Matematikadan didaktik materiallar



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/61
Sana29.12.2021
Hajmi1,15 Mb.
#79223
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
Bog'liq
Didaktik o'yinlar

Didaktik o'yin: «Teatr» 

Didaktik topshiriq: 5 soni tarkibini mustahkamlash. 

O'  yin  topshirigf'i:  narsalap  (qo'g'irchoqlar)  tarkibini  eslab  qolish,  ularni  solishtirib 

ko'rish, joylar almashgandan keyin yuz bergan o'zgarishni topib ko'rsatish. 

Foydalaniladigan narsalar: pardasi bo'lgan ramka, beshta qo'g'irchoq. 

O'qituvchi  o'yin  boshlangunga  qadar  o'quvchilar  bilan  5  soni  tarkibini  takrorlaydi. 

Undan so'ng o'yin shartlarini tushuntirishga o'tadi: 

—  Hozir  men  sizlarga  teatr  ko'rsataman.  Sizlar  yaxshilab  qarab,  «sahna»da 

«artist»lar qanday turganligini eslab qolishing kerak. 

O'qituvchi  qo'g'irchoqlarni  bir  qatorga  tizib  qo'yib,  pardani  ochadi.  Bolalar  diqqat 

bilan qarab turishadi. 

—  Xo'sh,  Yo'ldosh,  —  deydi  o'qituvchi,  —  «artist»larimiz  qanday  holatda 

turibdilar? 

—  Bir qatorga bittadan bo'lib tizilib olishibdi, — javob beradi Yo'ldosh. 

—  Sahnada nechta «artist» bor? 

—  Beshta. 

—  Endi ular, — deb davom etadi o'qituvchi, — o'z joylarini o'zgartiradilar. Sizlar 

nima o'zgarganini aytasiz? 

Parda tushirilib, ochiladi. 

—  Xo'sh, bolalar, — deydi o'qituvchi, — nima o'zgaribdi? 

—  Dastlab katta qo'g'irchoqlar, — deydi Sharif, — bir safga tizil- gan edi, endi esa 

bu yerda to'rtta, mana bu yerda bitta qo'g'irchoq turibdi. 

—  To'g'ri,- — deya Sharifning javobini ma'qullaydi o'qituvchi,  — bu qo'g'irchoq 

— ashula boshlovchi, shuning uchun u alohida turibdi. Endi doirachalari xuddi mana shu 

qo'g'irchoqlardek joylashtirilgan jadvalni topib, bolalarga ko'rsat. 

Sharif o'sha jadvalni topib, bolalarga ko'rsatadi. 

Parda  yana  tushiriladi.  O'qituvchi  qo'g'irchoqlarning  joyini  o'z-  gartirib,  Nazokatni 

doskaga chaqiradi. «Sahna»ga diqqat bilan qarab turgan Nazokat shunday deydi. 

—  Hali bu yerda bitta, manavi yerda esa to'rtta qo'g'irchoq bor edi. Endi bo'lsa, bu 

yerda uchta, o'ng tomonda ikkita bo'lib qolibdi. 

—  Bu o'zgarish, — qanday yuz berdi? — deb so'raydi o'qituvchi. 

—  Ashula boshlovchining yoniga yana bitta «artist» kelib qo'shilgan va ular ikkita 

bo'lib qolgan. 

—  Xo'sh, — deydi o'qituvchi, — shunda natija nima bo'ldi? 




 

—  Chap tomondagi «artist»lardan bittasi kamayib uchta bo'lib qoldi. 



—  To'g'ri, endi jadvaldan ko'rsat, — deydi o'qituvchi. 

Nazokat jadvaldan topib beradi. 

Bolalar shodlikdan qarsak phalib yuboradilar. Parda tushiriladi. 

O'qituvchi  butun  sinfga  murojaat  qilib:  Oanday  qilib  «artist»  larimizni  boshqacha 

joylashtirish  mumkin?  Kimda-kim  boshqacha  joylashtirishni  o'ylab  topsa,  o'sha 

«artist»larni o'zi joylashtiradi va pardani ochadi, — deydi. 

Qariyb hamma bolalar qo'l ko'tarishadi. Doskaga chaqirilgan o'quvchi qo'g'irchoqlarni 

2, 2, 1 tartibida joylashtirishni taklif etadi va bolalarga xuddi shunday jadvalni ko'rsatadi. 

O'yin bolalarning 5 soni tarkibini puxta o'zlashtirib  olishlariga  yordam beradi. Agar 

o'yin boshlangunga qadar faqat 10—12 bola 5 sonining qanday hosil bo'lishini aytib bera 

olgan  bo'lsa,  «Teatr»  o'yini  o'tkazilgandan  keyin  5  sonini  qanday  hosil  qilish. 

mumkinligini  30  —  32  o'quvchi  aytib  bera  oladi.  Qo'g'irchoqlarning  tashqi  ko'rinishi, 

ularning joylarini almashtirib turish, qolgan 5 — 6 bolaga son tarkibidagi o'zgarishlarni 

tushunib,  eslab  olishiga  yordam  berganligi  aniqlanadi  (buning  uchun  «artist»larning 

qanday turganini esla» deyishning o'zi kifoya, bolalar o'sha zahotiyoq savollarga javob 

beraveradilar). 

Bu o'yinni boshqa sonlar tarkibini organish bilan takrorlash mumkin. 


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish