bo’ldi. Agar birinchi bo’lagi ikkinchisidan 18 m uzun bo’lsa, har qaysi
bo’lakning uzunligi qancha?
140.
2 ta avtobusda 69 ta yo’lovchi bor. 1- avtobusdan 5 ta, 2- avtobusdan 7 ta
yo’lovchi tushgandan keyin, 1- avtobusda 2- sidan 2 marta kam yo’lovchi qoldi.
Har bir avtobusda qancha yo’lovchi bo’lgan?
141.
Agar har bir uyning oldiga 7 tupdan daraxt ko’chati o’tqazilsa, u holda 50
tup ko’chat yetmaydi. Agar 5 tupdan o’tqazilsa, 10 tup yetmaydi. Ko’chada nechta
uy bor?
142.
4- sinf o’quvchilari futbol to’pi sotib olishmoqchi bo’lishdi. 5 so’mdan pul
yig’ishganda to’plangan pul futbol to’pi narxidan 15 so’m kam bo’lib qoldi. 6
so’mdan yig’ishganda, to’plangan pul futbol to’pi narxidan 7 so’m ortiq chiqdi.
Sinfda nechta o’quvchi bor va to’pning narxi necha so’m?
143.
Otasi 41 yoshda, katta o’g’il 13 yoshda, qizi 10 yoshda, kenja o’g’li 6
yoshda. Necha yildan keyin otasining yoshi bolalari yoshlari yig’indisiga teng
bo’ladi?
144.
O’g’il otasidan necha yoshdasiz deb so’radi. Otasi “yoshimning yarmiga 12
ni qo’shsang, 12 yil oldingi yoshimni bilib olasan”, dedi. Ota necha yoshda?
145.
Qizi bilan o’g’li birga necha yoshda bo’lsa, ota shuncha yoshda. O’g’il
qizdan ikki marta katta va otasidan 20 yosh kichik bo’lsa, ularning har biri necha
yoshda?
146.
4 ta paketda teng sonda konfetlar bor. Agar har qaysi paketdan 9 tadan
konfet olinsa, hamma paketda, oldin har birida nechta bo’lsa, shuncha konfet
qoladi. Har qaysi paketda nechtadan konfet bo’lgan?
147.
Tarvuz 100 so’m va yana yarimta tarvuz haqicha turadi. Tarvuz qancha
turadi?
148.
Jamoadagi 11 ta futbolchining o’rtacha yoshi 22. O’yin vaqtida
o’yinchilardan biri shikastlandi va maydondan chiqib ketdi. Maydonda qolgan
o’yinchilarning o’rtacha yoshi 21 ga teng bo’lib qoldi. Maydondan сhiqib ketgan
o’yichining yoshini toping?
27
149.
Po’lat, Salim, Ilhom va Akrom baliq tutishdi. Hammalari 40 ta baliq tutishdi.
Po’lat Salimdan 4 ta ortiq, Salim Ilhomdan 4 ta ortiq, Ilhom Akramdan 4 ta ortiq
baliq tutdi. Har qaysi bola nechta baliq tutgan?
150.
Kitob daftardan 5 marta yoki 1600 so’m qimmat turadi. Kitob va daftarning
narxini toping?
151.
Bugun Rustam bilan otasining tug’ilgan kuni. Ota o’g’lidan roppa-rosa 11
marta katta. 6 yildan keyin otasi faqat 5 marta katta bo’ladi. Rustam necha yoshda?
152.
Baliqchi bir baliq tutdi. Shu baliq dumining massasi 1 kg ga teng. Boshining
massasi dumi bilan tanasi yarmining massasi qancha bo’lsa, shuncha. Tanasining
massasi esa boshining massasi bilan dumining massasiga teng. Butun baliqning
massasi qancha?
153.
A va B shaharlar orasidagi masofa 240 km. ertalab soat 8 da velosipedchi A
dan B ga jo’nadi, xuddi shu vaqtning o’zida B dan A ga shu yo’l bilan
avtomashina yo’lga chiqdi. 4 soatdan keyin avtomashina bilan velosipedchi
orasidagi masofa 80 km qoldi. Ularning uchrashish vaqtini aniqlang?
154.
Otaning yoshi o’g’ilning yoshidan 3 marta katta. 10 yildan so’ng, ota
o’g’lidan 2 marta katta bo’lsa, ota va o’g’ilning yoshini toping?
155.
Agar savdogar o’zidagi hamma uzumni 1 kg ini 500 so’mdan sotsa, 90000
so’m zarar ko’radi. 1 kg ini 650 so’mdan sotsa, 45000 so’m foyda ko’radi.
Savdogarda necha kg uzum bo’lgan?
156.
Bolalar futbol to’pi sotib olishmoqchi. Agar ular 60 so’mdan pul yig’ishsa,
to’pni sotib olish uchun 80 so’m pul yetmaydi. 70 so’mdan pul yig’ishsa,
to’plangan pul to’pning narxidan 50 so’m ortadi. Bolalar soni va to’pning narxini
toping?
157.
2 ta daraxt shoxlariga bir xil miqdorda qushlar qo’nib turibdi. Birozdan
so’ng bu daraxtlardan 20 ta qush uchib ketdi. Shundan so’ng 1-daraxtda 13 ta, 2-
daraxtda esa 17 ta qush qoldi. Dastlab har bir daraxt shoxida nechtadan qush
bo’lgan?
28
158.
Kitob 174 sahifadan iborat. Sahifalarni nomerlash uchun hammasi bo’lib
nechta raqam ishlatilgan? Sahifalarni nomerlash odatda 3-sahifadan 3 raqami bilan
boshlanadi.
159.
Kitob 216 sahifadan iborat. Sahifalarni nomerlash uchun hammasi bo’lib
nechta raqam ishlatilgan? Sahifalarni nomerlash odatda 3-sahifadan 3 raqami bilan
boshlanadi.
160.
Kitob sahifalarini nomerlash uchun 232 ta raqam ishlatildi. Sahifalarni
nomerlash 3-sahifadan 3 raqami bilan boshlangan bo’lsa, kitob necha sahifadan
iborat?
161.
Kitob sahifalarini nomerlash uchun 640 ta raqam ishlatildi. Sahifalarni
nomerlash 3-sahifadan 3 raqami bilan boshlangan bo’lsa, kitob necha sahifadan
iborat?
162.
Soat 5 da osma soat 5 marta bong urdi. Agar 1- bongdan 5- bonggacha 28
sekund o’tgan bo’lsa, soat 10 da 10 marta bong urishi uchun ( 1-bongdan 10-
bonggacha ) qancha vaqt ketadi?
163.
Soat 3 da osma soat 3 marta bong urdi. Agar 1- bongdan 3- bonggacha 10
sekund o’tgan bo’lsa, soat 12 da 12 marta bong urishi uchun ( 1-bongdan 12-
bonggacha ) qancha vaqt ketadi?
164.
Jamshid ukasidan 5 yosh katta. Ukasi 7 yil avval 9 yoshda edi. Hozir
Jamshid necha yoshda?
165.
Lift 1-qavatdan 4-qavatga ko’tarilganda, 9 m masofani bosib o’tdi. 1-
qavatdan 8-qavatga ko’tarilganda lift necha metr masofani bosib o’tadi?
166.
Ali va Valida jami 20 ta daftar bor edi. Ali Valiga 2 ta daftar berganidan
keyin, Ali va Validagi daftarlar soni bir xil bo’lib qoldi. Dastlab Ali va Valida
nechtadan daftar bo’lgan?
167.
Ota o’g’ildan 26 yosh katta. Agar 9 yildan so’ng, o’g’ilning yoshi otasining
yoshidan 3 marta kichik bo’lsa, ota va o’g’ilning yoshini toping?
168.
“Bunyodkor” futbol jamoasidagi 11 nafar o’yinchining o’rtacha yoshi 26 ga
teng. Unga murabbiy yoshini ham qo’shib o’rta arifmetik qiymat hisoblansa, u 28
ga teng chiqdi. Murabbiy necha yoshda?
29
Do'stlaringiz bilan baham: |