O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Matematika yo‘nalishi 20.05A-guruh talabasi Orifov Asadbek Dilshodbek o‘g‘lining Algebra va sonlar nazariyasifanidan “Ko‘phadning formal hosilalari va xossalari” mavzusidagi
K URS ISHI
QABUL QILDI: Mirzakarimova N.
Farg‘ona – 2021
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1-§ Ko‘phadlar haqida umumiy tushuncha.
2-§ Ko‘phadlarning asosiy xossalari.
3-§ Ko‘phadlar va ular ustida amallar.
4-§ Bir o‘zgaruvchili ko‘phadlar.
5-§ Ko‘p o‘zgaruvchili ko‘phadlar.
6-§ Maydon ustida ko‘phadlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Aqlni charxlash uchun yodlashdan
Ko‘ra ko‘proq fikrlash kerak.
Rene Dekart.
MATEMATIKA SOHASIDAGI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH VA ILMIY-TADQIQOTLARNIRIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan birisifatida belgilandi. O‘tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olibchiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi:
Birinchidan, ilg‘or ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklifqilinishi va xalqaro ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratildi;
Ikkinchidan, xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlarimehnatini rag‘batlantirish tizimi joriy etildi;
Uchinchidan, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqotlarning o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadidaTalabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematikainstitutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematikasohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, budjet mablag‘lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi;
To‘rtinchidan, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajor-tadqiqotlikinstituti joriy etildi;
Beshinchidan, ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta’lim va ishlabchiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisiligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublikakengashi tashkil etildi.
Kurs ishining dolzarbligi. O‘quvchilar intellektual tafakkurini shakllantirish asosida o‘quvchilar qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish ularning Galiley va uning teoremasi haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish. Respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harkatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi farmoni va oliy talim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan PQ 29-09 qaror mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayoning mohiyatini to‘laqonli ochib berilgan . Malakali kadrlar tayyorlash jarayoning har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish , uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon talimi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirish lozim. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish muhim ahmiyat kasb etadi.
Kurs ishining maqsadi: Tub modul bo’yicha indekslar mavzusini o‘rgatish.
Kurs ishining obyekti: oliy va o‘rta talim muassasalarida Algebra va sonlar nazariyasi fanini o‘qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti:Algebra va sonlar nazariyasi fanining o‘qitish metodlari va vositalari.
Kurs ishining vazifalari:
1.Mavzuga doir ma’lumotlarini yig‘ish va rejani shakllantirish.
2. Ko‘phadning formal hosilalari va xossalari mavzusini to‘liq yoritish.