Javob:
Kishi bozorga 62 ta olma olib kelgan.
4-MASALA
Alisherning uyida qo’ylar va tovuqlar boqiladi. Alisher sanab ko’rganda ularning
boshlari 42 ta, oyoqlari esa 144 ta chiqdi. Ularning uyida nechta qo’y va nechta
tovuq bor?
Yechish:
1-usul. 1). 42·4=168(ta)
2). 168-144=24(ta) tovuqlarning oyoqlari
3). 24:2=12(ta) tovuqlar
4). 42-12=30(ta) qo’ylar
2-usul. Alisherning uyidagi qo’ylar sonini x ta deb olamiz. Jami qo’y va
tovuqlar sonidan qo’ylar sonini ayirsak, tovuqlar soni kelib chiqadi, ya’ni
tovuqlar sonini 42-x ta deb olamiz. Qo’ylarda 4 ta, tovuqlarda esa 2 ta oyoq
bo’lishini inobatga olib, tenglama tuzamiz.
x·4+(42-x)·2=144
4x+84-2x=144
4x-2x=144-84
2x=60
x=60:2
11
x=30 (ta, qo’ylar)
42-30=12 (ta, tovuqlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |