Matematikadan didaktik materiallar


Didaktik o'yin: «Ketgan kim?»



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/61
Sana29.12.2021
Hajmi1,15 Mb.
#79223
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
Bog'liq
Didaktik o'yinlar

Didaktik o'yin: «Ketgan kim?» 

Didaktik topshiriq: son qatorini, qaysi son qaysi sondan keyin kelishini bilib olishni 

mashq qildirish. 

O'yin  topshirig'i:  bolalarning  safga  tizilish  tartibini  bilib  olish,  ularni  sanab  chiqib, 

shaxsi  bilan  solishtirish  (Vali  —  beshinchi,  Iroda  uchinchi  va  hokazo).  Hisob  bo'yicha 

son qatoridan chiqib ketganning kim ekanligini bilish, uning nomini aytish. 

O'yinning  borishi:  o'yin  boshlangunga  qadar  bolalar  bilan  bir  oz  tayyorgarlik 

o'tkaziladi. O'qituvchi 6 kishini doskaga chaqirib: Ahmad birinchi, Sharif — ikkinchi...» 




11 

 

deydi. So'ngra Ularning har biridan sanoq bo'yicha nechanchi ekanligini so'raydi. Bu esa 



har  bir  bolaga  o'zining  tartib  raqamini  bilib  olishga  yordam  beradi.  Shu  maqsadda  u 

hamma chaqirilgan bolalardan: «Sen nechanchisan?» deb so'rab oladi. O'quvchilar: «Men 

— beshinchi», «Men — ikkinchi», «Men — to'rtinchi» va hokazo deb, javob beradilar. 

Shundan  keyin  o'qituvchi  bolalarga  yana  bir  marta  yaxshilab  hisoblab  chiqishini,  kim 

kimning  ketidan  turganini  eslab  qolish  va  kimning  raqami  nechanchi  ekanligini  bilib 

olishni taklif etadi. 

O'qituvchi o'quvchiiardan birini chaqirib, shunday deydi: 

—  Lola,  bolalarga  qarab,  ularning  joylashish  tartibini  raqamini  eslab  qol.  Keyin 

sinfdan chiqib tur. Seni chaqirganimizda kelib, kim ketganini aytib berishing kerak. Agar 

sen to'g'ri aytsang, biz qarsak chalamiz, yanglishsang — indamay turaveramiz. 

Lola  sinfdan  chiqadi.  O'qituvchi  beshinchi  bolani  joyiga  o'tqazib  qo'yadi.  Qolgan 

o'quvchilar  bir-birlariga  yaqinroq  turib  oladilar.  Lola  kirib  keladi,  uoska  oldida  turgan 

safga,  butun  sinfga  nazar  tashlab,  kerakli  o'quvchini  qidiradi.  U  2  minutcha  o'ylanib 

qoladi, o'rniga borib o'tirgan o'quvchini ко'rib, uning ilgari qayerda turganini eslaydi va 

«Beshinchi! — deydi. Bolalar xursandchilikdan qarsak chalib yuboradilar. 

Endi  Yo'ldosh  eshikka  chiqadi.  Yo'ldosh  sinfga  kiriboq,  uchinchi  bola  yo'qligini 

aytadi.  O'quvchilar  qarsak  chalishadi.  So'ngra  Vahob  sinfdan  chiqib  turadi.  Oltinchi 

o'quvchi  joyiga  borib  o'tiradi.  Vahob  sinfga  kirib:  «Ikkinchi  bola  o'z  joyiga  borib 

o'tiribdi», — deydi. Sinfda jimjitlik. O'qituvchi: «Yana bir o'ylab ko'r, mana bu tomonda 

kim turganini eslachi», — deydi. Vahob indamaydi. O'qituvchi o'tirgan o'quvchilardan 

biriga murojaat qilib: «Baxtiyor, ketgan kim?» desa, u istar-istamas. «To'qqizinchi», — 

deb javob beradi. Shundan so'ng o'qituvchi oltinchi bolani tag'in o'z joyiga chiqaradida, 

uning qayerda turganligini Baxtiyordan so'radi. Baxtiyor oltinchi o'quvchini ko'rsatgach, 

o'qituvchi uning tartib raqami nechanchi ekanligini aytib berishni so'raydi. «Baxtiyor, — 

deydi  o'qituvchi,  —  demak,  ketgan  kim?»  Baxtiyor:  «Oltinchi!»  —  deb  dadil  javob 

beradi. 


O'yin  oltita  o'yinchidan  har  biri  navbatma-navbat  borib  joyiga  o'tirguniga  qadar 

davom  ettiriladi.  Kim  to'g'ri  topsa,  o'qituvchi  uning  g'olib  chiqqanligini  aytadi.  Har  bir 

berilgan to'g'ri javobdan so'ng bolalar qarsak chalishadi. O'yin 10 minut davom etadi. 

Bu o'yin g'oyat foydali bo'lib, mantiqiy fikrni, xotirani, bir narsani ikkinchisidan ajrata 

bilish qobiliyatini o'stirishga yordam beradi. 


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish